Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, talabalari va xodimlari o‘zaro almashinuv dastur va grantlar asosida xorijiy mamlakatlarda xalqaro amaliyot, trening, o‘quv jarayonlarida qatnashib, malaka oshirib keladi. Ularning soni yillar davomida o‘sib bormoqda va har yili 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar va xodimlar o‘zaro almashinuv dastur va grantlar qatnashib kelmoqda.

TDIU professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, talaba va xodimlari almashinuv dasturi doirasida Janubiy Koreyaning Keimyung universiteti, Solbridj universiteti, Namseul universiteti va boshqa ko‘plab Janubiy Koreya Oliy o‘quv yurtlarining o‘quv jarayoni ishtirok etish hamda amaliyot o‘tkazish imkoniyatidan foydalanib kelishmoqda. Hindiston hukumatining ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) grant dasturi doirasida universitet tadqiqotchi va xodimlari Hindistonning ilg‘or universitet va tashkilotlarida qisqa kurslarda ta’lim olishmoqda. Shuningdek, turk o‘qituvchilari TIKA Turkiya hukumat agentligining tadqiqot dasturlari bo‘yicha faol ravishda trening o‘tkazadi.

TDIU Yevropa Ittifoqining loyihalari bilan Erasmus +, Britaniya Kengashi loyihalari bilan ko‘p yillar mobaynida faol va samarali faoliyat olib yuritmoqda. Ushbu grant va loyihalar asosida har yili 20 dan ortiq xodim va talabalar Yevropa va Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarida tahsil olmoqda. Shuningdek, TDIU ko‘pgina xalqaro loyihalar amalga oshirgan va hozirda ham faoliyat olib borilmoqda.