Fundamental iqtisodiyot kafedrasi

 
  Kafedra mudiri:   Xajiyev Baxtiyor Dushabayevich   
  Qabul vaqti:   1400 – 1700
  Telefon:   (0 371) 239-28-53
  E-mail:   kafiqtnaz@tdiu.uz
  Veb-sayt   www.tdiu.uz
 

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o‘qituvchilar:

1948-1951 y.y. – i.f.n., dots. D.D.Stolyarov; 1952-1954 y.y. – i.f.n., dots. I.N.Togoev; 1954-1960 y.y. – i.f.n., dots. N.E.Omelin; 1960-1966 y.y. – i.f.d., prof. A.M.Aminov; 1966-1974 y.y. – i.f.d., prof. N.D.Djabbarov; 1976-1981 y.y. – i.f.d., prof. A.M.Aminov; 1982-1984 y.y. – i.f.n., dots. A.N.Popov; 1984-1985 y.y. – i.f.n., prof. T.E.Ergashev; 1985-2009 y.y. – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, i.f.d., prof. Sh.Shodmonov; 2009-2014 y.y. i.f.n., dots. U.V.G‘afurov; 2014-2016 y.y. – i.f.d., prof. T.S.Rasulov 2016 yildan to hozirgi kunga qadar i.f.n., dots. Xajiyev Baxtiyor Dushabayevich kafedrani boshqarib kelmoqda.

Kafedra haqida

Kafedra 1931-yili Toshkent moliya-iqtisod institutida (keyinchalik Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (1967), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1991) deb nomlangan) tashkil topgan. Kafedra asosiy iqtisodiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar chop etishda muhim rol o‘ynaydi. “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish”, “Itqisodiy ta’limotlar tarixi” kabi ko‘plab fanlar kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.

Hozirgi vaqtda, kafedrada 3 professor, 7 fan nomzodi, 2 katta o‘qituvchi va 5 assitent faoliyat yuritmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 59 foizni tashkil qiladi.

 

Kafedrada to‘liq stavkada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Расм Ф.И.Ш. Илмий даражаси E-мail
1. Хажиев Бахтиёр Душабаевич и.ф.н., доц. b.d.khajiev@mail.ru  
 2. Расулев Алишер Файзиевич и.ф.д., проф. arasulev@yandex.ru  
3.  Ташматов Шухратжон Ҳамраевич и.ф.д., проф. shuhrat.toshmatov11@mail.ru  
4.  Хасанов Рустам Раббимович и.ф.д., проф. khasanof@kb.ru  
5.  Боев Ҳабибулло Исмоилович и.ф.н., проф. boyevx_@gmail.com  
6.  Яхшиева Мавлуда Турсуновна и.ф.н., доц. mavluda­_y@mail.ru  
7.  Исроилова Шоира Турғуновна и.ф.н., доц. shoira-isroilova@rambler.ru  
8.  Юсупов Равшанбек Аминбаевич и.ф.н., доц. yura-2005@rambler.ru  
9.  Абдуллаева Мадина Камиловна и.ф.н. madina761@yandex.ru  
10.  Мамараҳимов Бекзод Эркинович и.ф.н. bekzod.82@mail.ru  
11.  Шарипов Қувондиқ Бахтиёрович Катта ўқитувчи sharipov1983@rambler.ru  
12.  Ҳалилов Муҳиддин Шакирович Катта ўқитувчи newl.4ever@mail.ru  
13.  Убайдуллаева Фотима Алишеровна ассистент ubaydullayeva@mail.ru  
14.  Бегматова Шахноза Адҳамовна ассистент begmatova_1986@mail.ru  
15.  Ганиев Бахтиёр Зулфиқор ўғли ассистент baxtiyor.ganiyev@bk.ru  
16.  Отабоев Ферузбек Ойбек ўғли ассистент ba4eolor2011@mail.ru  
17.  Шомуродов Тоҳир Боймурод ўғли ассистент tohirbek0206@gmail.com  

 

Kafedrada ta’lim yo‘nalishlari:

— Iqtisodiyot nazariyasi  

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat va magistratura kesimida)

Bakalavr 5230100 – Iqtisodiyot (iqtisodiyot nazariyasi) Magistr 5A230101- Iqtisodiyot nazariyasi  

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

Kafedraning ilmiy salohiyati 59 foizni tashkil qiladi. Kafedrada 3 professor, 7 fan nomzodi, 2 katta o‘qituvchi va 5 assitent faoliyat yuritmoqda.

Kafedra qoshida “Iqtisodiy tafakkur” to‘garagi tashkil etilgan va unga i.f.n. dots. Israilova Sh.T. rahbarlik qilmoqda.

Kafedrada mustaqil ilmiy tadqiqodchilik asosida doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy hodimlar, ilmiy tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarning tadqiqot ishlari kafeoa yig‘ilishida va TDIU kengashida muntazam ravishda muhokama qilib kelinmoqda.

Kafedramiz professor o‘qituvchilari tomontdan tayyorlangan ilmiy ishlar, yangiliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar ishlar olib borilmoqda. Ilmiy ishlanmalar “Iqtisodiyot vazirligi”, “Mehnat vazirligi”, “Davlat statistika qo‘mitasi” va boshqa vazirliklarga taqdim etilgan va ulardan ijobiy javoblar olingan. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va iqtisodiy islohotlarni amaliyotga keng tadbiq etish maqsadida, 08.00.01-  “Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot mavzulari dolzarb muammo sifatida tadqiq qilinmoqda. Shu kabi dolzarb muammolar yechimi doktorlik, magistrlik dissertatsiyalari va BMIlarda o‘z aksini topmoqda.

Kafedra tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar:

PhD. Djuraeva Sevara Kaxramonovna -“ O‘zbekistonda iqtisodiyot o‘sishini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish”

PhD MT  Abdullaeva Ra’no Gafurovna — “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida hunarmandchilik tadbirkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy omillari”,

PhD MT Axmedjanov Sardorbek Anvarovich— “Xalqaro valyuta bozorida almashuv kursi dinamikasini tahlil qilishning nazariy- uslubiy asoslari”,

PhD MT Norboev Odil Abraevich— “Bozor tizimida mulkchilikning nazariy asoslari va iqtisodiy realizatsiyasi mexanizmlarini takomillashtirish”,

PhD MT Xusanov Otabek Nishonovich — “Fermer xo‘jaliklari faoliyatini tartiblashda bozor mexanizmini kuchaytirishning ilmiy-uslubiy masalalari”,

PhD MT Abdullaeva Shaxnoza yerkinovna — “Barqaror ikgisodiy rivojlanish sharoitida aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmini takomillashtirish”

PhD MT  Umarov Fofur Abduxamidovich –“ Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida chet el investitsiyalarini jalb qilishning nazariy amaliy muammolari”

DSc Sultanova Lola Sharafovna – “Absorbsionnaya sposobnost ekonomiki i upravlenie innovatsionnoy vospriimchivostyu sotsialno- ekonomicheskix sistem”

DSc Xusanov Durbek Nishonovich – “Agrar sohada investitsion faollikni ta’minlashning nazariy asoslari”

DSc Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich –“ Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usuli bo‘yicha hisoblashning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”

DSc MT Abdullaev Suyun Artikovich – “Milliy mahsulotning tarkibiy qismlari, harakat shakllari va ko‘paytirish omillari”

DSc MT Mamaraximov Bekzod Erkinovich- “Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish va bandligini ta’minlashning nazariy asoslari”.

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

Kafedra “Iqtisodiyot vazirligi”, “Qishloq xo‘jaligi vazirligi”, “Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi”, “Davlat statistika qo‘mitasi”, va “O‘zbek-Turk test markazi” qo‘shma korxonasi bilan innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

 

Oliy ta’lim – fan – ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida 2018-yil Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T

Kafedra nomi: Iqtisodiyot nazariyasi

Korxona nomi: O‘zbek-Turk test markazi qo‘shma korxonasi

Korxonadagi muammoli mavzular bazasining shakllanirilganligi: (Muammoli mavzular bankingi)

Mahsulot eksportini oshirish va sifat jihatdan o‘zgartirish;

Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilishi va sinovlarini amalga oshirishida ko‘maklashish;

Korxonalarda xalqaro standartlar talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish ;

Iste’mol tovarlari raqobatbardoshligini yanada oshirish va tovar diversifikatsiyasini ko‘paytirish;

 

Muammoli mavzular yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

“O‘zbek-Turk test markazi” qo‘shma korxonasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi o‘rtasida “Innovatsion korporativ hamkorlik” aloqalari o‘rnatilgan. «O‘zbek-Turk test markazi» MChJ qo‘shma korxonasi o‘z ish faoliyati davomida, maxsulotlarni sertifikatlash, menedjment tizimi sifatini sertifikatlash, mahsulotlarni sinov va akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha kompleks xizmatlarni amalga oshiradi. Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tizimli rivojlantirish, innovatsion korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida kafedra qoshida innovatsion guruh tashkil etilgan, korxona tomonidan innovatsion hamkorlikni samarali amalga oshirishga mas’ul vakil, yetakchi mutaxassis Ziyadullayev Yusuf Jahongirovich tayinlangan va ularda mavjud ilmiy-texnologiya muammolar banki shakllantirilgan. Mazkur muammolar asosida kafedrada bitiruv-malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, doktorlik dissertatsiyalari mavzulari shakllantirilgan.

 

Kafedra filialining tashkil etilganligi va unda olib borilayotgan ishlar

Fan sohasining yetakchi olim va mutaxassislari talabalarga biriktirilib, ular o‘z bitiruv-malakaviy ishlari shuningdek, katta ilmiy xodim izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalarida korxona va tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga yo‘naltirilmoqda. Qo‘shma korxona rahbariyati bilan kelishilgan holda korxonada kafedra filiali tashkil etildi.

Talabalarni o‘quv mashg‘ulotidan bo‘sh vaqtlarida stajirovka va o‘quv rejasida belgilangan vaqtlarda malakaviy amaliyotini tashkil etish imkoniyatlarini tahlil etish maqsadida kafedradan bosh koordinator dotsent M.Yaxshieva tayinlangan va bu borada korxonaning mas’ul vakili Ziyadullayev Yusuf Jahongirovich bilan birga talabalar ishtirokida seminar, davra suhbatlari uyushtirildi va korxonaning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ko‘chma amaliy seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

 

Yaratilgan ilmiy ishlanmalar

Ushbu innovatsion hamkorlik shartnomasi asosida keng ko‘lamli, aniq maqsadli ishlar amalga oshirildi jumladan:

o‘quv jarayoniga yuqori malakali amaliyot xodimlarini jalb etilishi ta’minlandi;

hamkor korxonada amaliy dars mashg‘ulotlari tashkil etildi;

innovatsion guruh a’zolarining stajirovka va malakaviy amaliyot o‘tishlari, BMI, MD, DD va xo‘jalik shartnoma ishlari bajarildi hamda ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etildi;

korxonalarning amaliy faoliyati ma’lumotlari asosida o‘quv qo‘llanma, darslik, masalalar to‘plami, keys-stadilar yaratishni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda;

kafedra professor-o‘qituvchilarini malaka oshirish va stajirovkalarga yuborildi;

yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv rejalar, fanlar o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualarni amaliyot xodimlarining takliflari asosida takomillashtirib borildi;

tashkilotlar xodimlari bilan birgalikda ilmiy-amaliy anjuman, davra suhbatlari o‘tkazildi.

 

Korxonada himoyasi amalga oshirilgan DD, (DSc, PhD), MD va BMI ishlar

Iqtisodiy nazariya mutaxassisligi, 4-kurs talabalari Sanaqulov Otaniyoz Yerjigit o‘g‘li (Mahsulot eksportini oshirish va sifat jihatdan o‘zgartirishning nazariy-uslubiy asoslari), Foziljonov Muhammadjon Xikmatjon o‘g‘li (Raqobatbardosh tovarlar eksportini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘nalishlari) mavzularida bitiruv-malakaviy ishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot izlanishlarini amalga oshirdi va 2018-yil 3-5-iyulda himoya qildi

 

Innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida o‘tkazilgan seminar, davra suhbatlari va ochiq darslar haqida ma’lumot

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi va“O‘zbek-turk test markazi” qo‘shma korxonasi MChJ hamkorligida 2018-yil 27-martda “Mahsulot eksportini oshirish va sifat jihatdan o‘zgartirish yo‘nalishlari” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi. Bunda “O‘zbek-Turk test markazi” MChJ qo‘shma korxonasi yetakchi mutaxassisi Ziyadullayev Yusuf Jahongirovich; “O‘zbek-Turk test markazi” MChJ qo‘shma korxonasi sinov laboratoriya rahbari Safayev Abdujamol Abdujalilovichlar tashrif buyurib ushbu mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.

2018-yil 26-iyunda “Raqobatbardosh tovarlar eksportini xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi. Bunda “O‘zbek-Turk test markazii” MChJ qo‘shma korxonasi sinov laboratoriya rahbari Safaev Abdujamol Abdujalilovich; “O‘zbek-Turk test markazii” MChJ qo‘shma korxonasi yetakchi mutaxassisi Muratova Sayyora Askarovna tashrif buyurib ushbu mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.

2018-yil 7-dekabr “Raqobatbardosh tovarlar eksportini korxona va tashkilotlarda joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi. Bunda “O‘zbek-Turk test markazi” MChJ qo‘shma korxonasi yetakchi mutaxassisi Ziyadullayev Yusuf Jahongirovich;“O‘zbek-Turk test markazi” MChJ qo‘shma korxonasi sinov laboratoriya rahbari Safayev Abdujamol Abdujalilovich tashrif buyurib, ushbu mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.

2018-yil 7-dekabrda Xalqaro turizm fakulteti MR-25 guruhida IKX tashkilot vakillari ishtirokida “Raqobat va monopoliya” mavzusida binar ma’ruza tashkil etildi.

 

Xalqaro aloqalar

Hozirda kafedra “Voronej davlat universiteti” va Plexanov nomidagi Rossiya davlat universiteti Voronej filiali bilan ilmiy hamkorlik olib bormoqda.(07.03.2018).

Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan xo‘jalik shartnomalari

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 2017 yilda 8 million so‘mlik xo‘jalik shartnomalari va 7 millin 500 ming so‘mlik pullik ta’lim xizmatlari amalga oshirildi.

Jumladan, “HIGHLANDS GROUP” korxonasi bilan 6 million va boshqa korxonalar bilan 2 million so‘mlik xo‘jalik shartnomalari amalga oshrildi.

 “Green Valley Export” MChJ ga 7 million 500 ming so‘mlik pullik ta’lim xizmatlari amalga oshirildi.

 

Iqtidorli talabalar bilan amalga oshirilgan ishlar

Kafedra iqtidorli talabalar ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida a “Iqtisodiy tafakkur” ilmiy to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib unga kafedra dotsenti Sh.Isroilova rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedraning ilmiy to‘garagiga 56 nafar talabalar a’zo bo‘lib, ular bilan muntazam ravishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan Respublika Fan olimpiadasida ishtirok etgan ilmiy to‘garak a’zolari Egamov Xurshidjon Shukurjon o‘g‘li – 3-o‘rinni (TDShI, 2016 yil 15 aprel), Xusainov Xumoyun Abdutolib o‘g‘li – 2-o‘rinni (TDShI, 2015 yil 6 iyun) va Xoliqova Ruxsora Sanjarovna – 1-o‘rinni (TDShI, 2014 yil 6 iyun) egalladi.