Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Mehnat faoliyatini 2009-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi sifatida boshlagan. 2012 yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

2012-2018 yillar turli davrlarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dosenti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Moliya kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan.

2020 yil 3 sentyabrdan buyon Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro biznesni boshqarish kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bordi. 2020 yil 17 noyabrdan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

D.Raxmonov pedagogik faoliyati davomida “Davlat moliyasini boshqarish”, “Makroiqtisodiyot”, “Investisiyalarni boshqarish” va “Xalqaro moliya munosabatlari” fanlaridan ma’ruzalar olib borgan. TDIU va Krems AFU qo‘shma dasturi negizida tashkil etilgan “Xalqaro biznesni boshqarish” kafedrasi professori hisoblanadi.

The National Institute for Entrepreneurship and Small Business Developmentda (Hindiston, 2014y.), Vageningen universiteti (Wageningen University) (Niderlandiya, 2015-2017 yy.), Anadolu agentligida “Iqtisodiyot-moliya jurnalistikasi” (Economy-Finance Journalism training) yo‘nalishida (Turkiya, 2018), Latviyaning Oliy Bank maktabida (Latviya, 2019 y.) malaka oshirgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli ilmiy kengash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi DSc.20/13.05.2020.1.23/01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminar a’zosi hisoblanadi.

D.Raxmonov ilmiy rahbarligida ikki nafar PhD tayyorlangan. Bir nechta tadqiqotchilarning dissertasiyalariga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

Applied Economics and Finance (ISSN 2332-7294; E-ISSN 2332-7308) – xalqaro ilmiy elektron jurnalda tahririyat kengashi a’zosi.