Jismoniy madaniyat kafedrasi

Kafedra mudiri: Istomin Aleksandr Alekseevich
Qabul vaqti:  

dushanba – shanba kunlari soat

1400 dan – 1700gacha

Telefon: (0 371) 239-0159
E-mail: kafktt@tdiu.uz, istomin@mail.ru

 

Kafedra haqida

Bizning bo’lg’usi avlodlar va kelajakda “Jismoniy madaniyat” kafedrasining ishini davom ettiruvchilarga eslatish qiziqarlidir. O’tgan davrda kafedraning kichkinagina xonasini eslaydigan insonlar kam qoldi. Kafedraning nomi ham shu davrga – 1931 yilga mos bo’lib “Jismoniy madaniyat va fuqaro mudofaasi” edi.

U davrni eslasak, har bir o’quv muassasi va hattoki maktablar ham yarimharbiy maqomga ega edi. Katta davlat harbiy harakatlar bo’sag’asida edi va bu davlatning har bir fuqarosi jismoniy tomondan yaxshi rivojlangan bo’lishi, o’q otishni o’rganishi va fuqaro muhofazasining himoya vositalarini bilishi lozim edi. U davrda kafedraning sport maydonchalari, boshpanasi va o’q otish tiri bular uchun xizmat qildi. Bundan tashqari, amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish uchun dala poligoni mavjud edi.

Bu borada birinchi mutaxassislardan bo’lgan A.Maksimыchev edi, u harbiy odam bo’lib, o’zining mutaxassisligiga, davlatga vafodor edi, kafedrani 1936 yildan 1957 yilgacha boshqardi.

U paytda nafaqat talabalar balkim professor-o’qituvchilarning ham xulk-atvoriga katta e’tibor berilar edi. Bu davrda quyidagi sport turlariga katta e’tibor berildi: gimnastika, boks, yengil atletika, qilichbozlik, turizm, tosh ko’tarish; talabalar alohida imtihon topshirib, keyin jismoniy madaniyatdan imtihon topshirishga qo’yilar edi, nazariy qismni topshirishda fuqaro mudofaasi bo’yicha olgan bilimlari, quroldan to’g’ri foydalanishi va jismoniy rivojlanishning ma’lum ko’rsatkichlariga ega bo’lish aniqlanar edi.

 1957-yildan kafedra tarixining ikkinchi davri boshlanadi va kafedra mudiri bo’lib V.P. Rыtikov tayinlandi. Shu davrdan sportning o’yin turlari, rivojlanishni boshladi, bular: basketbol, voleybol, futbol va gandbol edi. Boshqa sport turlari ham rivojlanishdan to’xtamadi, balki sportning katta natijalari qo’lga kiritildi: S.D. Zel’ser va M.T. Samoylova rahbarligida gimnastika; qilich bozlik seksiyasi rahbari V.Razvolyaev, keyinchalik D. Safiullin; og’ir atletika seksiyasi rahbari A.Avanesov.

Bu davrda nafaqat o’g’il – bolalar, balki talaba – qizlar ham sportda faol qatnashishni boshladilar. O’g’il – bolalar va qizlar bir xil kiyimda darsga qatnashar edilar, bu esa o’z navbatida o’qituvchilarga yaxshi kayfiyatda o’z kasbiy imkoniyatlarini qo’llagan xolda dars o’tkazishga kuchli, mehnat – sevar, ruxiy ko’tarinkilik holda o’sishi lozim. Hamma talabalarga jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanishga imkoniyat yaratilar edi.

Yagona sport zalida gimnastlar, basketbolchilar, voleybolchilar dars o’tardilar; kichkina zalda (autoriyada) bokschilar, shtanga ko’taruvchilar, qilichbozlar bilan shug’ullanuvchilar va kurashchilar; o’q otish tirda talabalar o’q otish san’atini o’rganar edilar. Yozgi maydonchalarda, ochiq maydonlarda, zalda, sport turlari bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilardi. Bu borada quyidagi o’qituvchilar o’zining mutaxassislik bilimini mahorat bilan namoyon etdilar: A.Z. Sokolovskiy, R.T.Kurbanov. P.M. Borodkin, A. Bochkaryov, V.N. Tishkunov, K.I. Kyuveli, A.Dmitriev, B.P. Rashidov, G.Z. Baranov, I.V. Yakovlev, A.Gudkevich, V.Razvalyaev, R.V. Minosyans, M.Цeyler, R.Mavlyanov    va boshqalar.

Katta quvonchli xodisa ochiq suzish havzasini qurilishi bo’ldi. Bu davrda sport turlari bo’yicha 16ta seksiya ishladi, institut jamoasi ommaviy sport ishlari, oliygohlar o’rtasida erishgan yuqori sport ko’rsatkichlari  uchun  institut jamoasi  qizil bayroq va qimmatli sovg’alar bilan Sport Kengashi  tomonidan taqdirlandi. Bundan  tashqari sportning harbiy turlari, o’q otish, parashyut sporti bo’yicha katta ish olib borildi.

1974 yilda kafedra mudiri qilib S.D.Zel’ser tayinlandi, institutning veterani. Bu davrda sanoat qishloq xo’jaligining rivojlanishi kuchaydi, shu sababli xalq xo’jaligiga nafaqat mutaxassis, balkim jismonan baquvvat, ruhan sog’lom odamlarga talab oshdi. Shu sababli, S.D.Zel’ser sport ustaligini oshirish, yuqori darajali sportchilarni tayyorlash masalasini ko’tardi va amaliyotga kiritdi, chunki o’zi gimnast, qilichbozlik bilan shug’ullanar edi. Bu davrda institutda Spartakiadalar o’tqazilishi qo’lga kiritildi, bulardan keyin ommaviy sport bayramlari, sportchilarni chiqishi o’tqazilar edi va natijalar yakuni e’lon qilinardi. Bu tadbirlarda institut rahbariyati: rektor, prorektorlar, dekanlar, professor – o’qituvchilar qatnashar edilar.

Terma jamoalar quyidagi sport turlari bo’yicha talabalar bellashuvida g’alabani kiritdilar: gandbol, futbol, voleybol va basketbolda.

Bu vaqtda yuqori malakali o’qituvchilar faoliyat ko’rsatdilar: N.A. Borshin, A.M. Govorkov, A.V. Kalyadina, R. Pirumov, M. Shishkin, A. Xoshimov, T.A. Kamenskaya, B.Nazarov, V. Shut’kov, O. Dolgova, K. Zairov, M.T. Samoylova, T.V. Kalinichenko, E.T. Parpiev.

1991 yil 1 sentyabrdan O’zbekiston Respublikasi e’lon qilindi. Erkin, demokratik, xuquqiy davlat yaratilishi bilan birga Universitet bo’limlari, shular bilan bir qatorda “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi tuzilishi bo’yicha o’zgarishlar ko’lga kiritildi.

O’qituvchilar soni 27 – dan 12 – gacha kamaydi, lekin sifati oshdi. Shu yilda kafedraning ikkita o’qituvchisi: A.A. Borщin va A.T. Pastuxov nashr etilgan ilmiy ishlari, “Jismoniy madaniyat va sport” bo’yicha yaratilgan o’quv qo’llanmalari, Umumittifoq va Respublika anjumanlarida qatnashgani uchun dosent unvonini olishdi. Ilgari o’quv qo’llanmalarni yaratgani uchun Istomin A.A.  ham dosent ilmiy unvonini olgan edi.

Bu qayta qurish davrida kafedra mudiri qilib dosent A.A.Istomin tayinlandi. U paytda lavozimga tanlov asosida o’tqazardilar, o’qituvchilarning asosiy diqqati o’quv jarayonini takomillashtirishga, talabalarning sport mahoratini oshirishga, sport bazasini mustahkamlashga qaratilgan. Bu  vaqtda rektorat, o’quv bo’limining katta yordami tufayli Universitetda kort tennisi uchun maydoncha, o’t bilan qoplangan futbol maydoni, trenajyor zali, stol tennisi uchun zal, Toshkent shahrida eng yaxshilardan bo’lgan 5- yo’lakli suv basseyni qurildi.

Quyidagi ishlar amalga oshirildi: yangi o’qitish usullari, sharoitlar yaratish, reyting – tizimi, doimiy o’zaro va nazorat darslarga kirish, talabalar, ichida o’quv ishlarni takomillashtirish bo’yicha o’zgarishlar har yili kiritildi. Buning dalili bo’lib, qarzdor talabalar soni kamayganligi aytib turibdi.

Talaba-yoshlarning o’rtasida o’quv jarayonini yaxshilash, o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish uchun, kafedra o’qituvchilari muntazam ravishda ilmiy – uslubiy ishlar bilan shug’ullanib, yoshlarni ham jalb etmoqdalar. Kafedra o’qituvchilari tomonidan 70 – ta qo’llanma, uslubiy ko’rsatmalar, maqolalar yaratilgan bo’lib, umumiy hajmi 100 b.t. dan ko’pdir.

Kafedra o’zining bitiruvchilari bilan faxrlanadi, Mirjalol Qosimov va Shuxrat Maqsudov – futbol bo’yicha xizmat ko’rsatgan sport murabbiysi; Baxodir Qurbonov – grekcha – rim kurashi bo’yicha xizmat ko’rsatgan sport murabbiysi, Xalqaro klassdagi sport ustasi; dzyudo bo’yicha xizmat ko’rsatgan sport murabbiysi – Farxod To’raev va Kamol Muradovlar. Magistrlik bo’limida Xizmat ko’rsatgan sport ustasi Dil’shod Mansurov – kurash va Abdulla Tangriev – dzyudo, Ramzitdin Saidov – dzyudo, Rustam Saidov – boks o’qib tugatganlar.

Ko’p sonli talabalar Respublika terma komandalari tarkibida Xalqaro musobaqalarda ishtiroq etib, yaxshi natijalarga erishdilar. Pekinda bo’lib o’tgan XXI Umumjaxon talabalar o’yinlarida qatnashib (2001 y. avgust) to’rtta sporchilarimiz dzyudodan sovrindor bo’ldilar.

Xalqaro biznes fakul’tetining 2 kurs talabasi Egamnazar Akbarov “Universiada – 2001” chempioni, “Iqtisodiyot va statistika” fakul’tetining 1 kurs talabasi Murad Kalikulov va “Xalqaro biznes” fakul’tetining talabasi Abdulla Tangriev kumush medalining sovrindori bo’ldi.

“Iqtisodiyot” fakul’teti talabasi Svetlana Geta 2003 yilda stol tennisi bo’yicha Jaxon chempioni unvonini kiritdi. 2003 yidla Koreyada bo’lib o’tgan Umumjaxon “Universiada- 2003” da “Xalqaro biznes” fakul’teti talabasi Abdulla Tangriev  ikkita oltin medal’ sovrindori bo’ldi, Akgul’ Amanmuradova esa tennis bo’yicha bronza medalini ko’lga kiritdi. Universitetning 16 – ta sportchilari  Olimpiya o’yinlarning qatnashchilari bo’ldi.

 Jahon chempioni Svetlana Geta va talantli yosh sportchi Ekaterina Levina boshchiligida bizning sportchilar Respublika va Xalqaro musobaqalarda yaxshi natijalarga erishdilar. Akgul’ Amanmuradova Xalqaro turnilar va Aziya chempionatida katta g’alabalarga erishdi.

“Maxsus tayyorlov” kafedrasi bilan qo’shilgandan keyin, ”Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasining shtatida 16ta o’qituvchi ishladi, hammasi maxsus oliy ma’lumotli bo’lib, bulardan: 1 professor, akademik, 4-ta dosent (tibbiyot fanlari nomzodi, biologiya fanlari nomzodi), 10-ta katta o’qituvchi, 1-assistent.

Kafedraning asosiy yo’nalishi: talabalarning jismoniy tarbiyasi, sog’ligini mustahkamlash, jismoniy ko’rsatkichlarni rivojlantirishdir – chunki bu fazilatlar kasbiy faoliyatda, mamlakatni himoya kilishda juda muhimdir, “Talaba” sportklubning seksiyalarida mahoratli sportchilarni tayyorlash.

Kafedraning sport inshootlari: kafedraning qaramog’ida bitta sport zali, kattaligi 24x12m. Trenajyor zali, hajmi 50m2 ; yugurish yulagi bor, mini – stadion, xajmi 700 m2 , tribunalari, yechinish xonalari, dush xonalari bilan; basketbol va voleybol maydonchalari; standartga javob beradigan yopiq suzish havzasi, xajmi 500m2 25x13m.

“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi Universitet rektoratining buyruqlari va yo’riknomalari asosida ish olib bordi.

1995 yildan Universitetda O’zbekistonning yetakchi sportchilari, xizmat ko’rsatgan sportchilar o’qidilar:

  1. Maqsudov Shuxrat – futbol bo’yicha Osiyo o’yinlarning chempioni, O’zbekiston Respublikasi chempioni, oliy liga o’yinchisi
  2. Qosimov Mirjalol – futbol bo’yicha Osiyo o’yinlarning chempioni, O’zbekiston Respublikasi chempioni
  3. Qurbonov Baxodir – Jaxon chempionatlarining sovrindori, grekcha-rim kurash bo’yicha Osiyo chempioni, ikkita Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi
  4. Turaev Farxod – Kurash bo’yicha Jahon chempioni, Jahon chempionatining Kumush sovrindori, Osiyo sovrindori, ko’pgina xalqaro turnirlarning chempioni.
  5. Muradov Kamol – kurash bo’yicha Jahon chempioni.
  6. Tangriev Abdullo – Pekinda bo’lib o’tgan Olimpiya o’yinlarining kumush sovrindori, 2 karra Osiyo o’yinlarning chempioni, 3 karra Umumjahon talabalari o’yinlarining chempioni, talabalar o’rtasida Jahon chempioni, 4 karra Osiyo chempioni, Xalqaro gran-pri turnirlarning g’olibi, O’zbekiston Respublikasi chempioni.
  7. Saidov Rustam – Afinadagi (Gresiya) Olimpiya o’yinlarning bronza sovrindori, ko’p marotabali  O’zbekiston Respublikasi chempioni, Osiyo sovrindori, ko’pgina xalqaro turnirlarda g’alaba qozongan.
  8. Xinchagov Ruslan – Jahon chempionatlarning sovrindori, Osiyo chempioni, erkin kurash, Olimpiya o’yinlarining, Jahon kubogining va ko’pgina xalqaro turnirlarning g’olibi.
  9. Achilov Atxam – Jahon chempioni, kurash – dzyudo bo’yicha Osiyo chempioni, Osiyo o’yinlarning chempioni, ko’pgina Xalqaro turnirlarining g’olibi, O’zbekiston Respublikasi chempioni.
  10. Saidov Ramzitdin – Kurash bo’yicha Jahon chempioni, Osiyo chempioni – kurash, dzyudo Osiyo o’yinlarining sovrindori, xalqaro turnirlarida g’alaba qozondi, O’zbekiston Respublikasi chempioni.
  11. Mansurov Dil’shod – 2 karra Jahon chempioni, 2 karra Osiyo o’yinlarning chempioni, Osiyo chempioni – erkin kurash, uchta Olimpiya o’yinlarning qatnashchisi, Xalqaro turnirlarning, O’zbekiston Respublikasi chempioni.
  12. Sobirov Rishod – Xitoydagi Olimpiya o’yinlarining  va London Olimpiya o’yinlarining sovrindori, dzyudo bo’yicha Osiyo sovrindori, O’zbekiston Respublikasi chempioni, ko’pgina Xalqaro gran-pri turnirlarning g’olibi.
  13. Sharipov Mirvali – Olimpiya o’yinlarining sovrindori (beshinchi joy) Osiyo chempionatlarning ko’p marotabali sovrindori (dzyudo), xalqaro turnirlarining g’olibi, O’zbekiston Respublikasi chempioni.
  14. Tulyaganov Iroda – Uimbldon turnirining g’olibi – tennis, O’zbekiston Respublikasining birinchi raketkasi bo’lgan.
  15. Ammanmuradova Akgul’  – tennis bo’yicha Osiyo chempioni, hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasining birinchi raketkasi.
  16. Xo’jaev Botir – 2 karra sambo bo’yicha Jahon chempioni, ko’pgina xalqaro turnirlarning g’olibi.

Universitetning Faxri bo’lgan, ko’pgina Chempionatlar va Xalqaro turnirlar g’oliblari, xalqaro sinfdagi sport ustalari:

  1. Abrashkina Marina – Sinxron suzish bo’yicha ko’pgina Xalqaro turnirlarining g’olibi, Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi, O’zbekiston Respublikasi chempioni
  2. Smirnov Vitaliy – Engil atletika bo’yicha jahonda kuchlilardan, Osiyo o’yinlarning sovrindori, O’zbekiston Respublikasi chempioni.
  3. Bugakov Daniil – Osiyoning suzish bo’yicha 7 karrali chempioni, O’zbekiston Respublikasining rekordchisi, Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi, Respublika Universiadasining 4 – karra g’olibi, O’zbekiston Respublikasi chempioni
  4. Bugakova Mariya – suzish bo’yicha 10 karra Universiadalar chempioni, ikkita Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi, O’zbekiston Respublikasi chempioni.
  5. Tarasova Yuliya – Engil atletika bo’yicha ko’p karra chempioni va Xalqaro turnirlar sovrindori, Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi, O’zbekiston Respublikasi chempioni
  6. Muminov Shokir – studentlar o’rtasida dzyudo bo’yicha Jahon chempioni, Osiyo o’yinlarining sovrindori, Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi, O’zbekiston Respublikasi chempioni
  7. Zakirov Sanjar – yuniorlar o’rtasida birinchi Jahon chempioni, O’zbekiston Respublikasining chempioni, Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi, Respublika Universiadasining chempioni.
  8. Akbarov Egamnazar – dzyudo bo’yicha Koreyada bo’lib o’tgan Umumjahon Universiadasining chempioni, O’zbekiston Respublikasining chempioni, Respublika Universiadasining chempioni.
  9. Radzivil’ Svetlana – Engil atletika bo’yicha Jahon chempioni (balandlikka sakrash) Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi, O’zbekiston Respublikasi chempioni, gran-pri turnirlarining sovrindori
  10. Dusanova Nadiya – Engil atletikadan ko’p karra sovrindori (balandikka sakrash) Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi, O’zbekiston Respublikasi chempioni
  11. Tarzumanov Renat – Xalqaro turnirlarning ko’p karrali sovrindori, O’zbekiston Respublikasi chempioni.
  12. Dem’yanenko Ivan – suzish bo’yicha Xitoydagi Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi, O’zbekiston Respublikasining chempioni, O’zbekiston Respublikasining rekordchisi.
  13. Shermuxamedov Baxtiyor  – kikboksing bo’yicha 2 karra Jahon chempioni, Xalqaro turnirlar g’olibi, O’zbekiston Respublikasining chempioni.
  14. Filipov Anton – Umumjahon olimpiadalarining qatnashchisi (shaxmatchi – grossmeyster) va saralash dunyo turnirlarning g’olibi, Respublika chempioni.
  15. Gevorgyan Irina – shaxmat bo’yicha Umumjahon Olimpiadalar va saralash turnirlarning qatnashchisi, Respublika Universiadalarining chempioni.
  16. Morkovkin Andrey – suzish bo’yicha Gresiyadagi Olimpiya o’yinlarining qatnashchisi, O’zbekiston Respublikasi rekordchisi, Respublika Universiadalarning 4 karra chempioni.

Universiteda Olimpiya o’yinlarining 5 – ta sovrindori ta’lim olgan: Rustam Saidov, Abdulla Tangriev, Rishot Sobirov, Mirvali Sharipov va Abbos Ataev.

Universiteda 1995 yildan 40 dan ziyod sportchi – talabalar, O’zbekiston Respublikasi sport ustalari, 67 sport ustasi nomzodlari, ommaviy razryadli sportchilar va “Alpomish va Barchinoy” nishondorlari tayyorlandi.

Bu ko’rsatkichlar bo’yicha “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi Respublikada boshqa oliygohlar ichida yetakchi joy egalladi.

Kafedrani boshqargan rahbar-xodimlar

 

 

 

 

 

 

Kafedrani 1946-1957 yillarda A.Maksimыchev  boshqargan mutaxassisli harbiy bo’lgan.
1957-1974 yillarda kafedra tarixining ikkinchi davri boshlanadi va kafedra mudiri bo’lib V.P. Rыtikov tayinlandi.
1974-1989 yillarda S.D.Zel’ser kafedra mudiri bo’lib ishladi.
  1989 yildan hozirgi vaqtgacha dosent Istomin Aleksandr Alekseevich rahbarlik qilib kelmoqda.

 

  1. Jismoniy madaniyat kafedrasi nomuttaxassis kafedra bo’lganligi sababli, unda ta’lim yo’nalishlari va muttaxassisliklar mavjud emas.

