Xalqaro tashkilotlar zamonaviy xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egaligini inobatga olib, ko‘p tomonlama diplomatiyani takomillashtirish va hamkorlikning alohida shaklini ishlab chiqish Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro aloqalardagi siyosati hisoblanadi. Har yili TDIUda 30 dan ortiq xalqaro va ilmiy anjumanlar o‘tkaziladi. Universitetdagi xalqaro ilmiy tadqiqot faoliyati bo‘yicha har yili xalqaro innovatsion, iqtisodiy va sayyohlik konferensiyalari o‘tkazilib, ularda ko‘plab kompaniyalar va xorijiy mehmonlar jamlanadi. TDIU professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, talabalari va xodimlari ushbu anjumanlarda va ilmiy seminarlarda faol ishtirok etadi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dunyoning yetakchi mutaxassislari, xalqaro universitetlar bilan hamkorlik asosida faol ilmiy faoliyat olib boradi hamda TDIU professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda yangi o‘quv loyihalari va qo‘shma o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilmoqda.

Xususan, joriy 2018-yil mobaynida quyidagi yirik xalqaro anjumanlar va ular doirasida seminar va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi:

28-29-may kunlari O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda 10 dan ortiq davlatdan delegatsiya ishtirok etishi ta’minlandi. Batafsil…( http://tsue.uz/?m=201805)

18-20-iyun kunlari “Yevroosiyo iqtisodiyoti” xalqaro anjumanida esa 15 ga yaqin xorijiy mamlakatlardan kelgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchi va talabalarning faol ishtiroki tashkil etildi. Batafsil (https://www.avekon.org/?p=conf10)

18—19-oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston — Rossiya ta’lim forumi tashkil etilib, Rossiya delegatsiyasi uchun yuqori saviyadagi uchrashuvlar natijasida 100 dan ortiq memorandum va shartnomalar imzolandi. Batafsil…( https://daryo.uz/2018/10/16/toshkentda-ilk-bor-o%CA%BBzbekiston-rossiya-ta%CA%BClim-forumi-tashkil-etiladi)

23-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniyat saroyida Scopus ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasining versiyasi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi olimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Batafsil..(http://tsue.uz/?cat=16)