Moliya-iqtisod bo‘limi

Moliya-iqtisod bo‘limi xodimlari to‘g‘risida
MA’LUMOT

Rasmi F.I.Sh. Lavozimi Qabul vaqti Elektron pochta manzili

Telefon raqami

1. Xodjayev Bahodir Baxtiyorovich Bo‘lim boshlig‘i har kuni soat

10:00 dan 13:00 gacha

blrm@tdiu.uz

+998 71 239-01-53

2. Gayupova Gulchehra Nuritdinovna 1-toifali iqtisodchi +998 71 239-28-64
3. Yakubov Shohruh Akmaljon o‘g‘li 1-toifali iqtisodchi akademik_shox@mail.ru

+998 71 239-28-64

 

 

Moliya-iqtisod bo‘limining vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

Byudjet, byudjetdan tashqari, maxsus mablag‘lar bo‘yicha yil boshida joriy yil uchun tayyorlangan universitet shtatlar jadvallarini universitet rektoriga tasdiqlatib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdig‘idan o‘tkazish;

Byudjet, byudjetdan tashqari, maxsus mablag‘lar bo‘yicha yillik smetalarini o‘z vaqtida tayyorlab, universitet rektoriga tasdiqlatib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdig‘idan o‘tkazish;

Universitet hududidagi bo‘sh joylarni ijaraga berish bo‘yicha ijarachilar bilan yil boshida shartnoma tuzilishi, ijara va kommunal to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;

Kafedralar bo‘yicha tasdiqlangan yuklamalardan kelib chiqqan holda normativga asosan shtat sonini belgilab, shtatlarga professor-o‘qituvchilar rasmiylashtirilishini monitoring qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan oylik maoshlar oshirilganda, universitet xodim va professor-o‘qituvchilar oylik maoshlarini qayta hisoblab, buyruq asosida doimiy tasdiqdan o‘tkazish;

Servis va xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha har oyning oxirida vazirlikka hisobot berish;

Talabalar to‘g‘risidagi universitet rektori buyruqlarini doimiy ravishda qayd qilib borish;

Talabalar kontingenti harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jadvallarga asosan to‘ldirib, tegishli bo‘limlarga yetkazib berish;

Har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha universitet buxgalteriyasiga talabalar kontingenti bo‘yicha hisobotni taqdim etish;

Yilning 5 noyabr sanasigacha shahar statistika boshqarmasiga statistik hisobotning 4-ta’lim shaklini topshirish;
Xodimlar va professor-o‘qituvchilar bo‘yicha ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlarni o‘z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini yuritish;

Har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha universitet buxgalteriyasiga xodimlar va professor–o‘qituvchilar keldi-ketdisi (stavka) bo‘yicha hisobotni taqdim etish;

Shahar statistika boshqarmasiga chorak, yillik hisobotning 1-T (mehnat) shaklini topshirish;

Shahar statistika boshqarmasiga boshqaruv xodimlari to‘g‘risidagi hisobotlarning 1-UP shaklini har chorakdan keyingi oyning 3-sanasigacha topshirish;

Yilning 15 dekabr sanasigacha shahar statistika boshqarmasiga hisobotning 1-NX shaklini topshirish;

Universitetning 19-sonli yosh ilmiy tadqiqodchilar yotoqxonasida istiqomat qiluvchilarning kommunal to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitobini amalga oshirish va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan monitoring olib borish;

Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarning bo‘limga tegishli bandlariga doimiy javob berish.

Ulashish: