Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi

Kafedra mudiri: Xotamov Ibodullo Sadullоyevich, i.f.n., dotsent

Kafedra tarixi va rahbarlik qilganlar haqida:

“Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasiga 2006 yilda asos solingan.

2010-2020 yillar davomida kafedra “Sanoat iqtisodiyoti” nomi bilan yuritilgan.

2008-2013 o‘quv yillarida kafedrada “Iqtisodiyot” (qishloq xo‘jaligi), “Iqtisodiyot” (sanoat), “Iqtisodiyot” (ekologiya) yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan.

2012-2017 o‘quv yillarida kafedrada 5A230102 – Iqtisodiyot (real sektor) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlangan.

2020 yildan hozirgi kunga qadar kafedra “Tarmoqlar iqtisodiyoti” nomi bilan yuritib kelinmoqda.

2018-2020 o‘quv yilidan kafedra 5230100 – “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar) bo‘yicha bakalavrlar hamda 5A230102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Kafedrada rahbarlik qilganlar haqida

  • Kafedraning birinchi mudiri – i.f.d., prof. Sarilnikov N.G. 1955 yilgacha boshqargan.
  • 1955-1961 yillar dots. Tenderovich L.M.
  • 1961-1963 yillarda prof. Yerlix D.D.
  • 1963-1986 yillarda prof. Kim V.V.,
  • 1986-1996 yillarda prof. Hamdamov Q.S.,
  • 1996-1997 yillarda dots. Xakimov R.X.,
  • 1997-2011 yillarda i.f.d., prof. B.T.Salimov,
  • 1991-2013 yillarda i.f.n., dots. SH.I.Mustafaqulov,
  • 2013-2014 yillarda i.f.n, dotsent M.Isakov,
  • 2014-2015 yillarda i.f.n. dotsent M.YUsupov,
  • 2015-2016 yillarda i.f.n. dotsent R.Xakimov,
  • 2016 yil iyun oyidan boshlab kafedraga i.f.n., dotsent I.Xotamov rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedra ilmiy salohiyati:
Kafedra tayyorlaydigan bakalavr ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklar:
5230100 – “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar)

O‘quv rejani shakllantirishda Valensiya universiteti o‘quv rejasidan andoza olingan. 2020-yilda butun jahon Times Higher Education(THE) world university rankings da 401-500 va yevropada 76-100 o‘rinni egallaydi.

University of Valencia

5A230102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)

O‘quv rejani shakllantirishda Janubiy Daniya universiteti o‘quv rejasidan andoza olingan. 2020-yilda butun jahon Times Higher Education(THE) world university rankings da 251-300 va Yevropada (European teaching ranking) 51-75 o‘rinni egallaydi.

University of Southern Denmark

Bakalavr ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklarda o’qitiladigan fanlar:
  • Start-up texnologiyalar
  • Kreativ fikrlash
  • Innovatsion iqtisodiyot
  • Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot
  • Mikroiqtisodiyot
  • Korxona iqtisodiyoti
  • Industrial tashkilotlar
  • Korporativ strategiya va tashkiliy dizayn
  • Raqobat strategiyasi
  • Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
  • Mikroiqtisodiyot-2
  • Real sektorni davlat tomonidan tartibga solinishi
  • Korхonalarning rivojlanish strategiyasi
  • Biznesni tadqiq etish usullari
O‘qitiladigan fanlarlar haqida qisqacha ma’lumot:

Bakalavriyat bosqichida

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
1 Korxona iqtisodiyoti Korxonaning iqtisodiyotdagi ahamiyati va o‘rni, yangi korxonani tashkil etish, boshqarish, korxona faoliyatini rejalashtirish, korxonalardagi kadrlar siyosatini yuritish va ish haqini tashkil etish, korxonaning samaradorligini baholash, asosiy vositalari va aylanma mablag‘laridan foydalanish, korxonaning investitsion siyosati, korxonaning tijorat siri va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash.
2 Mikroiqtisodiyot Bozor iqtisodiyotining bosh masalasi va uning echimini o‘rganish;  talab va taklif hamda ularga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish;  bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlarni o‘rnatilishi, talab va taklif elastikligi va ulardan amaliyotda foydalanish yo‘nalishlarini o‘rganish; iste’molchi tanlovi, iste’molchining bozordagi harakati va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;  ishlab chiqarish va ishlab chiqarish omillari, ulardan optimal foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilishni  o‘rganish;  firmalarning raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozor tuzilmalaridagi harakatini hamda ularning faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni, davlatning iqtisodiy siyosati ta’siri oqibatlarini o‘rganish;  monopol hokimiyat, monopol hokimiyat ko‘rsatkichlari va monopoliya sharoitida narx belgilash tamoyilarini  o‘rganish.
3 Innovatsion iqtisodiyot Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotni innovatsion tizimida sanoat korxonalarining egallagan o‘rnini tavsiflash, iqtisodiyot va aholining innovatsion mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va iqtisodiyotda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy masalalari to‘g‘risida nazariy bilimlarni shakllantirish.
4 Kreativ fikrlash Ish jarayoni va hayot faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish uchun kreativ echimlarni topish va strategiyalarni ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Fan mazmunini anglab etish talabalarning shaxsiy fikrlash qobiliyatini oshirish, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini baholash va fikrlash jarayonlarini o‘rganish.

Magistratura bosqichida

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
1 Biznesni tadqiq etish usullari Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlarini, bozor kon’yunkturasini tahlil qilish yo‘llari va usullarini, turli iqtisodiy matematik modellar yordamida tahlil qilish va prognozlashni amalga oshirish yo‘llarini, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bozorida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni mantiqiy evristik va iqtisodiy matematik modellar orqali tahlil qilish amalga oshirish, firmaning bozor strategiyasini tanlash bo‘yicha turli holatlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishni o‘rganish.
2 Real sektorda sifatni boshqarish Iqtisodiyot sohasida magistrlarga mamlakat iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xalq xo‘jaligining etakchi tarmog‘i bo‘lgan ishlab chiqarishi real sektorda mahsulot sifatini boshqarish uchun kerakli nazariy va amaliy bilimlar berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
3 Korxonalarning rivojlanish strategiyasi Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarishini  boshqarish va uni izchil  barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, davlatning iqtisodiy siyosatini, jumladan sanoat siyosatini chuqur anglatish, korxonalarni rivojlantirish strategiyasini boshqa iqtisodiy fanlar yutuqlari bilan o‘zaro hamkorlikda o‘rgatish, iqtisodiy qonunlar, sanoat korxonalari sohasida fundamental qoidalar va hodisalarning sanoat korxonalarining strategik rivojlantirish borasida  amal qilish xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
4 Real sektorni davlat tomonidan tartibga solinishi Real sektorni tartibga solishning davlat mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari, shakl va usul, vositalari, davlatning iqtisodiy siyosati to‘g‘risidagi  tizimli, keng qamrovli  nazariy bilim va amaliy  ko‘nikmalarni xosil qilish.
5 Mikroiqtisodiyot-2   Iste’molchilar hatti-harakati nazariyasini chuqurroq o‘rganishga bag‘ishlangan; afzal ko‘rish va naflilik; iste’molchi muammosi; bilvosita naflilik va iste’mol xarajatlari; iste’molchilar talabi xususiyatlari; aniqlangan afzalliklar va noaniqlik, iste’molchining bozordagi harakatini, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kabi masalalarni, bozordagi talab va taklif to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar asosida bozorni tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o‘rgatishdan iborat.
7 Raqobat strategiyasi Strategik tahlil qilish, biznes siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini tahlil qilish, uzoq muddatli va raqobatdoshligini aniqlaydigan boshqaruv qarorlari va harakatlari bo‘yicha xulosalar chiqarishni o‘rgatishdan iborat.
8 Korporativ strategiya va tashkiliy dizayn Firmalarning korporativ ustunlikka, ya’ni bir nechta biznes to‘plami sifatida raqobatlasha turib ustunlikka qanday ega bo‘lishi mumkinligi va ushbu strategiyani amalga oshirish uchun tegishli tashkilot dizayniga bag‘ishlangan ham nazariy ham amaliy tomonlarini o‘rganish usullari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
9 Industrial tashkilotlar Biznesning iqtisodiy sohasidagi firmalar nima uchun mavjudligini, firmalar raqobat siyosati, bozorlarning qanday ishlashi, qo‘shilish yoki iqtisodiy nuqtai nazardan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy siyosatni o‘rganish usullari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Kafedra tayyorlaydigan bakalavr ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari kompetensiyasi:
  • 1. Davlat boshqaruvi organlari
    • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining vazifalari
    • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
    • O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi
    • O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi
  • 2. Xo‘jalik boshqaruvi organlari
    • “GM-Uzbekistan” AJ
    • “O‘zbekneftgaz” AJ
    • “O‘zkimyosanoat” AJ
    • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
    • “O’zsharobsanoat” AJ
  • 3. Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish institutlari
    • O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi
    • Uzeltexsanoat AK
    • O‘zdonmahsulot AK
    • O‘zstandart agentligi
  • 4. Tijorat banklari
    • Davlat tijorat banklari
    • Aksiyadorlik tijorat banklari
    • Xususiy tijorat banklar
    • Chet el kapitali ishtirokidagi banklar
  • 5. Xo‘jalik sub’ektlari
    • O‘zcharmsanoat uyushmasi
    • Chortoq mineral water MCHJ QK
    • Lazzat Karamel QK
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari:

Kafedra tashkil etilgandan buyon unda 7 ta doktorlik, 20 tadan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlangan. Ular o‘z sohalari bo‘yicha chet ellarda va Respublikamizda mehnat qilmoqdalar.

Oxirgi 5 yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 9 ta darslik, 12 ta monografiya, 21 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan va kafedra o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqarishga 22 ta tavsiyanoma tavsiya qilingan.

Hozirgi kunda kafedrada “Xalqaro standartlarni joriy qilish orqali qishloq xoʼjaligi mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish uslubiyotini takomillash-tirish” mavzusida fundamental ilmiy-tadqiqot va FZ-2019081471-sonli “Iqtisodiy xavfsizlikni baholovchi indikatorlarning chegaraviy miqdorini va ularning dasturiy taʼminotini yaratish” mavzusidagi amaliy-ilmiy davlat granti loyihasi 2020-2021 yillar uchun bajarilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar:
  • FZ-2019081471-sonli “Iqtisodiy xavfsizlikni baholovchi indikatorlarning chegaraviy miqdorini va ularning dasturiy taʼminotini yaratish” mavzusidagi amaliy-ilmiy davlat granti loyihasi.
Tadqiqotchilar:
T.r F.I.Sh. Ilmiy darajasi va unvoni Ixtisosligi shifri va nomi Dissertatsiya mavzusi
1-kurs
1 Ismoilova Gulchiroy Tolliboy qizi 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” Klaster yondashuvi asosida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash samaradorligini oshirish
2 Sultanov Baxtiyar Tursinbayevich 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” Korxonalar raqobatbardoshligini yuksaltirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish usullarini takomillashtirish
3 Olimov Maqsudjon Komiljon o‘g‘li 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” Hududlar iqtisodiy xavfsizligi-ni ta’minlash omillari
4 Niyazmetova Yoqutxon Botir qizi 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” Perspektivы razvitiya «zelyonoy» ekonomiki v energeticheskoy promыshlennosti Uzbekistana
5 Nigmatullaeva Gulchexra Nurullaevna 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” Sovershenstvovanie mexanizmov obespecheniya ekonomicheskoy bezopasnosti energeticheskoy promыshlennosti Uzbekistana
6 Shovkatov Nodirjon Ne’matjon o‘g‘li 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” Ko‘chmas mulk qiymatini maqsadli baholashni takomillashtirish
7 Doniyorova Zuhrabonu Alisher qizi 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” Sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish strategiyalarini takomillashtirish
2-kurs
8 Muratova Moxigul Choriyevna 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” Oziq-ovqat sanoatining barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini  takomillashtirish
9 Xoliqova Ruxsora Sanjarovna 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” To‘qimachilik ishlab chiqarishini klaster asosida rivojlantirish-ning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
10 Tolipova Baxtigul Farxodovna 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” Oziq-ovqat sanoatining investision samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish
11 Ibragimov G‘anijon G‘ayratovich 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” Oziq-ovqat sanoatini transformasiyalash va uning raqobatbardoshligini oshirish istiqbollari
Hamkorlar:
  • A) Kafedraning rivojlanishidagi hamkorliklar
  • B) Kafedraning rivojlanishidagi soha korxonalari bilan hamkorliklar
    • O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi
    • O‘zstandart agentligi
    • O‘zcharmsanoat uyushmasi
    • Chortoq mineral water MCHJ QK
    • Lazzat Karamel QK
Xalqaro aloqalar:

Kafedrada mutaxassislik bo‘yicha Rossiya, Germaniya, Belorus davlatlarining universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Kafedra mudiri I.S.Xotamov rahbarligida mazkur universitetlardan professorlar tajriba almashishga jalb qilinmoqda.

2017-2018 o‘quv yilida kafedra mudiri dots. I.S.Xotamov Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti 2018 yil “Iqtisodiy xavfsizlik” yo‘nalishi 3 oylik malaka oshirdi. 2017-2018 yil o‘quv yilida kafedra katta o‘qituvchisi J.Fayzullaev Moskva davlat universitetida “Iqtisodiyotda ekonometrik modellashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirdi.

2018-2019 o‘quv yilida kafedra dotsenti M.YUsupov Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirdi.

2018-2019 o‘quv yilida kafedra dotsenti A.YAdgarov Bolgariya Respublikasida 3 oylik “Moliyaviy operatsiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha stajirovka o‘tdi.

2019-2020 o‘quv yilida kafedra dotsenti A.YAdgarov Moskva MUMSFM da “Iqtisodiy xavfsizlik” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirdi.

To‘garaklar:

“Tarmoqlar iqtisodi” kafedrasida «Kelajak iqtisodchisi» to‘garagi mavjud bo‘lib, hozirgi kunda to‘garakka bakalavriat talabalaridan – 18 nafar talabalar a’zo bo‘lganlar. To‘garak rahbari kafedra katta o‘qituvchisi G.Madraximova. Kafedradagi barcha professor-o‘qituvchilar to‘garakka a’zo talabalarga biriktirilib, to‘garak ish rejasi, mashg‘ulotlarni olib borish grafigi tuzilgan. Mashg‘ulotlar olib borish grafigiga asosan talabalar xaftaning dushanbadan tashqari xamma kunlari 15-00 dan 17-00 gacha olib boriladi.

F.I.Sh Seshanba Chorshanba Payshanba Juma Shanba
1 I.Xotamov-kafedra mudiri Soat 1500        
2 B.Salimov-professor   Soat 1500      
3 R.Nazarova-professor     Soat 1500    
4 D.Ro‘zieva-dotsent         Soat 1500
5 A.YAdgarov-dotsent       Soat 1600  
6 G.Umarova-dotsent     Soat 1500    
7 G‘.YUldashev-katta o‘qituvchi Soat 1500        
8 G.Madraximova- katta o‘qituvchi   Soat 1500      
Kafedra professor-o’qituvchilari:








Kafedra manzili:

Manzil: Toshkent sh., O’zbekiston shoh ko’chasi, 49 uy, 100003

Bino/ofis: 1-bino, 2-qavat, 240-xona

Tel.: +998-71-239-28-20

Telegram:

Kafedra E-maili: i.khotamov@tsue.uz

Kafedra veb-sahifasi: http://tsue.uz/uz/tuzilma/kafedralar/tarmoqlar-iqtisodiyoti-kafedrasi/