Buxgalteriya hisobi kafedrasi

Kafedra haqida

Moziyga nazar tashlaydigan bo‘lsak, TDIU Buxgalteriya hisobi kafedrasi yuqori malakali buxgalter-iqtisodchilarni tayyorlab beruvchi ko‘hna va navqiron kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedraga 1932-yilda asos solinib, “Buxgalteriya hisobi va tahlil” deb nomlangan va “Moliya va kredit” mutaxassisligiga xizmat qilgan. O‘sha vaqtda kafedrada “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida buxgalteriya hisobi”, “Balans tahlili”, “Byudjet hisobi va hisoboti”, “Xo‘jalik hisobi” kabi fanlar o‘qitilgan.

1936-1937-yillarda V.I. Pereslegin, 1940-yildan iqtisod fanlari nomzodi B.N.Mirenskiy,1942-yilda N.A.Kiparisovlar kafedraga rahbarlik qilgan.

Kafedrani 1969-1989-yillarda prof. S. Qodirxonov, 1989-1996-yillarda prof. I. Nurmatov, 1996-1998 yillarda prof. S. Vaxidov, 1998-2007 yillarda prof. N. Jo‘rayevlar boshqardi. 2007-yildan buyon prof. R. Xolbekov kafedraga rahbarlik qilmoqda.