Xodimlar bo‘limi

Bo‘limning asosiy vazifalari

Universitet professor-o‘qituvchilari tarkibi va boshqa xodimlarining mehnat sifati va samaradorligi maksimal bo‘lishini ta’minlash maqsadida universitet rahbariyatining samarali xodimlar siyosatini amalga oshirish, universitetning tarkibiy bo‘linmalarini talab qilingan kasb, ixtisoslik va mos keluvchi malakaga ega bo‘lgan xodimlar bilan ta’minlash, xodimlarga ehtiyojni rejalashtirish, universitet xodimlari bilan mehnat shartnomalarini, shuningdek, shaxsiy tarkib harakatini rasmiylashtirish, professor-o‘qituvchilar tarkibi va universitetning boshqa xodimlari shaxsiy va statistika hisobi, shuningdek shaxsiy ishlarini yuritish, universitet tarkibiy bo‘linmalarida xodimlar ishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish, intizomiy munosabatlarni boshqarish, universitet xodimlariga Xodimlar bo‘limi mutaxassislarining lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan masalalar bo‘yicha maslahatlar berishdan iborat.

 

  Bo‘lim boshlig‘i: Mingazova Liliya Rifkatovna
  Qabul vaqti: Dushanba — Juma 0900 – 1700

Shanba 0900 – 1500

  Telefon: (0 371) 239-01-19​
  E-mail: blxod@tdiu.uz
  Veb-sayt: www.tdiu.uz

Lavozimi vazifalari:

universitet bo‘linmalarini bo‘lim rahbarlari bilan birgalikda malakali yetuk kadrlar bilan ta’minlash;

kadrlar qo‘nimsizligi masalalarini tahlil qilish va shu masalalar yuzasidan o‘z takliflarini berib borish;

boshqa bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda kadrlar masalasiga oid hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;

universitetda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va o‘qiyotgan magistrlar va bakalavriat bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning shaxsiy delolarini saqlanishini ta’minlash;

professor-o‘qituvchilarning tanlovdan o‘tish vaqtini aniqlash va axborot tayyorlashni nazoratga olish;

universitet xodimlariga guvohnomalar va ma’lumotlar tayyorlashni tashkil etish;

oliy ta’lim vazirligi va boshqa hisobot talab qiluvchi tashkilotlarga kadrlar masalasida hisobotlar tayyorlash;

xodimlarga yuritiladigan mehnat daftarchalarini bo‘lim nazoratchilari tomonidan yurgizilishini nazorat qilib borish;

xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lavozim o‘zgarishlari bo‘yicha buyruqlarning loyihasini tayyorlash va rahbariyatga kiritilishini nazoratga olish;

oliy ta’lim vazirligidan olinadigan diplom blankalarini saqlanishi va yuritilishini nazoratga olish;

fakultet dekanlari tomonidan tayyorlanadigan buyruqlarni ro‘yxatga olinishini nazorat qilish;

oliy ta’lim vazirligidan olinadigan akademik ma’lumotnomalar blankalarini nazoratga olish;

kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda xodimlarning mehnat intizomini buzganligi tufayli ishdan bo‘shatish nazoratini yuritish;

xodimlar bo‘limida ishlovchi nazoratchilarni o‘z vazifalarini qay darajada bajarayotganliklarini kuzatib borish;

talabalar bilan ishlash bo‘limida mavjud bo‘lgan shaxsiy delolar va har bir talabaga ochilgan talabalik kartochkalarini harakatini nazoratga olish;

xodimlar bo‘limi tomonidan tayyorlanadigan barcha hisobotlarni o‘z vaqtida topshirilishini nazoratga olish;

ishdan bo‘shatilgan xodimlarning va o‘qishni tugatgan talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivga topshirilishini nazoratga olish;

har yili qabul komissiyasidan o‘qishga qabul qilingan 1 kurs (bakalavr) talabalari va magistratura tinglovchilari va ikkinchi oliy ta’limga qabul qilinganlarning shaxsiy hujjatlarini qabul qilinishini nazoratga olish.

 

  Professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan ish olib boruvchi 1-toifali muhandis Ermatov Nosirjon Tohirovich
  Qabul vaqti: Dushanba — Juma 0900 – 1700

Shanba 0900 – 1500

  Telefon: (0 371) 239-01-98
  E-mail: blxod@tdiu.uz

Lavozimi vazifalari:

universitetda ishlovchi professor-o‘qituvchilar va xodimlarni shaxsiy varaqalari va T-2 shaklini yuritish;

professor-o‘qituvchilar va xodimlarni ishga qabul qilish vazifasidan ozod etishda zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilish va o‘z vazifalarini berish;

har oyda tanlov muddati tugagan professor-o‘qituvchilarni ro‘yxatini tayyorlash va o‘quv bo‘limiga e’lon berish uchun taqdim etish;

professor-o‘qituvchi va xodimlar faoliyatida bo‘lgan shaxsiy o‘zgarishlarni ularning shaxsiy hujjatlariga yozib borish;

tanlovdan o‘tgan va yohud o‘tmagan professor-o‘qituvchilarga tegishli bo‘lgan bayonnomalarni qabul qiladi va buyruq loyihasini tayyorlash uchun muhandisga topshirish;

har yilning dekabr oyida professor-o‘qituvchi va xodimlarga beriladigan mehnat ta’tili jadvalini tayyorlash va tasdiqlash;

T-1 forma bo‘yicha talab qilingan vaqtda hisobot tayyorlash;

professor-o‘qituvchi va xodimlar mehnat daftarchalarini yuritish;

har yili ishdan bo‘shagan professor-o‘qituvchi va xodimlarning shaxsiy delolarini universitet arxiviga topshirish;

buyruqdan ko‘chirmalar tayyorlash.

 

  Xodimlar bo‘limi nazoratchisi Mavlyankulova Rumiya Abralovna
  Qabul vaqti: Dushanba — Juma 0900 – 1700

Shanba 0900 – 1500

  Telefon: (0 371) 239-01-11​
  E-mail: blxod@tdiu.uz

Lavozim vazifalari:

har yilning yanvar oyida joriy yilda pensiya yoshiga yetadigan professor-o‘qituvchi va xodimlarning ro‘yxatini tayyorlash;

har yilning boshida 50-60-70 yoshga to‘luvchi professor-o‘qituvchi va xodimlarning ro‘yxatini tayyorlash hamda xodimlar vakillik organiga, birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasiga taqdim etish;

pensiyaga chiqishi kerak bo‘lgan xodimlarni aniqlash va ularni xabardor etish;

xodimlardan tushgan arizalar asosida pensiyaga chiqarish uchun hujjatlar tayyorlash va yashash joylari bo‘yicha pensiya jamg‘armalariga borib hujjatlarni topshirish;

nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlarning ham pensiyalarini hujjatlashtirish;

turli xil mukofotlar olish uchun hujjatlar tayyorlash.

 

  Talabalar bilan ishlovchi nazoratchi Gafarova Saodat Baxtiyorovna
  Qabul vaqti: Dushanba — Juma 0900 – 1700

Shanba 0900 – 1500

  Telefon: (0 371) 239-28-63
  E-mail: blxod@tdiu.uz

Lavozim vazifalari:

Har yili sentyabr-oktyabr oylarida o‘qishga qabul qilingan talabalarga o‘quv-kartochkalari ochish va ularni ro‘yxatga olish;

yil davomida talabalarga tegishli bo‘lgan o‘zgarishlarni ularning o‘quv kartochkalariga kiritib borish;

qabul qilingan talabalarga universitet omborida fakultetlar bo‘yicha reyting daftarchalari olishga ruxsatnoma berish;

qabul qilingan talabalarning shaxsiy varaqalarida axborotlarni kompyuterga kiritadi va har bir shaxsiy hujjatni ro‘yxatlash;

tugatgan talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivga topshirishga tayyorlash;

talabalar safidan chiqarilgan talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivga topshirishga tayyorlash;

kursdan-kursga o‘tkazilgan talabalarning talabalik kartochkalariga o‘zgartirish kiritib borish;

boshqa oliygohlardan ko‘chirish va tiklash asosida kelgan talabalarga o‘quv kartochkalari ochish;

har o‘quv yili oxirida fakultetlardan tugatgan talabalarga tayyorlangan buyruq va dalolatnoma asosida reyting daftarchalari va o‘quv kartochkalarini qabul qilib olish;

tugatgan talabalarga diplom tayyor bo‘lganga qadar o‘qishni tugatganlik haqida ma’lumotnoma berish;

turli sabablarga ko‘ra talabalik safidan chiqarilgan, boshqa oliygoxga o‘qishini ko‘chirayotgan talabalarga qaytarib beriladigan hujjatlarni tayyorlash;

talabalar yuzasidan so‘raladigan turli hisobotlarni tayyorlash;

har yili tugatgan talabalar va talabalik safidan chiqarilgan talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivga topshirishga tayyorlaydi va ro‘yxat asosida topshirish;

universitetni tugatgan talabalarga aylanma varaqa beradi va tilxat asosida shaxodatnoma yoki diplomni qaytarish;

bir yilda bir marta fakultetlarda o‘quv kartochkalar yuzasidan tekshiruv ishlarini olib borish;

har yili Magistraturaga kirgan tinglovchilar hujjatlarini qabul qilib oladi, shaxsiy varaqa ochish va mutaxassisliklar bo‘yicha ajratish;

ro‘yxatdan o‘tgan buyruqlar nusxasini tegishli bo‘lgan bo‘limlarga imzo chekdirish orqali tarqatish;

har yilda tugatgan talabalarning shaxsiy hujjatlarini universitet arxiviga topshirish.

  Talabalar bilan ishlovchi nazoratchi Turabekova Soxiba Narbekovna
  Qabul vaqti: Dushanba — Juma 0900 – 1700

Shanba 0900 – 1500

  Telefon: (0 371) 239-28-71
  E-mail: blxod@tdiu.uz

Lavozim vazifalari:

vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga yangi o‘quv yili uchun diplom blankalari, baholar varaqalari va akademik ma’lumotnoma olish uchun buyurtmalar tayyorlash;

bo‘sh diplom blankalarini baholar varaqasi va akademik ma’lumotnomalarni markazdan olib kelish;

fakultet dekanati tomonidan berilgan buyruq, asosida to‘ldirilgan diplomlarni ro‘yxatga olish va o‘z egalariga shaxsiy pasporti asosida yoki ishonchnoma asosida topshirish;

kafedra mudirlari bilan birgalikda yozilgan diplomlarga DAK raislarini taklif etib imzo qo‘ydirish;

olingan bo‘sh diplom blankalarni Universitet hisobotini Buxgalteriya bo‘limiga reestr asosida topshirish;

yil davomida olingan va tarqatilgan diplom blankalari, diplom ilovalarini va akademik ma’lumotnomalarining hisobotini vazirlikka va universitetimiz buxgalteriya bo‘limiga taqdim etish;

turli sabablarga ko‘ra yozishda xatolikka yo‘l qo‘yib to‘ldirilgan diplom blankalarini dalolatnoma asosida yo‘q qilish;

sobiq talabalardan tushgan arizalar asosida ularga mutaxassis diplom blankasini dublikatini olish uchun vazirlikka talabnoma tayyorlash;

diplomni yo‘qotganlik to‘g‘risidagi hujjatlar asosida Universitet rektorining buyrug‘ini tayyorlash;

universitetimizda o‘qiganlik to‘g‘risidagi turli tashkilotlardan kelgan so‘rov xatlarga tasdiq javoblar tayyorlash;

Ulashish: