Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) xalqaro faoliyati davomida 100 da ortiq xalqaro shartnoma asosida 30 dan ortiq mamlakatlarning Oliy ta’lim muassasalari bilan aloqa o‘rnatgan va faol hamkorlik olib bormoqda.

TDIUning hamkorlaridan Yevropaning yetakchi universitetlari: Germaniyadagi Bremenxaven va Bremen universitetlari, Polshadagi Yagelons universiteti, Chexiya Respublikasidagi Karlov universiteti va aniq fanlar universiteti, Latviya Akademiyasi va Turiba universiteti, Italiyada Genoa, Ispaniyada Las Palmas de Gran Canaria, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Vayoming universiteti va Vebster universiteti hamda boshqa ko‘plab davlatlarning Oliy ta’lim muassasalari hisoblanadi.

Shu bilan bir qatorda 2018-yildan buyon Rossiyaning Ural davlat iqtisodiyot universiteti hamda Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Rossiyaning Ural davlat iqtisodiyot universitetida Iqtisodiyot, Menejment, Savdo ishi yo‘nalishlari bo‘yicha 100 dan ortiq talaba, Avstriyaning Krems amaliy fanlar universitetida esa Eksportga yo‘naltirilgan menejment, Turizm va dam olish menejmenti yo‘nalishlari bo‘yicha 100 ga yaqin talaba taxsil olmoqda.

Shuningdek, har yili universitetning 100 dan ortiq professor-o‘qituvchi, tadqiqotchi, talaba va xodimlari o‘zaro almashinuv dastur va grantlar asosida xorijiy mamlakatlarda xalqaro amaliyot, trening, o‘quv jarayonlarida qatnashib, malaka oshirib kelmoqda.

TDIUning xalqaro Oliy ta’lim muassasalari bilan 100 dan ortiq hamkorlik shartnomasi imzolangan. TDIU talabalari almashinuv dasturlari asosida Rossiya, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Amerika Qo‘shma Shtatlarining oliy o‘quv yurtlarining o‘quv jarayonlarida ishtirok etishi hamda amaliyotdan o‘tish imkoniyatiga ega.