Last updated on 2020.12.28 at 18:38
![]() |
Fakultet dekani: | i.f.n. PhD Амirov Lochinbek Fayzullaevich |
Qabul vaqti: | Dushanba-Shаnbа 1400 – 1700 | |
Telefon: | (0371) 239-28-27 | |
E-mail: | ||
![]() |
Dekan muovini: | i.f.n. dotsent. Shoyusupova Nargiza Turg’unovna |
Qabul vaqti: | Dushanba-Shаnbа 1400 – 1700 | |
Telefon: | (0371) 239-28-27 | |
E-mail: | nargiza_69@mail.ru | |
![]() |
Dekan muovini: | Rahimov Hasanboy Shukurjonovich |
Qabul vaqti: | Dushanba-Shаnbа 1400 – 1700 | |
Telefon: | (0371) 239-28-27 | |
E-mail: | hasanboyrahimov1990@gmail.com | |
![]() |
Dekan muovini: | Hursandov Komiljon Mahmatqulovich |
Qabul vaqti: | Dushanba-Shаnbа 1400 – 1700 | |
Telefon: | (0371) 239-28-27 | |
E-mail: | komiljonXursandov1987@gmail.com | |
![]() |
Dekan muovini: | i.f.n. PhD Маmаtov Маmаjon Аhmadjonovich |
Qabul vaqti: | Dushanba-Shаnbа 1400 – 1700 | |
Telefon: | (0371) 239-28-27 | |
E-mail: | mamatovahmadjon@rambler.ru |

Taqrmoqlar iqtisodiyoti
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish
Inson resurslarini boshqarish
O‘zbek tili va adabiyot
• 5232300 – Mintaqaviy iqtisodiyot
• 5231600 – Inson resurslarini boshqarish
• 5231700 – Kadrlar menejmenti
Respublikamiz milliy iqtisodiyotining rivojlanishida iqtisodiyot tarmoqlari barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko`rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. 1952 yilda 50 ta oliy ma’lumotli mutaxassis tayorlanib, shu yili mazkur soha bo’yicha iqtisodchi mutaxassislarga talab ortganligi inobatga olib “Iqtisodiy rejalashtirish” fakulteti tashkil tilgan edi. Xozirgi kunda fakultet “Iqtisodiyot” nomi bilan ish yuritilib kelmoqda. Hozirgi kunda fakultetda 1416 ta talaba tahsil olmoqda.
Talabalarga tahsil berish uchun fakultetda universitetning 55 dan ortiq professor-o`qituvchilari xizmat ko`rsatmoqda. Bugungi kunda fakultet tasarrufida 5 ta kafedralar faoliyat yuritmaqda:
- Fundamental iqtisodiyot
- Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish
- Tarmoqlar iqtisodiyoti
- Inson resurslarini boshqarish
- O’zbek tili va adabiyot
Fakultetda o`quv-uslubiy ishlar universitet, kafedralar va o`qituvchilarining shaxsiy o`quv rejalariga muvofiq olib boriladi. Barcha o`quv-uslubiy ishlar o`quv jarayonini normal va sifatli ta`minlash, mashg`ulotlarni barcha tur va shakllarining ilmiy-nazariy va uslubiy darajasini oshirishga qaratilmoda. Kafedralarda o`quv-uslubiy qo`llanmalar, darslik va boshqa uslubiy qo`llanmalar tayyorlashga ham katta e`tibor berilmoqda. Tayyorlanayotgan darslik, o`quv qo`llanmala, ma`ruza matnlarida O`zbekiston Respublikasining mustaqilligiga, milliy mafkurasiga va iqtisodiyotni barqarorlashtirish va modernizatsiyalashga doir siyosiy hamda g`oyaviy jihatlar o`z ifodasini topgan. Yangi tayyorlangan o`quv qo`llanmalar, darslik va dasturlarda Milliy dastur va “Kadrlar tayyorlash to`g`risida”gi qonun talablari, mustaqil O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy hayotiga oid bo`lgan muammolar, ularning echimlari kabi masalalarga keng e`tibor berilgan hamda hisobot ma`lumotlari tahlil qilingan.
Yangi o`quv rejasi talabalarning ko`proq individual va mustaqil ishlarga soatlar ajratishni taqazo qilishi tufayli kafedra jamoasi amaliy mustaqil ishlarni to`g`ri tashkil qilish maqsadida bu ishlarni rejalarini tuzish bilan birga ularni amalga oshirish uchun uslubiy qo`llanmalar tayyorlanmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardan mashg`ulotlar ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilmoqda. Mashg`ulotlarda keys texnologiyasidan keng foydalanish yo`lga qo`yilgan.
Fakultetda ta`limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasiga alohida e`tibor qaratilmoda. Fakultet ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bitiruv malakaviy ishlarining 45 foizdan ortig`i amaliyot korxonlari buyurtmalari asosida bajarilib, ularda berilgan taklif va tavsiyalar dalolatnomalar asosida amaliyotga tadbiq etish uchun qabul ilingan.
Talabalar malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti asosan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Tashqi itisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi, O`zbekiston Respublikasi iqtisodoyot vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Milliy bank hamda ko`plab tijorat banklari va bir qator qo`shma korxonalarda o`tkazib kelinadi.
- Ma`naviy va g`oyaviy barkamol, ijtimoiy faol mutaxassislarni tayyorlash, ularda milliy g`urur, vatanparvarlik va milliy manfaatlar uchun kurash ruhiyatini shakllantirish va ravnaq toptirish;
- Xalqaro terorizm, diniy va siyosiy ekstremizm, giyoxvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
- Jamiyatdagi salbiy illatlar, ya`ni adolatsizlikka, ko`zbo`qyamachilikka, poraxo`qrlikka, tanish – bilishchilikka, mahalliychilikka va boshqa shu kabi salbiy oqibatlarga qarshi kurash;
- Talaba yoshlar manfaatini himoya qilish, o`qish, ilm bilan shug`ullanish, sog`lom yashash uchun qulay sharoitlar yaratish;
- Milliy va diniy qadriyatlarni hurmat qilish va e`zozlash, uzoq o`tmishdan davom etib kelayotgan “Ustoz-shogird” milliy an`analarini ta`lim tizimida keng joriy etish va rivojlantirish;
- Ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, kasbga bo`lgan hurmat va ijtimoiy ma`sullik hissini fakultet professor-o`qituvchilari va talaba yoshlari orasida keng tarib etish va rivojlantirish;
- Talabalar ijtimoiy-siyosiy va xuquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanidiy va tahliliy fikrlashni kuchaytirish.
Fakultet kafedralari professor – o`qituvchilari ilmiy saloxiyatini oshirishga doimiy etibor qaratilgan bo`lib. Hozirda, fakultet tarkibidagida kafedralarda 21 ta katta ilmiy hodim – izlanuvchilar va 20 dan ortiq mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari doirasida ilmiy ish olib bormoqda. 2020-2021 yilda 10 ortiq fakultet tarkibidagi kafedra o`qituvchilari va tadqiqotchilari doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishni rejalashtirilgan.
Shuningdek, fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash va ularni izlanishlari hamda bilimlarini oshirish maqsadida fakultet qoshida “Kelajak iqtisodchisi”, “Iqtisodiy tafakkur”, “HR-Menejerlar”, “Yosh iqtisodchi”, “Golos ekonomista”, to`garaklar tashkil etilgan. Buning samarasi natijasida ko`plab talabalar respublika va universitet miqyosidagi turli ko`rik-tanlovlarda ishtirok etib, munosib taqdirlanib kelishmoqda.
- Darslarni vaziyatli masala va topshiriqlar bilan boyitish;
- Dars mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalar, interaktiv, tanqidiy fikrlash usullaridan keng foydalanish;
- Ma`ruza matnlarini avvaldan tarqatib, talabalarni mashg`ulotga tayyorlanib kelishiga erishish va ularning mavzuni o`zlashtirish darajasini tahlil qilib borish;
- Dars mashg`ulotlarini munozara ko`rinishida o`tkazish;
- Pedagogik texnologiyalar;
- Keys texnologiyalar;
- Elektron va virtual kutubxonadan foydalanish;
- Elektron pochtadan foydalanish;
- Videoma`ruzalar yaratish va videokonferentsiyalar o`qtkazish;
- Global internet tizimidan foydalanish.
Jumladan, fakultet kafedralarining professor-o`qituvchilari tomonidan kasb-hunar kollejlari talabalari uchun darslik, o`quv qo`llanma va o`quv uslubiy majmualar yaratilmoqda. Ular tomonidan kasb-hunar kollejlari o`qituvchilariga mashg`ulotlarni ilg`or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib borish bo`yicha seminar-treninglar muntazam ravishda o`tkazilmoqda. Fakultet kafedralarining kasb-hunar kollejlarida filiallari tashkil etilgan.
Kollej va akademik litsey o`quvchilarining kelgusidagi qiziqishlarini inobatga olib, fakultet professor-o`qituvchilari tomonidan dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy ma`ruzalar tashkil qilish yo`lga qo`yilmoqda.
- Saint Petersburg State University Of Economics.
- Natsionalniy isledovatelskiy yaderniy Universitet «МIFI».
- Sankt-peterburgskiy Politehnicheskiy Universitet Petra Velikogo.
- Uralskiy Gosudarstvenniy ekonomicheskiy Universitet.
- Aristotle University Of Thessaloniki.
- University of Bath.
- Universiti Teknologi MARA