Finlandiya-O’zbekiston xalqaro qo’shma ta’lim dasturiga arizalar qabul qilinadi (2021)

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti  va Finlyandiyaning Turku amaliy fanlar universitetining hamkorlikdagi xalqaro qo’shma ta’lim dasturiga 2021-yil 15-fevraliga qadar arizalar qabuli davom etadi.

Dastur haqida

Ushbu qoʻshma dasturda talabalar 1+3 shaklida taʼlim oladilar hamda Finlyandiya kompaniyalariga ishga qabul qilinadilar. Yaʼni, dastur ishtirokchilari dastlabki 1 yil Oʻzbekistonda va keyingi 3 yil Finlyandiyada taʼlim oladilar. Shuningdek, talabalar Finlyandiyaning AKT kompaniyalari, startaplarida amaliyot oʻtashadi va ishga qabul qilinadi. Mazkur loyiha Yevropaning eng yirik innovator tadbirkori hisoblangan Piter Vasterbaka (Peter Vesterbacka)ning yetakchiligida amalga oshirilmoqda hamda dastur innovatsion yondashuvlari asosida tashkil etiladi. Qoʻshma taʼlim dasturi bakalavriat bosqichida 2021-yil yanvar oyidan “Axborot texnologiyalari va tadbirkolik” hamda 2021-yil sentabr oyidan “Biznes axborot texnologiyalari va tadbirkorlik” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalarni oʻqishga qabul qiladi.

Bizning dasturda o’qish imkoniyati berilgan eng omadli talabalardan biri bo’lishga shoshiling.

Agar siz dasturimizga qiziqqan va hujjatlaringizni topshirmoqchi bo’lsangiz, quyidagi havolada keltirilgan ariza shakli orqali ma’lumotlarni to’ldiring:

(https://form.jotform.com/203572556481459)

– Pasport

– Diplom va ilova

– Talabalar ingliz tilida suhbat orqali qabul qilinadi (Sertifikat talab etilmaydi)

☎️ Qo’shimcha ma’lumot uchun:

Веб-сайт: http://tsue.uz/uz/tuzilma/tuas-tdiu-qoshma-talim-dasturi/

Телефон: 91-223-12–11

Е-mail: tuas@tsue.uz

Izohlar
Izoh qoldirish