O‘quv-uslubiy boshqarma

 

  Bo‘lim boshlig‘i: Usmanov Baxtiyar Babaxanovich
  Qabul vaqti: Dushanba – shanba soat 1400 – 1700
  Telefon: (0 371) 232-60-21
  E-mail: bluub@tdiu.uz, bbusmanov1955@gmail.com 
  Veb-sayt: www.tdiu.uz

O‘quv-uslubiy boshqarmaning funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:

O‘quv-uslubiy boshqarma ta’lim jarayonini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat talim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida dars jadvallarini tuzadi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini ta’minlaydi.

Fakultetlar, kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtiradi.

Muntazam ravishda har bir ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, fanlar dasturlarini rivojlangan davlatlar tajribasi va zamon talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradi. Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish davrida ulardagi yaxshi ishlamayotgan me’yorlarni aniqlaydi va ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar tayyorlaydi.

Kafedra, dekanat bilan birgalikda baholashning amaldagi reyting tizimini amalda qo‘llash, o‘qitish sifatini nazorat qilish, talabalar o‘zlashtirishi monitoringini olib boradi.

Mamlakatda va xorijda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va o‘quv jarayoniga joriy etadi.

Kurs ishi, bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiya mavzularini iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish va shu kabi mamlakatimizning rivojlanish strategiyasini dolzarb muammolarga bag‘ishlanishini ta’minlaydi hamda muayyan korxona misolida yozilishini nazorat qiladi.

Fakultetlar va kafedralar bilan birgalikda kafedralar ishchi o‘quv rejalari, fanlarning o‘quv va ishchi dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, boshqa turdagi o‘quv-uslubiy hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tavsiya etish yoki tasdiqlash uchun O‘quv-uslubiy kengashi hamda universitet Kengashiga taqdim etadi.

Talabalarni kafedralar tomonidan o‘quv dasturlari va boshqa o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlanishini nazorat qiladi.

Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv yuklamalari taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini o‘rganib chiqadi va rejalashtiradi.

Vaqt me’yorlari asosida universitetning shtatdagi professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari va fakultet dekanlari o‘quv yili davomida bajarishi shart bo‘lgan o‘quv yuklamalari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlar hajmini va tarkibini aniqlaydi hamda tasdiqlash uchun universitet Kengashiga olib chiqadi.

Kafedralarda rejalashtirilgan o‘quv yuklamalarining bajarilishi monitoringini olib boradi va soatbay ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtiradi.

Kafedralar, professor-o‘qituvchilarning yillik hisobotlarini ko‘rib chiqadi, qabul qiladi va universitetning yillik umumiy hisobotini tayyorlashda qatnashadi.

Universitet shtatidagi va soatbay professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini ta’minlash maqsadida ochiq darslar tashkil qiladi.

Universitet Kengashi va O‘quv-uslubiy kengashi qarorlarini o‘quv jarayoniga joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha barcha tashkiliy ishlarni rejalashtiradi. Davlat attestatsiya komissiyasi ishini tashkil etish (DAK) bo‘yicha zaruriy hujjatlarni tayyorlaydi va ularni universitet bo‘linmalari, dekanatlar va kafedralarga yetkazadi, DAK ishini nazorat qiladi, DAK hisobotlarini o‘z vaqtida bajarilishini va O‘quv-uslubiy boshqarmaga topshirilishini talab qiladi.

Universitet kafedralarining kabinet mudirlari, dekanatlar kotibalarining o‘quv-uslubiy faoliyatini boshqaradi, ularning ish hujjatlarini yuritishlari va mehnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qiladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar hamda chet tillar bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etadi.

Universitet kafedralari, fakultet dekanatlari o‘quv-uslubiy faoliyatini doimiy nazorat qilib boradi, o‘quv-uslubiy ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar beradi va universitet O‘kuv-uslubiy hamda Kengashlari muhokamasiga kiritadi.
Talabalarning dekanatdagi shaxsiy hujjatlari, reytingi qaydnomalarini va shu kabi boshqa hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib boradi.

Share: