Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2021 yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ga tanlov asosida qabul e’lon qiladi.
№ | Ixtisoslik shifri va nomi | Tayanch doktorantura (PhD) | Doktorantura (DSc) |
1. | 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi | 1 | 0 |
2. | 08.00.02 – Makroiqtisodiyot | 1 | 0 |
3. | 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti | 2 | 0 |
4. | 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti | 1 | 1 |
5. | 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti | 1 | 0 |
6. | 08.00.06 – Ekonometrika va statistika | 2 | 0 |
7. | 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit | 4 | 1 |
8. | 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit | 2 | 0 |
9. | 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti | 1 | 0 |
10. | 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti | 1 | 1 |
11. | 08.00.11 – Marketing | 4 | 1 |
12. | 08.00.12 – Mintaqa iqtisodiyoti | 1 | 0 |
13. | 08.00.13 – Menejment | 4 | 1 |
14. | 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari | 2 | 0 |
15. | 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti | 1 | 0 |
16. | 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa | 1 | 0 |
17. | 13.00.12 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi | 1 | 0 |
JAMI | 30 | 5 |
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tayanch doktorantura (PhD)ga kirish uchun talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
- Universitet rektori nomiga ariza;
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma / Obyektivka (elektron varianti bilan);
- Pasport nusxasi (JPG formatida elektron varianti bilan) va 4 ta (3,5×4,5) rasm;
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- Oliy ta’lim muassasasi bakalavr va magistraturasi diplomlari nusxasi (ilovalari bilan);
- Ilmiy maslahatchining rozilik xati (xatda dissertasiya ishining mavzusi va ixtisoslik shifri ko’rsatilishi, ilmiy maslahatchi boshqa muassasadan bo‘lsa imzo muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim);
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari (tayanch doktoranturaga kirish uchun talabgorlarda tanlangan dissertasiya mavzusi bo‘yicha kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 tezis bo’lishi hamda ilmiy ishlar ro‘yxati ilmiy kotib tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak). Shuningdek, quyidagi hujjatlar mavjud bo’lsa, taqdim qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblarining tegishli hujjat nusxasi; – Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari, xususan IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) sertifikatlari.
- O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligining http://phd.mininnovation.uz/ – saytiga ma’lumotlarni joylashtirish.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga doktorantura (DSc)ga kirish uchun talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati
- Universitet rektori nomiga ariza
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma / Obyektivka (elektron varianti bilan)
- Pasport nusxasi (JPG formatida elektron varianti bilan) va 4 ta (3,5×4,5) rasm
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi.
- Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan doktorlik dissertasiyasi rejasining mufassal loyihasi
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (doktoranturaga kirish uchun talabgorlarda tanlangan dissertasiya mavzusi bo’yicha kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 tezis bo‘lishi hamda ilmiy ishlar ro‘yxati ilmiy kotib tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim)