Tashrif samarali o‘tmoqda

 

Xabaringiz bor, 2018 yil 5 iyunda “Oliy ta’lim mauassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilingan edi. Unda Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan dolzarb vazifalar belgilab berilgan.

     

Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasalari, akademik markazlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Bu jarayon yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or ilmiy va pedagogik tajribasini o‘rganish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi tashkil etish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda namoyon bo‘lmoqda.

   

Ta’lim dargohimizning G.V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasi asosida Mehnat iktisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi mudiri Gulnora Abdurahmanova mazkur universitetga 18-26 dekabr kunlari taklif asosida tashrif buyurdi.

   

Tashrif doirasida universitetimiz professori «Организационно-управленческие и социокультурные инновации в развитии цифровой экономики и систем электронного образования» nomli ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etib, «Система высшего образования Узбекистана в условиях цифровой экономики» mavzusida ma’ruza qildi.

   

Shu bilan birgalikda, Rossiya iqtisodiyot universitetining Tomson innovatsion dasturi laboratoriyasi o‘rnatilgan auditoriyada Tashkiliy boshqaruv menejmenti ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga ma’ruza mashg‘ulotlari olib borildi. L.I Abalkin nomidagi ilmiy-axborot kutubxona markazida ilmiy va o‘quv adabiyotlari, elektron kitoblar bazasidan foydalanib, uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

   

Mazkur safar doirasida Rossiya iqtisodiyot universiteti vakillari tomonidan Moskvaning turli diqqatga sazovor tarixiy va madaniy yodgorliklariga tur tashkil etildi. Xususan, xalqimizning buyuk mutafakkiri Alisher Navoiy hamda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov yodgorlik majmuasiga tashrif juda mazmunli o‘tdi.

   

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Gulnora Qalandarova Rossiya iqtisodiyot universiteti tomonidan Tashakurnoma bilan taqdirlandi.

   

Gulnora Qalandarova biz bilan suhbatda quyidagilarni ma’lum qildi:

— Mazkur amaliy tashrif samarali va foydali bo‘ldi, deb hisoblayman. Universitetlarimiz o‘rtasida innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish har ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi.

 

Izohlar
Izoh qoldirish