Raqamli iqtisodiyot fakulteti

Last updated on 2020.12.09 at 15:25

Fakultet dekani: Аlimardonov Ilhom Muzrabshoxovich
Dushanba, chorshanba, juma
14:00-15:00 gacha
Telefon: (+998) 71 239 29 57,
(+998) 97 784 98 80
abdulaziz.alimardonov@mail.ru
Veb-sayt: http://tsue.uz/?page_id=466
Manzil: 1-bino, 4-qavat

Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti to‘g‘risida ma’lumot

Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti 1963 yilda “Iqtisodiy axborotlarni avtomatlashtirilgan usulda qayta ishlashni tashkil etish” mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabul qila boshlagan. 1968 yilda “Iqtisodiy kibernetika” mutaxassisligining ochilishi bilan “Iqtisodiy kibernetika fakulteti tashkil etildi.

Fakultetda bakalavriat bosqichi bo‘yicha “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha)”, “Kasb ta’limi (tarmoqlar bo‘yicha)”, Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” kabi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyoorlanmoqda. Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha “Iqtisodiyotda axborot tizimlari”, “Ekonometrika” hamda “Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi” mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Mutaxassi kadrlar tayyorlashda fakultet jamoasi yetarli darajada ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, ayni paytda 85 nafar professor-o‘qituvchilar olib bormoqdalar. Ulardan 45 nafari ilmiy darajali fan doktori hamda dotsentlardir.

 

Fakultet rahbariyati

Foto surati

F.I.Sh.

Qabul vaqti

Elektron manzili

Telefon raqami

Begmatov Davlat Ibodullayevich Dushanba – Shanba,
soat 15.00 – 17.00
d.begmatov@tsue.uz (0 371) 238-28-55
Dushanba – Shanba,
soat 14.00 – 17.00
(0 371) 238-28-55

 

Fakultet tarkibidagi kafedralar:

Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari;

Ekonometrika;

Kasb ta’limi;

Amaliy matematika

 

Ta’lim yo‘nalishlari:

5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari (iqtisodiyot);

5111000 – Kasb ta’limi (5330200 – informatika);

5111000 – Kasb ta’limi (5230100 – iqtisodiyot).

 

IAT fakultetining faxrli bitiruvchilari

F.I.Sh.

Faoliyat yuritgan yoki egallab turgan lavozimi

Xodiyev Bahodir Yunusovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, TDIU rektori.
Begalov Bahodir Abdusalomovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi, Toshkent moliya instituti rektori.
Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, TDIU rektori.
Alimov Raimjon Xakimovich TDIU rektori.

 

Bugungi kunda Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti quyidagi korxona va tashkilotlar bilan innovatsion-korporativ hamkorlikni amalga oshirmoqda:

“Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi;

O‘zbektelekom” AK;

“UNICON.UZ” DUK;

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi.

 

Bugungi kunda Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti quyidagi chet el universitetlari bilan hamkrlik qilib kelmoqda:

Ural davlat iqtisodiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi);

Kemyong Universiteti (Janubiy Koreya);

G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti;

Toshkent shaxridagi Inxa universiteti.

 

2017/2018 o‘quv yilida “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakulteti bitiruvchilari to‘g‘risida
MA’LUMOT

Bitiruvchilar haqida ma’limotlar bazasi

 

Aloqa va manzil

Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy, 5-o‘quv binosi, Toshkent, 100003.

Tel.: (0 371) 239-28-55, e-mail.: a.sobirov@tsue.uz

Ulashish: