Marketing bo‘limi

    Bo‘lim boshlig‘i: Safarov Baxtiyor Djuraqulovich
  Qabul vaqti: Dushanba – Juma 0900 – 1700

Shanba 0900 – 1500

  Telefon raqami: (0 371) 239-28-77
  E-mail: Marketing_tsue@mail.ru
    Yosh mutaxassislar bilan ishlash bo‘yicha muhandis: Husanov O‘ktam Xurramovich
  Qabul vaqti: Dushanba – Juma 0900 – 1700

Shanba 0900 – 1500

  Telefon raqami: (0 371) 239-28-77
  E-mail: U-xusanov@mail.ru

Marketing bo‘limining funksional vazifalari

1. Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirish orqali bitiruvchilar kasbiy bilimlarining ish beruvchilar talablariga muvofiqligini o‘rganish.

2. Mehnat bozorida kadrlarga talab va taklif nisbatini e’tiborga olgan hoda ta’lim xizmatlari iste’molchilarining ehtiyojlari va imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish.

3. Bitiruvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish.

4. Respublika va tegishli hududlar iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni ochish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

5. Ish beruvchilarning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga ehtiyojlarini hisobga olgan kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.

6. Bitiruvchilarning ishga joylashishlari bo‘yicha monitoring olib borish va yakuniy ma’lumotlar bazasini yaratish.

7. Ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish, shuningdek, ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

8. Ommaviy axborot vositalari orqali ish beruvchilarga bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish va universitet veb-saytida joylashtirish.

9. Kadrlarga real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash hamda joylashtirish natijalari haqidagi ma’lumotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish.

10. Universitetning o‘quv, ilmiy va kadrlar salohiyatini namoyish qilish va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish.

11. Universitetda bitiruvchilar uchun “Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri va mehnat yarmarkalarini tashkil etish.

12. To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarning kontrakt-to‘lovlarini to‘lash holatini nazorat qilish.

Share: