Sirtqi bo‘lim

  1. Bo‘lim nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Sirtqi bo‘limi
  2. Bo‘lim boshlig‘i: Amirov Lochinbek Fayzullaevich,

Qabul vaqtlari: Har kuni 14:00 dan 17:00 gacha

Bo‘lim manzili: Toshkent shahar Chilonzor tumani Islom Karimov shox ko‘chasi 49-uy, 2-bino 3-qavat, 311-xona

Telefon: 71-239-28-36

Faks: 71-239-28-36

Bo‘limning elektron pochtasi   

  1. Bo‘lim haqida umumiy ma’lumot: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida to‘g‘risida” gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” gi 930-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2017 yil 30 dekabrdagi “Universitetda Sirtqi bo‘limni tashkil etish” to‘g‘risidagi 672- sonli bo‘yrug‘i bilan tashkil etilgan.
  2. Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari: bo‘limning asosiy maqsadi iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari uchun amaliyotga tayangan holda yuqori malakali, xalqaro va respublikamiz mehnat bozorida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni yangi qarashlar bilan yecha oladigan va tahlil qila oladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat. Bo‘limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

sirtqi ta’lim jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilishini ta’minlash:

sirtqi ta’lim shaklida iste’molchilarning talablariga javob beradigan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va xalqaro ta’lim standartlariga mos keluvchi ta’lim sifatini ta’minlash;

sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etadigan normativ-metodik ta’minotni takomillashtirish;

bo‘limni universitetning boshqa tuzilmalari bilan hamkorlik aloqalarini olib borish va rivojlantirish;

fan, ta’lim va bozor munosabatlari talablarini o‘rgangan holda sirtqi ta’lim shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish va o‘qitishning ilg‘or texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or ta’lim dastur va texnologiyalarini joriy etish va boshqalar.

  1. Bo‘limning sirtqi shaklidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: O‘qish muddati: 5 (besh) yil.

5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230400-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230700-Bank ishi

5230800-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

  1. Bo‘limning ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shakli bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari: O‘qish muddati: 3 (uch) yil.

5111017- Kasb ta’limi: iqtisodiyot

5230100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230200- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230400- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230700- Bank ishi

5230800- Soliqlar va soliqqa tortish

5230900- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

5231100- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (hududlar va faoliyat turlari bo‘yicha)

5231400- Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5231600- Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi

5231700- Kadrlar menejmenti

5231900- Korporativ boshqaruv

5330200- Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5610101- Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil etish va boshqarish)

5610200- Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

 

 

Ulashish: