Moliyaviy tahlil va audit kafedrasi

Kafedra haqida

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Audit” kafedrasi “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti qoshida 1996-yilda tashkil topgan, 2010-yildan hozirgi kungacha «Iqtisodiy tahlil va audit» kafedrasi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

“Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi 5230900 “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va 5A230902 “Audit” (tarmoqlar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi.

“Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlash maqsadi – respublikamizning davlat boshqaruv organlari, aksiyadorlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar, kichik korxonalar va shirkat korxonalarni hamda auditorlik tashkilotlarni buxgalter va auditorlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Tayyorlanayotgan mutaxassislar iktisodiyotning barcha sohalarida faoliyat yuritishlari mumkin. Hozirgi kungacha kafedrada 3000 dan ortiq bakalavr va magistrlar tayyorlandi.

Kafedrani 1996-2011 yillarda prof. M. Tulaxodjayeva, 2011-2016 yillarda prof. Bahodir Xasanov, 2016-2019 yillarda dotsent Zafar Muqumov boshqardi. 2019-yildan kafedraga Nizomjon Xojimuratov rahbarlik qilmoqda.

 

Kafedraning ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi:

5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlari bo‘yicha)” bakalavr yo‘nalishi 5A230902 – Audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi.