Iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi

Kafedra mudiri: Tursunov Bobir Ortikmirzayevich, PhD

Kafedra tarixi va rahbarlik qilganlar haqida:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy Kengashining 2019 yil 12 noyabrdagi qaroriga muvofiq chiqarilgan buyruqqa asosan «Iqtisodiy xavfsizlik» kafedrasi tashkil qilindi.

Bugungi kunda kafedra 5232400 – «Iqtisodiy xavfsizlik» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, 5A232401 – «Iqtisodiy xavfsizlik» mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi mustaqil kafedra sifatida faoliyat olib bormoqda.

Kafedraga iqtisod fanlari bo`yicha falsafa doktori (Ph.D) B.O.Tursunov 2020 yil yanvar oyidan boshlab kafedraga to‘liq stavkada raxbarlik qilib kelmoqda.

Kafedrada Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, OO‘MTVlari buyruqlari, hay’at qarorlari va modemnomalari ijrosini ta’minlash mexanizmi yaratilgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiy xavfsizlik” mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.

Kafedra ilmiy salohiyati:
Kafedra tayyorlaydigan bakalavr ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklar:

5232400 – «Iqtisodiy xavfsizlik»

O‘quv rejani shakllantirishda Valensiya universiteti o‘quv rejasidan andoza olingan. 2020-yilda butun jahon Times Higher Education(THE) world university rankings da 401-500 va yevropada 76-100 o‘rinni egallaydi.

University of Valencia ( https://www.uv.es/uvweb/college/en/university-valencia-1285845048380.html )

5A232401 – «Iqtisodiy xavfsizlik»

O‘quv rejani shakllantirishda UMass Lowell universiteti o‘quv rejasidan andoza olingan. 2020-yilda butun jahon Times Higher Education(THE) world university rankings da 800-851 va yevropada 85-99 o‘rinni egallaydi.

University of UMass Lowell ( https://gps.uml.edu )

Bakalavr ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklarda o’qitiladigan fanlar:
  • Iqtisodiy xavfsizlik
  • Korxonalarning iqtisodiy xavfsizligi
  • Xatarlarni boshqarish
  • Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashning milliy va xalqaro tizimi
  • Milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik
  • Biznesning qiymatini baholash
  • Xavfsizlik va texnologiyalar
  • Axborot xavfsizligi
  • Global iqtisodiy xavfsizlik
  • Loyiha tahlili
  • Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari
  • Moliyaviy xavfsizlik
  • Zamonaviy xavfsizlik tadqiqotlari
  • Davlatning iqtisodiy xavfsizligi
O‘qitiladigan fanlarlar haqida qisqacha ma’lumot:

Bakalavriyat bosqichida

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
1 Iqtisodiy xavfsizlik Davlat, xujalik sub’ekti va shaxsning iqtisodiy xavfsizligini tasniflaydi
2 Korxonalarning iqtisodiy xavfsizligi Korxonalarning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yullarini urgatadi.
3 Risklarni boshqarish Turli xil risklarni aniqlash, baholash va ularni boshqarishni o’rgatadi.
4 Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashning milliy va xalqaro tizimi Iqtisodiy faoliyatda yuzaga keladigan iqtisodiy jinoyatchilikni oldini olishning milliy va xalqaro tizimi tasniflanadi
5 Milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik Mamlakatimiznig milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yullari o’rganiladi
6 Biznesning qiymatini baholash Biznes faoliyatida turli qiymatliklar baholanadi
7 Xavfsizlik va texnologiyalar Xavfsizlik va texnologiyalar haqida ma’lumotga ega bo’lish
8 Axborot xavfsizligi Axborot xavfsizligi to’g’risida talabalarga bilimlarni berish

Magistratura bosqichida

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
2 Global iqtisodiy xavfsizlik Jahon miqyosida sodir buladigan global iqtisodiy xavflarni o’rganiladi.
3 Loyiha tahlili Investitsion loyihalarni baholash va tahlilishdan iborat.
4 Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari Iqtisodiy xavfsizlikni ifoda etadigan indikativ ko’rsatkichlarni o’rgatish.
5 Moliyaviy xavfsizlik Xo’jalik sub’ektlari faoliyatida ruy beradigan moliyaviy xavflarni aniqlash va bartaraf etish yullari o’rganiladi.
6 Zamonaviy xavfsizlik бўйича tadqiqotlari Xozir va kelgusida sodir bulishi mumkin bo’lgan turli xavflarni bartaraf etish yullari bo’yicha tadqiqotlar qilishdan iborat
7 Davlatning iqtisodiy xavfsizligi Davlatning iqtisodiy xavfsizligini baholash va ta’minlash o’rganiladi.
Kafedra tayyorlaydigan bakalavr ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari kompetensiyasi:
  • 1. Davlat boshqaruvi organlari
    • O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
    • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
    • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
    • Auditorlik va sug’urta kompaniyalari
  • 2. Real sektor organlari
    • «O’zavtosanoat» AK
    • «O’zbekneftgaz» AJ
    • «O’zkimyosanoat» AK
    • «O’zbekiston temir yo’llari» AJ
    • «O’ztextileprom» uyushmasi va boshqalar.
  • 3. Davlatni huquqni muhofaza qilish organlari
    • O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
    • O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik qo’mitasi, uning viloyat boshqarmalari, tuman va shahar boshqarmalari
    • O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, uning viloyat boshqarmalari, tuman va shahar boshqarmalari
  • 4. Tijorat banklari
    • Davlat tijorat banklari
    • Aksiyadorlik tijorat banklari
    • Xususiy tijorat banklari
    • Chet el kapitali ishtirokidagi banklar
  • 5. Aksiyadorlik jamiyatlari
    • Iqtisodchi, muvofiqlik mutaxassisi sifatida
    • Moliyaviy menejment, buxgalteriya hisobi, audit bo’limida
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari:

Bir yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan va kafedra o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan va 6 ta fan bo’yicha darslik va o’quv qo’llanma Oliy ta’lim vazirliga grif olish uchun taqdim etilgan.

Hozirgi kunda kafedra assisenti X.O’ktamov «Sanoat korxonalarini iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash amaliyotini rivojlantirish» bo’yicha, stajer-tadqiqotchi S.Rejabbayev «To’qimachilik korxonalarining qimmatli qog’ozlar bozorida faolligini oshirish yo’llari» mavzulari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar:

Kafedraning amaliy va fundamental loyihasi O’zbekiston innovatsion rivojlantirish vazirligiga taqdim etilgan.

Tadqiqotchilar:
T.r F.I.Sh. Ilmiy darajasi va unvoni Ixtisosligi shifri va nomi Dissertatsiya mavzusi
1 Rajabboyev S 08.00.07 Moliya, pul muomalasi va kredit «To’qimachilik korxonalarining qimmatli qog’ozlar bozorida faolligini oshirish yo’llari»
Hamkorlar:
  • A) Kafedraning rivojlanishidagi hamkorliklar
    • O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
    • O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
    • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • B) Kafedraning rivojlanishidagi soha korxonalari bilan hamkorliklar
    • O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti
    • Uzkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati
    • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
    • OrientFinansBank
    • Turon Bank
    • Agro Bank
    • Trast Bank
    • Poytaxt Bank
    • Asia Alliance Bank
    • KapitalBank
    • QishloqQurilishBank
    • Sanoat Qurilish Bank
    • UaAgroExportBank
Xalqaro aloqalar:

Kafedrada mutaxassislik bo‘yicha AQSH, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Hindiston davlatlarining iqtisodiy xavfsizlik ta’minlash bo’yicha universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Kafedra mudiri B.O.Tursunov rahbarligida mazkur universitetlardan professorlar tajriba almashishga jalb qilinmoqda. 2018-2019 o‘quv yilida PhD B.O.Tursunov Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida malaka oshirishda bo‘lib keldi.

2021-2022 o’quv yilida kafedraning yillik chora-tadbirlar rejasida kafedra mudiri, PhD B.O.Tursunovni Chexiya Respublikasiga, PhD SH.J.Tuxtaboyevni Belarus Respublikasiga malaka oshirishga yuborish rejalashtirilmoqda.

To‘garaklar:

«Iqtisodiy xavfsizlik» kafedrasida «Yosh tahlilchi» to‘garagi mavjud bo‘lib, hozirgi kunda to‘garakka Magistratura talabalaridan – 8 nafar, bakalavriyat talabalaridan – 20 nafar talabalar a’zo bo‘lganlar. To‘garak rahbari kafedra mudiri PhD B.Tursunov. Ilmiy to‘garakka mas’ul sifatida assistent X.O‘ktamov ish olib bormoqda. Ilmiy to‘garakda ma’ruzalar muhokamasi har oyning payshanba kuni soat 14:00 dan 15:30 gacha bo‘lib o‘tadi.

Hozirda «Yosh tahlilchi» ilmiy to‘garagining ishtirokchilari tashkil etilayotgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda hamda seminarlarda o‘z maqola va tesizlari bilan muntazam ishtirok etib kelishmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari:
Kafedra manzili:

Manzil: Toshkent sh., O’zbekiston shoh ko’chasi, 49 uy, 100003

Bino/ofis: 5-bino, 2-qavat 217-xona

Tel.: (+99899) 895-22-11

Telegram: +998-99-895-22-11 @Dr.B

Kafedra E-maili: b.tursunov@tsue.uz

Kafedra veb-sahifasi: http://tsue.uz/uz/