Raqamli iqtisodiyot fakulteti

Аlimardonov Ilhom Muzrabshoxovich, i.f.d., dotsent

Raqamli iqtisodiyot fakulteti dekani


Raqamli iqtisodiyot fakulteti to‘g‘risida ma’lumot:

Raqamli iqtisodiyot fakulteti 1963 yilda “Iqtisodiy axborotlarni avtomatlashtirilgan usulda qayta ishlashni tashkil etish” mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabul qila boshlagan. 1968 yilda “Iqtisodiy kibernetika” mutaxassisligining ochilishi bilan “Iqtisodiy kibernetika fakulteti tashkil etildi. 2020 yildan boshlab Raqamli iqtisodiyot fakulteti nomi atala boshlandi.

Mutaxassis kadrlar tayyorlashda fakultet jamoasi yetarli darajada ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, ayni paytda 57 nafar professor-o‘qituvchilar olib bormoqdalar. Ulardan 29 nafari ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilardir.

  • Talabalar soni:
    • 1-kurs 171 ta;
    • 2- kurs 186 ta;
    • 3- kurs 133 ta;
    • 4 kurs 102 ta;
    • Jami 592 ta.
Fakultet rahbariyati:
Fakultet dekani: Аlimardonov Ilhom Muzrabshoxovich
iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Qabul vaqti: 1400 – 1500 (dushanba, chorshanba, juma)
Telefon: +998 71 239-28-40
E-mail: abdulaziz.alimardonov@mail.ru
Dekan muovini: Begmatov Davlatjon Ibadullayevich
Qabul vaqti: Dushanba-shanba kunlari 14:00-18:00 gacha
Telefon: +998 90 132-16-19
E-mail: begmatovdavlatjon5@gmail.com
d.begmatov@tsue.uz
Dekan muovini: Temirov Ortiq Suyunovich
Qabul vaqti: Dushanba-shanba kunlari 14:00-18:00 gacha
Telefon: +998 90 324-24-10
E-mail: ortiq1990_09@mail.ru
Fakultet tarkibidagi kafedralar:
  • Fakultet tarkibidagi kafedralar:
    • Innovatsion ta’lim;
    • Iqtisodiyotda matematik metodlar;
    • Amaliy matematika;
    • Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalar;
    • Iqtisodiy xavfsizlik.
Ta’lim yo‘nalishlari:
  • Ta’lim yo‘nalishlari:
    • 5230200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari(tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
    • 5234100 – Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
    • 5232400 – Iqtisodiy xavfsizlik;
    • 5232200 – Enometrika;
    • 5232600 – Biznes informatika;
    • 5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari (iqtisodiyot).
Bugungi kunda Raqamli iqtisodiyot fakulteti quyidagi korxona va tashkilotlar bilan innovatsion-korporativ hamkorlikni amalga oshirmoqda:
  • Raqamli iqtisodiyot fakulteti quyidagi korxona va tashkilotlar bilan innovatsion-korporativ hamkorlikni amalga oshirmoqda:
    • Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tarkibidagi tashkilotlar;
    • Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki;
    • Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ular qoshidagi tashkilotlar;
    • Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning hududiy boʻlinmalari;
    • Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha Davlat qoʻmitasi va tarkibidagi tashkilotlar;
    • Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi va tarkibidagi tashkilotlar;
    • Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi;
    • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi muassasalar, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy tadqiqot muassasa va tashkilotlar va boshqalar;
    • Moliya, kredit va sug‘urta muassasalari;
    • Davlat va mahalliy hokimiyat organlari;
    • Akademik va tarmoq ilmiy tadqiqot tashkilotlari;
    • Ishlab chiqarish birlashmalari va tarkibiy qismlarining raqamli iqtisodiyotdagi axborot faoliyati;
    • Taʼlim muassasalari hamda ularni boshqarishdagi axborot jarayonlari;
    • Axborotlarni kompyuterli qayta ishlashni tashkil etish vosita va usullari, hamda hisoblash tizimlarining dasturiy va texnik vositalarini ishlab chiqish jarayonlari;
    • Biznesni boshqarishda axborot tizimlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash jarayonlari;
    • Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsiyalar va innovatsion jarayonlar.
Bugungi kunda Raqamli iqtisodiyot fakulteti quyidagi chet el universitetlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda:
  • Raqamli iqtisodiyot fakulteti quyidagi chet el universitetlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda:
    • Ural davlat iqtisodiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi);
    • Feyrfild Universiteti;
    • Deagu shahridagi Keimyung Universiteti;
    • Butun Rossiya politsiya assotsiatsiyasi qoshidagi “Qonununchilik va boshqaruv instituti”;
    • Kemyong Universiteti (Janubiy Koreya);
    • S.YU. Vitte nomidagi Moskva universiteti;
    • G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti;
    • Toshkent shaxridagi Inxa universiteti.
O‘quv-uslubiy ishlar:

Fakultetda o`quv-uslubiy ishlar universitet, kafedralar va o`qituvchilarining shaxsiy o`quv rejalariga muvofiq olib boriladi. Barcha o`quv-uslubiy ishlar o`quv jarayonini normal va sifatli ta`minlash, mashg`ulotlarni barcha tur va shakllarining ilmiy-nazariy va uslubiy darajasini oshirishga qaratilmoda. Kafedralarda o`quv-uslubiy qo`llanmalar, darslik va boshqa uslubiy qo`llanmalar tayyorlashga ham katta e`tibor berilmoqda. Tayyorlanayotgan darslik, o`quv qo`llanmala, ma`ruza matnlarida O`zbekiston Respublikasining mustaqilligiga, milliy mafkurasiga va iqtisodiyotni barqarorlashtirish va modernizatsiyalashga doir siyosiy hamda g`oyaviy jihatlar o`z ifodasini topgan. Yangi tayyorlangan o`quv qo`llanmalar, darslik va dasturlarda Milliy dastur va “Kadrlar tayyorlash to`g`risida”gi qonun talablari, mustaqil O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy hayotiga oid bo`lgan muammolar, ularning yechimlari kabi masalalarga keng e`tibor berilgan hamda hisobot ma`lumotlari tahlil qilingan.

Yangi o`quv rejasi talabalarning ko`proq individual va mustaqil ishlarga soatlar ajratishni taqazo qilishi tufayli kafedra jamoasi amaliy mustaqil ishlarni to`g`ri tashkil qilish maqsadida bu ishlarni rejalarini tuzish bilan birga ularni amalga oshirish uchun uslubiy qo`llanmalar tayyorlanmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardan mashg`ulotlar ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilmoqda. Mashg`ulotlarda keys texnologiyasidan keng foydalanish yo`lga qo`yilgan.

Talabalar malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti asosan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tarkibidagi tashkilotlar, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi va tarkibidagi tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborotlarni kompyuterli qayta ishlashni tashkil etish vosita va usullari, hamda hisoblash tizimlarining dasturiy va texnik vositalarini ishlab chiqish jarayonlari, Biznesni boshqarishda axborot tizimlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash jarayonlari.O`zbekiston Respublikasi Milliy bank hamda ko`plab tijorat banklari va bir qator qo`shma korxonalarda o`tkazib kelinadi.

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar:

Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda, shu jumladan zamonaviy madaniyatli shaxs sifatida kamol topishida fakultetda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni amalga oshirish va bu borada turli-xil tadbirlarni o`tkazish fakultetda muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Fakultetda ma`naviy-ma`rifiy va axloqiy tarbiya ishlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan:
  • Fakultetda ma`naviy-ma`rifiy va axloqiy tarbiya ishlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan:
    • Ma`naviy va g`oyaviy barkamol, ijtimoiy faol mutaxassislarni tayyorlash, ularda milliy g`urur, vatanparvarlik va milliy manfaatlar uchun kurash ruhiyatini shakllantirish va ravnaq toptirish;
    • Xalqaro terorizm, diniy va siyosiy ekstremizm, giyoxvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
    • Talaba yoshlar manfaatini himoya qilish, o`qish, ilm bilan shug`ullanish, sog`lom yashash uchun qulay sharoitlar yaratish;
    • Milliy va diniy qadriyatlarni hurmat qilish va e`zozlash, uzoq o`tmishdan davom etib kelayotgan “Ustoz-shogird” milliy an`analarini ta`lim tizimida keng joriy etish va rivojlantirish;
    • Ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, kasbga bo`lgan hurmat va ijtimoiy ma`sullik hissini fakultet professor-o`qituvchilari va talaba yoshlari orasida keng tarib etish va rivojlantirish;
    • Qolaversa barcha o’tkazilib kelinayotgan tadbirlar prezidentimiz tomonidan ilgari surulgan Besh muhum tashabbus asosida tashkil etilib kelinmoqda.
Ilmiy tadqiqot ishlar:

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim tizimini va Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida fakultetda ilmiy tadqiqot faoliyati samarali tarzda olib borilmoqda.

Fakultet kafedralari professor – o`qituvchilari ilmiy saloxiyatini oshirishga doimiy etibor qaratilgan bo`lib. Hozirda, fakultet tarkibidagida kafedralarda 16 ta katta ilmiy hodim – izlanuvchilar va 10 dan ortiq mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari doirasida ilmiy ish olib bormoqda.

Shuningdek, fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash va ularni izlanishlari hamda bilimlarini oshirish maqsadida fakultet qoshida, xar bir yo’nalish kesimida to`garaklar faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultetda olib borilayotgan innovatsion ishlar:
  • Fakultetda olib borilayotgan innovatsion ishlar:
    • Darslarni vaziyatli masala va topshiriqlar bilan boyitish;
    • Dars mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalar, interaktiv, tanqidiy fikrlash usullaridan keng foydalanish;
    • Ma`ruza matnlarini avvaldan tarqatib, talabalarni mashg`ulotga tayyorlanib kelishiga erishish va ularning mavzuni o`zlashtirish darajasini tahlil qilib borish;
    • Dars mashg`ulotlarini munozara ko`rinishida o`tkazish;
    • Pedagogik texnologiyalar;
    • Keys texnologiyalar;
    • Elektron va virtual kutubxonadan foydalanish;
    • Elektron pochtadan foydalanish;
    • Videoma`ruzalar yaratish va videokonferentsiyalar o`qtkazish;
    • Global internet tizimidan foydalanish.
Fakultetining faxrli bitiruvchilari:
F.I.Sh. Faoliyat yuritgan yoki egallab turgan lavozimi
Xodiyev Bahodir Yunusovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, TDIU rektori.
Begalov Bahodir Abdusalomovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi, Toshkent moliya instituti rektori.
Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, TDIU rektori.
Alimov Raimjon Xakimovich TDIU rektori.
2017/2018 o‘quv yilida “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakulteti bitiruvchilari to‘g‘risida MA’LUMOT:
Fotogaleriya:
 
 
 
 
 
 
 
Aloqa va manzil:

Manzil: Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 49 uy, 100003

Bino/ofis: 5-bino, 2-qavat 208-xona

Telefon:  (+99871) 239-28-30

Fakultet veb-sahifasi: http://tsue.uz/uz/tuzilma/fakultetlar/raqamli-iqtisodiyot-fakulteti/

Ulashish: