Hasan Mamasaidov biznesni nimadan boshlash kerakligini ma’lum qildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish rejasiga muvofiq, Xalqaro turizm fakulteti va Marketing kafedrasi tomonidan “Biznesni nimadan boshlash kerak?” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu mahorat darsida moderator sifatida “M faktor” loyihasi asoschisi Hasan Mamasaidov ishtirok etdi. Unda professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mansur Eshov kirish so‘zi bilan ochib, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun real sektor korxonalari vakillari bilan o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy seminarlar, uchrashuvlar va mahorat darslari qizg‘in, munozaralarga boy bo‘layotganligini, korxona mutaxassislari o‘zlarining qimmatli bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishi davomida talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga hamda kelgusida ularning biznes va tadbirkorlik faoliyati uchun zamin yaratayotishga hissa qo‘shayotganligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, “Office market”, “Dekos” kompaniyalari hamda “M faktor” loyihasi asoschisi Hasan Mamasaidov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi. Biznesni muvaffaqiyatli yuritish borasidagi o‘z hayotiy tajribasidan kelib chiqqan holda nuqtai nazarini bildirib o‘tdi.

Ma’ruza yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Mahorat darsi yakunida Hasan Mamasaidovga bugungi ishtirok uchun minnatdorchilik bildirilib, “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirilhdi.

                         

Izohlar
Izoh qoldirish