Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik xodimlarni tayyorlash bo‘limi

Bo‘limning asosiy vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’grisida”gi PF-4958-son farmoni hamda O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi hujjatlarga muvofiq falsafa (Doctor of Philosohy, PhD), fan doktori (Doctor of  Science, DSc) ilmiy darajasini berish bo’yicha ishni tashkil etish;

O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda ish olib borish;

O’zbekistan Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va boshqa oliy o’quv yurtlarining tegishli bo’limlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarii o’rnatilishini tashkil etish, axborotlar almashib turilishini ta’minlash;

kafedralarning ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada faollashtirish, ularning me’yoriy-uslubiy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish orqali ilmiy ishlanmalar ko’lamini kengaytirish va iqtisodiy samarasini mustahkamlashga ko’maklashish;

universitetning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish;

universitet va uning tarkibiy bo’linmalari hisoblangan fakul’tetlar va kafedralarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtirish;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-son qaroriga muvofiq kafedralarda vazirlik, qo’mita, tashkilot va ishlab chiqarish korxonalari bilan fan, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi innovasion-korporativ hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;

kafedra professor-o’qituvchilarini davlat ilmiy texnika dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarda ishtirok etishlarini muntazam ravishda ta’minlash;

universitet fakul’tetlari va kafedralarining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini tasdiqlash va uning bajarilishini muntazam monitoring qilib borish;

har bir ilmiy tadqiqotchi miqyosida ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni ruyxatga olib borilishini ta’minlash;

universitetda ilmiy ishlarning holati va salohiyati, uning rivojlanishi yo’nalishlarini tavsiflovchi ma’lumotlar monitoringini tashkil qilish;

har bir kafedra va har bir ilmiy tadqiqot bo’yicha ilmiy tadqiqotlar samarasini reyting usulida aniqlab borilishini ta’minlash;

universitet, fakul’tet va kafedralarning ilmiy ishlanmalari ko’rgazmasini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;

ilmiy seminarlar, konferensiya va simpoziumlar o’tkazish rejasini tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash;

ilmiy xodimlarning ilmiy hamda o’quv-uslubiy imkoniyatlardan to’la va samarali foydalanish maqsadida ularga zarur bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy va texnik shart-sharoitlarni yaratish;

ilmiy nashrlar bazasini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni adabiyotlar, statistik ma’lumotlar bilan ta’minlashning barqaror tizimini shakllantirib borish;

eng yaxshi ilmiy-tadqiqot ishlari uchun moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, maxsus mukofotlarni ta’sis etish;

kelishilgan erkin narxlar bilan ilmiy tadqiqot ishlari va xizmatlarning sotilishini tashkillashtirish;

talabalar orasidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Davlat stipendiyasi, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Zulfiya, Islom Karimov nomidagi va boshqa nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish;

universitet fakul’tetlari va kafedralarida ilmiy to’garaklarning ish rejalarini tasdiqlash va faoliyatini tashkil etish va uning faoliyatini bevosita muvofiqlashtirish va monitoringi olib borish;

Iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatiga, xo’jalik shartnomasi asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va ularni faolitini monitoring kilib borish;

universitet professor-o’kituvchilarining shaxsiy ish rejasida belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini bajarilishini nazorat qilib borish va monitoringini yuritish;

universitet professor-o’qituvchilarini, tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilarni fundamental, amaliy, innovasion va yosh olimlarning ilmiy loyihalari tanloviga hamda xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va ularning faoliyatini monitoring kilib borish;

universitetda tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilar qabulini tashkil etish, hujjatlar qabulini olib borish, qabul imtihonlarini o’tkazilishini tashkil etish;

tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilib borish;

xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro va xorijiy universitet, tadqiqot markazlari va institutlari bilan hamkorlikda amalga xorijiy ilmiy-tadqiqot, maslahat va o’quv markazlari bilan ilmiy va amaliy aloqalarni o’rnatish, rivojlantirish va mustahkamlash, ular bilan hamkorlik bo’yicha shartnomalarni tuzish;

universitet Kengashi tomonidan istiqbolli muddatga tasdiqlangan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish Dasturiga binoan ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish hamda alohida mavzular bo’yicha tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish va ularda bevosita ishtirok etish;

universitetning o’quv va ilmiy faoliyatida tadqiqotchilarning dissertasiya ishlaridagi ilmiy yangiliklarini joriy kilinishini ta’minlash, natijalardan foydalanilganligi to’g’risidagi dalolatnoma ma’lumotnomalarlarni tayyorlash;

bo’limni yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan to’gri foydalanish, topshirilgan ish uchun mas’uliyatini oshirish choralarini ko’rish;

bo’limni universitetning boshqa tarkibiy bo’linmalari bilan o’zaro hamkorlikda ishlashini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

universitetning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga oid boshqa vazifalarni bajarish.

fakul’tet va kafedralarni keng jalb etgan holda fundamental, amaliy, innovasion va yoshlar ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha dasturlar tuzish va joriy rejalarni bajarish;

fakul’tet va kafedralarda ichki imkoniyatlardan kelib chiqib ilmiy tadqiqot ishlarini samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqot natijalari statistikasini yuritish; universitet fakul’tetlari va kafedralarida ilmiy seminarlar, konferensiya va simpoziumlar o’tkazish rejalarini tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash;

universitet professor-o’qituvchilarini, tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilarni fundamental, amaliy, innovasion va yosh olimlarning ilmiy loyihalari tanloviga jalb etish, tanlovlar uchun hujjatlarni tayyorlash bo’yicha maslahatlar tashkil etish va ko’maklashish;

kafedralarda ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy seminarlar olib borish uchun xo’jalik shartnomalarini tuzish va ularni rasmiylashtirish bo’yicha maslahatlar berish hamda ko’maklashish.

Share: