Kafedra mudiri: | ||
Qabul vaqti: | dushanba – shanba kunlari soat 1400 dan – 1700gacha | |
Telefon: | (0 371) 239-28–13 | |
E-mail: | ||
Veb sayt: | www.tsue.uz |
Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot
Kafedraning birinchi mudiri 1967-1977 yillarda i.f.n., dots. Sh.A.Yuldashev 1977-1984 yillarda i.f.d., prof. Sh.N.Zaynutdinov 1984-2010 yillarda akad. Q.X.Abduraxmonov 2010-2016 yillarda i.f.n., dots. N.T.Shoyusupova 2016 yil iyun oyidan boshlab kafedraga i.f.d. G.Q.Abduraxmanova rahbarlik qilib kelmoqda.Kafedra tarixi
Kafedra 1967 yilda «Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqarish» nomi bilan tashkil qilinib, 1991 yilning sentabridan kafedra «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi», 2005 yil sentabrdan esa «Mehnat iqtisodiyoti va aholishunoslik», 2011 yil noyabrdan “Mehnat va ijtimoiy soha iqtisodiyoti”, 2015 yil aprel oyidan boshlab “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” nomi bilan atalib kelmoqda.
«Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» kafedrasi 50 yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, xozirgi kunda “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” va “Kadrlar menejmenti” yo‘nalishlari bo‘yicha 4 yillik bakalavr tayyorlash dasturi va 2 yillik magistr tayyorlash dasturlari asosida “Demografiya.Mehnat iqtisodiyoti” va “Kadrlar menejmenti” ”mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi kadrlar tayyorlashni amalga oshirmoqda.
Kafedra yo‘nalishlari bo‘yicha universitetni tamomlagan yosh mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mexnat munosabatlari Vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va uning hududiy bo‘limlarida, O‘zbekitson Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘linmalarida, yirik tijorat banklarida hamda real sektor korxona va tashkilotlarida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra bo‘yicha belgilangan shtat birligi
Rejada belgilangan shtat bo‘yicha kafedrada professorlar – 5 ta, dotsentlar – 6 ta, katta o‘qituvchilar – 4 ta, assistentlar – 4 ta; kabilar mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. Ilmiy salohiyat 58 foizni tashkil etadi.
Kafedrada to‘liq stavkada faoliyat olib borayotgan professor–o‘qituvchilar
Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar:
5231600 – Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi; 5231700 – Kadrlar menejmenti; 5A230110 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti; 5A231701 – Kadrlar menejmenti. 5231600 – Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi ta’lim yo‘nalishida:- Mehnat iqtisodiyoti;
- Mehnat sotsiologiyasi;
- Mehnatni tashkil etish va boshqarish;
- Mehnat ko‘rsatkichlari tahlili;
- Xalqaro mehnat standartlari;
- Mehnat munosabatlari;
- Aholini ijtimoiy muhofaza qilish;
- Personalni boshqarish;
- Inson taraqqiyoti;
- Mehnat muhofazasi.
- Kadrlar menejmenti;
- Kadrlar xizmatida ish yuritish;
- Personal auditi va nazorati;
- Personal motivatsiyasi;
- Inson resurslarini rivojlantirish;
- Rekrutment;
- Xodimlar mehnatini tashkil etish;
- Kadrlar menejmentining huquqiy asoslari;
- Xalqaro ishlash andozasi.
- Zamonaviy mehnat iqtisodiyoti;
- Demografiya;
- Inson resurslarini boshqarish;
- Mehnat bozori iqtisodiyoti;
- Demografik tahlil;
- Ijtimoiy-mehnat munosabatlari.
- Kadrlar menejmenti iqtisodiyoti;
- Korxonada kadrlar siyosati;
- Kadrlar konsaltingi va auditi;
- Istiqboldagi liderlar strategiyasi;
- Karyerani boshqarish.
Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar
Bakalavriat:5111000 | – | Kasb ta’limi (5230100- Iqtisodiyot) |
5230100 | – | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
5230200 | – | Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
5230400 | – | Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
5231400 | – | Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
5231600 | – | Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi |
5231700 | – | Kadrlar menejmenti |
5231900 | – | Korporativ boshqaruv |
5610100 | – | Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil etish va boshqarish) |
5A230110 | – | Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti |
5A231701 | – | Kadrlar menejmenti |
Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati
Kafedrada asosiy shtatda 13 ta va o‘rindoshlik asosida 7 ta professor o‘qituvchi faoliyat yuritib, ulardan 1 tasi akademik, 4 tasi fan doktori, 6 tasi fan nomzodi ilmiy darajalariga ega, kafedraning ilmiy salohiyati 55 % ni tashkil qiladi. Shu bilan birga, hozirgi kunda kafedrada 1 ta doktorant, 3 ta tayanch doktorant va 10 ta mustaqil tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Ilmiy tadqiqot ishlari FM-8. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar sharoitida ijtimoiy mehnat munosabatlarini takomillashtirishning ilmiy asoslari mavzusi doirasida amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy mehnat munosabatlarini rivojlantirish, iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlarini rivojlantirishda muvozanatga erishish, munosib mehnat, ilmiy bilim va yangiliklarga bo‘lgan talab, jamiyat va iqtisodiyotning innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish, hayot sifatini oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish kabi masalalarni o‘rganishda nazariy va amaliy yutuqlarga erishilmoqda.
Kafedra tomonidan nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Oliy majlis Qonunchilik palatasining “Mehnat va ijtimoiy masalalar” Qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Kafedra ilmiy-tadqiqotlari sohasida akademik R.Ubaydullayeva va akademik Q.Abduraxmonovlar yetakchilik qilib kelishmoqda. Kafedrada akademik Q.X.Abduraxmonov rahbarligida ilmiy maktab shakllangan bo‘lib, DSc 28.12.2017.1.16.02 raqamli “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda.
2016-2018 yillar davomida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 3 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta risola, xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida 28 ta ilmiy maqola, xorijiy va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 30 dan ortiq tezislar chop ettirishgan.
Kafedra professor–o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar mavzulari:- f.d., dotsent Abduraxmonova Gulnora Qalandarovna – Kichik biznesda aholini munosib mehnat tamoyillari acosida ish bilan bandligini ta’minlash;
- f.n., dotsent. Shoyusupova Nargiza Turg’unovna– O‘zbekistonda mehnat bozorini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish;
- f.n., dotsent. Xayitov Abdumannon Buxarovich –Kadrlar faoliyatining motivatsion modeli;
- f.n., dotsent Abduramanov Hamid Xudoybergenovich -O‘zbekistonda demografik jarayonlarni tartibga solishni mexanizmlarini takomillashtirish;
- f.n., dotsent Xolmurotov Salimbek Eshbekovich – O‘zbekistonda aholining ish bilan bandlik tarkibini takomillashtirish;
- f.n., dotsent Bakiyeva Iroda Akbarovna – O‘zbekistonda tadbirkor kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish;
- katta o‘qituvchi Akbarov Axrol Maxmudovich – Xodimlar mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish;
- katta o‘qituvchi Radjabova Nazira Iskandarovna – Hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratishning tashkiliy iqtisodiy jihatlari;
- katta o‘qituvchi Raxmatullayeva Shaxnoza Hamidovna – Социально-экономические последствия миграционных процессов в Республике Узбекистан;
- katta o‘qituvchi Qurbonov Samandar Po‘latovich – Strategik rivojlanish sharoitida hududda yangi ish o‘rinlarini yaratishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish;
- assistent Ataniyazova Maqsuda Boltabayevna – Milliy mehnat bozorini takomillashtirish yo‘llari;
- assistent Babayev Dilshod Ravshanovich – Aholini ish bilan ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
- assistent Bozorov Ilyos Isomiddinovich – Hududlarda yangi innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi.(Buxoro viloyati misolida);
- assistent Isamuxamedov Baxodir Baxramovich – Malakali iqtisodchi kadrlar tayyorlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari samaradorligini oshirish.
Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Iqtisodiyot fakulteti Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv yiliga ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy, ma’naviy-ahloqiy va tarbiya, sport sohasiga oid tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu rejaga asosan kafedra professor-o‘qituvchilari Davlat dasturida belgilangan vazifalarni talabalar ongiga singdirish orqali barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiralayotgan vazifalar doirasida professional faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.
Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim, ilm-fan ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari
Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro innovatsion hamkorligi – Oliy ta’lim muassasasi bilan ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida yangi g‘oya va ishlanmalar yaratishga yo‘naltirilgan o‘zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish jarayonidir.
Hozirda kafedra tomonidan “O‘zbekko‘mir” AJ, “Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” AJ, “Toshkentdonmahsulotlari” AJ, “G’alla Alteg” AJ bilan innovatsion hamkorlik doirasida bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik dissertatsiyasi, doktorlik dissertatsiyasi va xo‘jalik shartnomalari tuzilib, muhokama etildi va tasdiqlandi. Bu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Xalqaro aloqalar
Kafedra professor-o‘qituvchilari nafaqat O‘zbekiston respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, balki MDH, Chexiya va Hindiston kabi davlatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqdalar. Xususan, Chexiya Respublikasi Karlova universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari bilan “Mehnat iqtisodiyoti” kursini o‘qitish bo‘yicha yaqindan hamkorlikda foliyat olib borilmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan xo‘jalik shartnomalari
“Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” kafedrasi tomonidan X-Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari to‘g‘risida ma’lumot№ | Shartnoma imzolangan korxonaning nomi | Korxonaning manzili | Korxona rahbari F.I.SH. | Tuzilgan shartnoma summasi (mln. so‘m) |
1. | “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati | Toshkent viloyati, Angren shahri, Istiqlol ko‘chasi, 1-uy | Odilov A. | 8,0 |
2. | “Turkistonbank” ATB | Toshkent shahar, Uchtepa tumani, kv-11, 64-uy | Mirsagatov O. | 6,0 |
3. | “Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati | Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Pahlavon Mahmud 2-tor ko‘chasi, 33-uy | Dadamatov A. | 0,0 |
4. | “G’alla Alteg” aksiyadorlik jamiyati | Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Elbek ko‘chasi, 6-uy | Quvvatov Q. | 0,0 |
5. | “Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati | Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, Nurafshon ko‘chasi, 215-uy | Farmonov A. | 0,0 |
Jami shartnoma summasi | 14,0 |
Iqtidorli yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar
Kafedra qoshida “Mehnat munosabatlari” va “Mehnat iqtisodchisi” nomli talabalarning ilmiy to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi. To‘garak ishi natijasida talaba S.Obidov Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, talaba X.Egamov Respublika fan olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi. Bundan tashqari, to‘garak ishtirokchilari tomonidan har yili 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etiladi, 10 ga yaqin ilmiy ishlar natijalarini amaliyotga joriy etish dalolatnomalari olinadi.
Ilmiy to‘garakda ma’ruzalar muhokamasi har oyning oxirgi juma kuni soat 14:00 dan 15:20 gacha bo‘lib o‘tadi.