YANGILIKLAR

Kalit so'z: grant

YUNESKO tashkiloti Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda YUNESKO / Keyzo Obuchi nomli grant tanlovini e’lon qiladi. Ushbu grant Yaponiya sobiq Bosh vaziri Keyzo Obuchi xotirasiga bag‘ishlab ta’sis etilgan.

Mazkur tanlovda magistr yoki undan yuqori ilmiy unvonga ega bo‘lgan, 40 yoshdan oshmagan, ilmiy muassasada tadqiqot olib borayotgan, ingliz tilini mukammal biladigan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda quyidagi mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boriladi:

– “Atrof-muhit (tabiiy talofatlar tasirini kamaytirishga bag‘ishlangan tadqiqotlar)”;

– “Madaniyatlararo muloqot”;

– “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari”;

– “Mojarolarni tinchlik yo‘li orqali hal etish”.

Ilmiy tadqiqot olib borish muddati: 2020 yil iyun – 2020 yil fevral oyi oralig‘ida kami bilan – 3 oy, eng ko‘p muddat – 9 oy davom etadi.

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar tegishli ma’lumotlarni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga 2019-yil 4-sentabrgacha yetkazishi zarur.

Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi 49. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ma’muriy binosining 11-qavat 1-xonasi.

Telefon: 0 371 239-28-19