Last updated on 2019.08.25 at 12:03

XORIJIY LOYIHALAR

 

  1. ERASMUS + : Kredit mobillik (Credit Mobility)

25 yildan ortiq vaqt mobaynida Yevropa Ittifoqi Erasmus dasturini moliyalashtirib kelmoqda. 3 milliondan ziyod Yevropalik talabalar o‘zlarining o‘qish semestrlarini boshqa Oliy Ta’lim muassasalarida (OTM) o‘tkazadi. Erasmus + grantlari asosida professor-o‘qituvchilar, xodimlar, doktorant va talabalar Yevropa Ittifoqining davlatlarida malaka oshirish hamda o‘qish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilar ham turli sohalar, xususan oliy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan o‘z goyalari hamda loyihalari bilan qatnashish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, so‘ngi yillarda TDIU tomonidan quyidagi OTM muassasalariga Kredit mobillik amalga oshirilgan:

 

Aristotel universiteti – Salonikidagi Aristotel universiteti Gretsiyaning eng qadimgi universitetlardan oltinchi hisoblanadi va yuqori reytingga ega universitetlardan biri. 2014 yildan boshlab universitetda tahsil olayotgan 40 ming faol talaba (31 mingta bakalavr va 9000 aspiranturada, shulardan doktorlik darajasida 3,952 kishi) va 2,366 nafar o‘qituvchilar mavjud. Maxsus laboratoriya xodimlarining 248 nafar a’zosi, maxsus texnika laboratoriyasining 213 nafar a’zosi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu universitet bilan kredit mobillik bo‘yicha hamkorlik olib bormoqda. Batafsil ma’lumotlar: https://www.auth.gr/en

Porto Universiteti –  1911-yilda asos solingan Porto universiteti Portugaliyada oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha eng istiqbolli muassasa bo‘lib, Oliy ta’lim muassasalari 200 lik reytingdagi universitetlar qatoriga kiradi. Porto universiteti Portugaliyada ilm-fanning eng buyuk  markazi bo‘lishga da’vo qilib, individual kasb va iste’dodlarga hamda bozor ehtiyojlariga yo‘naltirilgan yuqori sifatli ta’limni birlashtiradi. Unda 14 ta fakultet, bitta biznes maktab va 50 dan ortiq ilmiy markazdan ijtimoiy malaka va iqtidorlar bilan almashinish imkoniyati mavjud. Shaharda joylashgan to‘liq jihozlangan kampus optimal ilmiy, ilmiy va ijtimoiy va madaniy tajribaga ega universitet hisoblanadi. Batafsil ma’lumotlar:  https://sigarra.up.pt/

Bremerhaven University –

So‘nggi yillarda innovatsion ishlanmalar sezilarli darajada o‘zgarib borayotganligini nazarda tutgan holda Bremerhaven amaliy fanlar universiteti o‘z missiyasida muhim e’tibor beradi. Bremerhaven Universitetining amaliy fanlar universiteti 1975-yilda tashkil etilgan. Ushbu universitet boshqalardan amaliy fanlarga urg‘u berilgani bilan ajralib turadi.

Batafsil ma’lumotlar: https://www.hsbremerhaven.de/en/organisation/departments/international-office/erasmus/

Karlov universiteti (University of Karlov)

Pragadagi Karlov universiteti Chexiyaning eng qadimgi va yirik universiteti hisoblanib, unga 1348 yilda asos solingan. Bugungi kunda universitetda 17 fakultet,  bir nechta muzeylar va ikkita botanika bog‘lari mavjud. Karlov universitetida  kurslar ingliz, nemis, fransuz va chex tillarida o‘tiladi, shuningdek, Chexiya Respublikasida ko‘p sonli madaniy va tarixiy joylar mavjuddir. https://www.cuni.cz/UKEN-145.html

 

ERASMUS + : Capacity building of Higher Education

Oliy ta’lim sohasida salohiyatni oshirish loyihalari hamkor-davlatlardagi oliy ta’limni modernizatsiyalash, rijovlantirish va xalqaro hamkorlikni jadallashtirish, rag‘batlantirish va oliy ta’lim muassasalari boshqaruvidagi muammolarni hal etishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bu oliy ta’lim sifatini oshirish, yangi va innovatsion ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, islohot siyosati orqali oliy ta’lim tizimlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, qo‘shma tashabbuslar orqali dunyoning turli mintaqalarida hamkorlikni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 2 ta  loyiha mavjud:    1. Qo‘shma loyihalar: o‘quv dasturlarini takomillashtirish, boshqaruv va oliy ta’lim tizimi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradigan tashkilotlar.                    2. Strukturaviy loyihalar: oliy ta’lim tizimida islohotlarni rag‘batlantirish, siyosatni modernizatsiya qilish, boshqaruvni takomillashtirish va oliy ta’lim tizimi va iqtisodiy va ijtimoiy muhit o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash.

Quyida TDIU tomonidan amalga oshirilgan ba’zi loyihalar berilgan, shuningdek, https://ec.europa.eu/programmes/erasmus-plus/projects/  ushbu havola orqali umumiy o‘tkazilgan loyiha natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

“UNIWORK: Markaziy Osiyo oliy taʼlim muassasalarida karyera markazlari faoliyatini kuchaytirish orqali bitiruvchilarning ish oʻrinlarini yaratish hamda ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi oliy taʼlim muassasalari bilan ishlab chiqarish sohasi oʻrtasidagi aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan. Loyihani amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishiladi:

ish bilan bandlik va tadbirkorlik sohasida Markaziy Osiyo hamda Yevropa Ittifoqida toʻplangan ilgʻor tajriba boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratiladi;

hamkor OTMlardagi 12 ta karyera markazi xodimlarining salohiyati oshiriladi; mazkur markazlar faoliyatining tashkiliy mexanizmlari takomillashtiriladi;

 talabalar uchun karyera kunlari, bandlik yarmarkalari, biznes-reja tanlovlari tashkil qilish orqali turli xizmatlar taklif qilinadi;

manfaatdor tomonlar hamda korxonalar bilan hamkorlik kuchaytiriladi;

erishilgan natijalar maqsadli guruhlar hamda manfaatdor tomonlarga taqdim qilindi. Batafsil ma’lumotlar: http://www.uniwork-project.eu/ru

MIND

Toshkent davlat Iqtisodiyot Universiteti (TDIU): MIND – Menejment –Innovatsiya- Rivojlantirish loyihasi qo‘lga kiritilgan. Hamkor Oliy ta’lim muassasalaridan Las Palmas de Gran Canaria universiteti (Ispaniya) Kataloniya Politexnika Universiteti (Ispaniya), Genoa universiteti (Italiya), Oliy texnika instituti (Portugaliya), Bratislavadagi Slovakiya Texnologiya universiteti (Slovakiya) bo‘lib, mahalliy Oliy ta’lim muassasalaridan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro davlat universiteti, Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti (SamSXI)lari ishtirok etmoqda.

Markaziy Osiyo universitetlari turli jihatlari hukumat, potentsial ish beruvchilar va yoshlarning manfaatlarini birlashtiradigan platforma ishlab chiqilgan. Innovatsiyalar va tadqiqotlar zamonaviy jamiyatning ehtiyoji mavjud bo‘lib, ushbu grant yoshlar markazini yaratish, o‘z biznesini boshlash yoki loyihani ishlab chiqish uchun zarur bilim, tajriba va vositalarga ega ko‘nikmalarni olishga qaratilgan.

 

Ruse HiedTech

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE yoʻnalishi boʻyicha grantini qoʻlga kiritgan. Loyiha “Markaziy Osiyoda Oliy taʼlim tizimini yangi axborot texnologiyalari yordamida rivojlantirish ( HiEdTech )” deb nomlanadi.  Loyiha boʻyicha asosiy hamkor Bolgariyaning Ruse shahrida joylashgan Angel Kanchev University of Ruse nomidagi universitet hisoblanadi. Universitetlararo hamkorlikni kuchaytirish yoʻnalishi boʻyicha ushbu loyiha 36 oyga moʻljallangan.

Oʻzbekistondan loyiha ishtirokchi bo‘lgan OTMlar:  TDIU, TATU va Andijon mashinasozlik instituti. Shuningdek, loyihada Italiya, Lyuksemburg, Portugaliya, Qozoqiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston universitetlari ishtirok etadi. Hozirda loyiha boʻyicha keng tarkibdagi ishchi guruh shakllantirilmoqda.

ERASMUS + : Jean Monnet

Jan Monnet faoliyati butun dunyo bo‘ylab Yevropa Ittifoqi tadqiqotlari sohasida o‘qitish va tadqiqotlar sohasida mukammallikka erishish uchun mo‘ljallangan. Loyihaga doir tadbirlar, shuningdek, akademik dunyo va siyosatchilar o‘rtasidagi muloqotni, xususan, Yevropa Ittifoqining siyosatini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan. Asosiy faoliyatlarga Yevropa Ittifoqi tadqiqotlari sohasida kurslar, tadqiqotlar, konferentsiyalar, tarmoq faoliyatlari va nashrlar kiradi.

  1. BRITISH COUNCIL

Creative Spark – Buyuk Britaniya universitetlari va ta’lim muassasalari hamda loyihada ishtirok etayotgan mamlakatlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ijodiy iqtisodni rivojlantirish uchun ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur. Loyihada Markaziy Osiyo mamlakatlari (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston), Janubiy Kavkaz (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya) va Ukraina kiradi. Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va ishga joylashishning muvaffaqiyatli malakasini oshirish maqsadida, dastur Buyuk Britaniya tajribasidan foydalangan holda o‘quv jarayoni doirasida ijodiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi

Batafsil ma’lumotlar: https://www.britishcouncil.uz/programmes/education-society/creative-spark

  1. KlimALEZ

Klimalezning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun indeks bazasida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi dasturini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishdan iborat. Sug‘urta doirasida ishlab chiqilgan sug‘urta mahsuloti O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi ishlab chiqaruvchilarga sotiladi. Bundan tashqari, sug‘urtaning fermerlarning ishlab chiqarish qarorlari va qishloq farovonligiga ta’siri baholanadi. Eksperimental tadqiqot loyihasi (Randomized Controlled trial, RCT) zamonaviy sug‘urta bozorlarining oziq-ovqat xavfsizligiga, iqlimiy barqarorlik va barqaror ishlab chiqarishga ta’siri haqida ilmiy va amaliy tavsiyalar beradi. Natijada tadqiqot natijalari milliy miqyosda barqaror sug‘urta dasturini amalga oshirishda milliy hukumatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti O‘zbekistonning asosiy tadqiqot hamkori hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi eng yirik universitetlardan biri bo‘lgan TDIU beshta iqtisodiy fakultetga ega bo‘lib, mintaqaviy moslashtirilgan sug‘urta mahsulotini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqda

Batafsil ma’lumotlar: https://www.klimalez.org/home/

  1. UNITWIN\UNESCO

UNESKO-UNITWIN tashkiloti hamda Koreyaning Handong Global universiteti internetdan har tomonlama samarali foydalanish, jumladan, rasmiy ta’lim imtiyozidan mahrum bo‘lganlar uchun sifatli o‘quv materiallaridan foydalanishni kengaytirish madsadida jamoatchilik uchun o‘quv materiallaridan foydalanishni rejalashtirgan. Ushbu tashabbusga Koreya Xalq ta’limi vazirligi tomonidan homiylik qilinmoqda va dunyodagi ochiq ma’ruzalar rivojiga yordam berish uchun universitetlarda malakali olimlarni jalb etadi. Tashabbuskor o‘qituvchilar uchun materiallarni joylashtirish, ishtirok etishga tayyor bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pul mablag‘larini taqsimlash va raqamli axborot vositalari va intellektual mulkka ta’lim berish bo‘yicha treninglar o‘tkazish uchun platformalar yaratilgan. Ushbu loyihaga TDIU professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etib kelmoqda. Batafsil ma’lumotlar: http://uuooi.org/english/viewforum.php?f=18

XORIJIY PROFESSOR O‘QITUVCHILAR

t/r F.I.Sh Tashrif buyurgan mamlakati Oliy ta’lim muassasi, lavozimi va mutaxassisligi
1. Naruse Jiro Yaponiya Yaponiya JICA tashkilotining O‘zbekistondagi volontyori, professor, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro logistika
2. Asai Kaori Yaponiya Yaponiya JICA tashkilotining O‘zbekistondagi volontyori, professor, yapon tili o‘qituvchisi
3. Ma Cuiling Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston-Xitoy ilmiy tadqiqot markazi, professor, xitoy tili
4. Johanna Lindner Avstriya Avstriyaning Vena universiteti, volonter, o‘qituvchi
5. Nuergule Abdusuli Xitoy Xalq Respublikasi Sidyan agrar universiteti dotsenti, iqtisodiy fanlarni o‘qitish va iqtisod yo‘nalishida ilmiy ish olib borish bilan shug‘ullanadi
6. Yu Lijie Xitoy Xalq Respublikasi Sidyan agrar universiteti dotsenti, iqtisodiy fanlarni o‘qitish va iqtisod yo‘nalishida ilmiy ish olib boorish bilan shug‘ullanadi
7.  

Janel Siley

Amerika Qo‘shma shtatlari Vayoming universiteti, pedagog xodimi, PhD
8. Ember Braun Amerika Qo‘shma shtatlari Vayoming universiteti, pedagog xodimi, PhD, ma’ruzachi
9. Emi Roberts Amerika Qo‘shma shtatlari Vayoming universiteti, pedagog xodimi, PhD, ma’ruzachi

 

XORIJIY ALMASHINUV DASTURLARI, MALAKA OSHIRISH UCHUN FOYDALI HAVOLALAR:

  1. Erasmus + (European Union programm) – http://www.erasmusplus.uz/
  2. Erasmus + Project Results – https://ec.europa.eu/programmes/erasmus-plus/projects/
  3. British Council Uzbekistan – https://www.britishcouncil.uz/
  4. DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) – https://www.daad.de
  5. ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation Programme) – https://www.itecgoi.in/
  6. The Japan International Cooperation Agency (JICA) – https://www.jica.go.jp/english/
  7. Koica Uzbekistan – http://www.koica.go.kr/

UNITWIN/UNESCO – http://uuooi.org/english/portal.php