![]() |
Bo‘lim boshlig‘i: | Yakubov Shohruh Akmaljon o‘g‘li |
Qabul vaqti: | 1000 – 1300 | |
Telefon: | (+99871) 239-28-64 | |
E-mail: | sh.yakubov@tsue.uz | |
Veb-sayt: | tsue.uz | |
Manzil: | Ma’muriyat binosi, 3-qavat |
Reja-moliya bo‘limi xodimlari:
№ | Rasm | F.I.Sh. | Lavozimi | E-mail | Telefon |
1 | ![]() |
Gayupova Gulchehra Nuritdinovna |
1-toifali iqtisodchi | blrm@tsue.uz (+998) 71 239-28-64 |
Reja-moliya bo‘limining funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:
Byudjet, byudjetdan tashqari, maxsus mablag‘lar bo‘yicha yil boshida joriy yil uchun tayyorlangan universitet shtatlar jadvallarini universitet rektoriga tasdiqlatib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdig‘idan o‘tkazish
Byudjet, byudjetdan tashqari, maxsus mablag‘lar bo‘yicha yillik smetalarini o‘z vaqtida tayyorlab, universitet rektoriga tasdiqlatib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdig‘idan o‘tkazish
Universitet hududidagi bo‘sh joylarni ijaraga berish bo‘yicha ijarachilar bilan yil boshida shartnoma tuzilishi, ijara va kommunal to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish
Kafedralar bo‘yicha tasdiqlangan yuklamalardan kelib chiqqan holda normativga asosan shtat sonini belgilab, shtatlarga professor-o‘qituvchilar rasmiylashtirilishini monitoring qilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan oylik maoshlar oshirilganda, universitet xodim va professor-o‘qituvchilar oylik maoshlarini qayta hisoblab, buyruq asosida doimiy tasdiqdan o‘tkazish
Servis va xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha har oyning oxirida vazirlikka hisobot berish
Talabalar to‘g‘risidagi universitet rektori buyruqlarini doimiy ravishda qayd qilib borish
Talabalar kontingenti harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jadvallarga asosan to‘ldirib, tegishli bo‘limlarga yetkazib berish
Har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha universitet buxgalteriyasiga talabalar kontingenti bo‘yicha hisobotni taqdim etish
Yilning 5 noyabr sanasigacha shahar statistika boshqarmasiga statistik hisobotning 4-ta’lim shaklini topshirish; Xodimlar va professor-o‘qituvchilar bo‘yicha ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlarni o‘z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini yuritish
Har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha universitet buxgalteriyasiga xodimlar va professor–o‘qituvchilar keldi-ketdisi (stavka) bo‘yicha hisobotni taqdim etish
Shahar statistika boshqarmasiga chorak, yillik hisobotning 1-T (mehnat) shaklini topshirish
Shahar statistika boshqarmasiga boshqaruv xodimlari to‘g‘risidagi hisobotlarning 1-UP shaklini har chorakdan keyingi oyning 3-sanasigacha topshirish
Universitetning 19-sonli yosh ilmiy tadqiqodchilar yotoqxonasida istiqomat qiluvchilarning kommunal to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitobini amalga oshirish va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan monitoring olib borish
Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarning bo‘limga tegishli bandlariga doimiy javob berish