Tahririy nashriyot bo‘limi

 

TAHRIRIY-NASHRIYOT BO’LIMI HAQIDA

MA’LUMOT

 

Vaxabova Marfua Mirkamolovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Tahririy-nashriyot bo’limi boshlig’i
Qabul vaqti – 10.00-18.00 gacha
marfua.vakhabova@mail.ru.
Telefon: 239-28-69

Tahririy-nashriyot bo’limida 4 nafar muharrir, 1 nafar texnik muharrir va 1 nafar musahhih faoliyat yuritadi. Bo’lim  faoliyatining maqsadi – iqtisodiyotning turli sohalari bo’yicha o’quv va ilmiy adabiyotlarni zamonaviy talablar asosida sifatli tayyorlash va nashr etish.

Tahririy-nashriyotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiy ta’lim yo’nalish va mutaxassisliklari bo’yicha o’quv, o’quv-uslubiy qo’llanmalarlarni chop etib, professor-o’qituvchi, talaba va ilmiy xodimlarga yetkazish hamda oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalariga taalluqli turli adabiyot va hujjatlarni nashrga tayyorlash va chop etish;
  • ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar va boshqa shakldagi ilmiy muloqot, bahs materiallarini nashr etish.

Tahririy-nashriyot bo’limi o’z faoliyatidagi noshirlik yo’nalishi, mavzular, nusxa va mualliflarni belgilashda universitet ilmiy kengashi qarorlari asosida kerakli bo’linmalar bilan kelishilgan holda ish yuritadi.

Tahririy-nashriyot bo’limi o’z professional mustaqilligi sharoitida nashriyotning konsepsiyasi va asosiy yo’nalishlari faoliyatini amalga oshiradi.

Tahririy-nashriyot bo’limi o’z nizomiga amal qiladi. Bo’limning istiqboli va moliyaviy harakatiga doir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan chiqarilgan barcha qarorlarni bajaradi. Mualliflik huquqiga amal qiladi. Noshirlik mahsulotlarining yuksak saviyada bo’lishini ta’minlaydi.

Tahririy-nashriyot bo’limi xodimlarining saviyasini yaxshilash yo’lida doimo harakatda bo’ladi, xodimlarning kasb mahoratini oshirib borishi, ahillik va inoqlikda ishlashlari uchun doimo g’amxo’rlik qiladi, shuningdek, bo’limning yanada salmoqli bo’lishi va har tomonlama rivojlanib borishiga alohida e’tibor beradi va mualliflar bilan ishlashda innovasion yondashuvni qo’llaydi.

Share: