O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar, tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son, 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3365-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi 24-son qarori ijrosini ta’minldash, shuningdek, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish va xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan xalqaro va respublika ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-texnik tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Ingliz tili” va “Jahon tillari” kafedralari tomonidan 2018-yil 27-aprel kuni “Nofilologik oliy o‘quv yurtlarida tillarni o‘qitish: muammo va ularni yechimini topish yo‘llari” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Anjuman ishida tillar va tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, soha mutaxassislari o‘z maqola tezislari bilan ishtirok etishlari belgilangan. Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi va sho‘ba majlislari o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
1-sho‘ba: Tillarni o‘qitishda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish;
2-sho‘ba: Tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish va kasbiy kompetensiyani shakllantirish uslublari;
3-sho‘ba: Tillarni o‘qitishda CEFR asosida yondashish
4-sho‘ba: Nofilologik oliy o‘quv yurtlari uchun chet tillaridan zamonaviy darsliklar yaratish.
Tezislarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
Tezis quyidagi talablarga javob berishi lozim:
3-5 bet hajmda, 1,5 intervalda, (chapdan 2,0 sm, yuqoridan 2,0 sm, quyidan 2,0 sm, o‘ngdan 1,5 sm) kompyuterning Microsoft Word muharriri, Times New Roman dasturida 14 o‘lchamli shriftda yozilishi; sarlavhalar saxifaning o‘ng tomonidan 3 intervaldan so‘ng muallifning ismi va familiyasi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi va ish joyi (korxona, bo‘lim, kafedra nomi) keltiriladi. Tezisda o‘zlari keltirgan manbalarga havolalar (snoska) ko‘rsatilishi shart.
Konferensiya tezislari alohida to‘plam shaklida nashr qilinishi rejalashtirilgan. Tezis mazmuni va unda keltirilgan ma’lumotlar uchun shaxsan muallif mas’ul hisoblanadi. Anjuman tili: o‘zbek, ingliz, nemis, franuz va rus tillari.
Tezislar 2018 yilning 15 aprelga qadar qog‘oz va elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga topshirilishi so‘raladi.
Tanlovdan o‘tgan tezislar to‘lov asosida nashr etiladi (tezisning bir sahifasi 12 ming so‘mni tashkil etadi).
Yuqoridagi talablarga javob bermagan va ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan tezislar to‘plamga kiritilmaydi.
Tashkiliy ko‘mita manzili:
100003, Tashkent sh., TDIU, I. Karimov ko‘chasi 49 uy, 1-bino, 308 xona, 5-bino, 207 xona. Telefonlar: (+99871) 239-28-46; +99871 239-28-21;
E-mail: Kuzikulova85@mail.ru, malika.kamalova.71@mail.ru va telegramm raqami: +99897 434-77-74.