TDIU talaba va tadqiqotchilar uchun doimiy ravishda Xalqaro hamkorlik bо’yichа prorektor ishchi guruhi hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi faol  ishlaydi va ko‘plab imkoniyatlar konsultatsiya kunlari tashkil etiladi. Akademik izlanishlar – oliy ta’limni xalqarolashtirish jarayoni va oliy ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim sohasiga integratsiyalashuvining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, akademik mobillik nafaqat turli mamlakatlarning ta’lim muassasalari talaba va o‘qituvchilari almashuvi tizimi bilan bog‘liq aniq harakatlar, texnologiya va mexanizmlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra, aslida intellektual taraqqiyot, ilmiy va madaniy salohiyat, ta’lim resurslari va texnologiyalarini almashish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, akademik mobillik turli mamlakatlar hukumatlari, shuningdek, davlatlararo, idoralararo va universitetlararo shartnomalar asosida xalqaro dasturlar (ERASMUS +, DAAD, COPERNICUS, LINGUA va hk) doirasida amalga oshiriladi.

Xorijiy stipendiyalar, ya’ni mobillikni moliyalashtirish turli manbalardan, odatda turli universitetlar, jamg‘armalar, kompaniyalar, davlatlar hukumatlarining grantlari shaklida amalga oshiriladi.

Shartnomalar doirasida ta’lim olish odatda, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va xorijiy oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi har bir shartnomada ko‘rsatiladi. Bularga qisqa muddatli, 1 yoki 2 semestr mobaynida, kichik guruhlar uchun Yozgi maktablar, madaniy o‘rganish uchun guruhlar, amaliy ta’lim, shuningdek, magistrant va tadqiqotchilar uchun kurslar kiradi.

TDIU 100 dan ortiq hamkorlik shartnomasilar imzolangan. Shartnoma shartlari turlicha bo‘ladi va almashinuvning moliyaviy shartlari mamlakat ham hamkor universitet bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi. TDIU talabasi almashinuvi dasturlari Rossiya, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Amerika Qo‘shma Shtatlarida oliy o‘quv yurtlari bilan amalga oshirib kelinmoqda.