 

  1. Kafedrada to’liq stavkada faoliyat olib borayotgan professoro’qituvchilar

        Kafedrada rejada belgilangan shtat bo’yicha kafedrada  dosent – 1 ta, katta o’qituvchilar – 5 ta, assistentlar – 7 ta, kabinet mudiri – 1 ta lavozimda faoliyat yuritadilar. Ilmiy salohiyat 7 foizni tashkil etadi.

Foto surati F.I.Sh Ilmiy darajasi va unvoni E-mail
1.   Istomin Aleksandr Alekseevich dosent istomin@mail.ru
2.   Maxmudov Mamat Raxmatovich katta o’qituvchi m.mahmudov@mail.ru  
3.   Tangriev Abdukari Tavashevich  katta o’qituvchi a.tangriev@mail.ru
4.   Musaeva Nigoram Anvarovna katta o’qituvchi nigoram@mail.ru
5.   Barakaeva Xojal Nazarovna katta o’qituvchi t  barakaeva.@mail.ru
6.   Xakimova Feruza Toshpulatovna katta o’qituvchi hakimova.f/t @mail.ru
7.   Xolieva Nigora Xudayberdievna katta o’qituvchi holieva.@mail.ru
8.   Nigmanov Bori

Botirovich

 

o’qituvchi nigmanov.@mail.ru
9.   Razuvaeva Irina

Yur’evna

 

o’qituvchi razuvaeva.@mail.ru
10.   Nigmanov Maxkam Ma’murjonovich

 

o’qituvchi m.nigmanov.@mail.ru
11.   Dachev Oleg

Viktorovich

 

o’qituvchi dachov.@mail.ru
12.   Madaminova Gulzoda Madaminovna o’qituvchi madaminova.@mail.ru
13.   Alimboeva Roziya Davulboevna

 

o’qituvchi alimboeva.@mail.ru

O’quv-uslubiy ishlar

Jismoniy madaniyat kafedrasida o’quv, o’quv-uslubiy ishlar kafedra majlisida tasdiqlangan o’quv-uslubiy reja asosida olib borilmoqda. Kafedra jamoasi o’quv, o’quv-uslubiy ishlarni pedagogik texnologiya hamda zamonaviy axborot tizimlariga javob bera oladigan darajada olib borilishi va mavjud standartlar darajasiga chiqarishga asosiy e’tiborni qaratdilar. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Jismoniy madaniyat. Valeologiya asoslari kursi” va “Sanitariya va gigiena” fanlari va tanlov asosidagi “Fuqaro muxofazasi” fanidan o’quv dasturi, darslik va o’quv qo’llanmalari asosida ishchi dastur, o’quv, o’quv-uslubiy, uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqdilar.

Kafedra professor-o’qituvchilari universitet miqyosida tayyorlanadigan barcha mutaxassisliklar bo’yicha birinchi bosqich talabalariga “Jismoniy madaniyat. Valeologiya asoslari kursi”, “Fuqaro muhofazasi” va “Sanitariya va gigiena” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib bormoqdalar.

Kafedra jamoasi o’z faoliyati davomida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga katta e’tibor berib kelmoqda. Shu maqsadda kafedrada bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Talabalar kafedrada tashkil etilgan sport to’garaklarga jalb etildi.

Kafedraning yangi pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan darslik va o’quv qo’llanmalarining elektron variantlari universitet kutubxonasiga topshirildi. Bugungi ulardan talabalar keng foydalanmoqdalar.

Kafedrada bakalavriat ta’lim yo’nalishilari bo’yicha o’qitiladigan fanlardan darslik, o’quv qo’llanma, ma’ruza matnlari, ishchi daftar, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va mustaqil ishlarni tashkil etish bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar yaratilgan bo’lib, ular o’quv jarayoniga keng tadbiq etilmoqda.

O’quv yili davomida kafedra professor-o’qituvchilari o’qitilayotgan fanlarning nazariy va uslubiy jihatdan yuqori darajada bo’lishini ta’minlash maqsadida ma’ruza matnlarini qaytadan tayyorlab muhokama qildilar. Ma’ruza matnlar kirill va lotin alfavitida tayyorlandi hamda ularni tayyorlashda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan, yangi tarixiy ma’lumotlardan unumli foydalanildi. Bundan tashqari kafedraning har bir professor-o’qituvchisining o’quv yili davomida kamida bir martadan ochiq darslari o’tkazildi va bu darslar kafedra hamda o’quv-uslubiy semenar yig’ilishlarida muhokama etildi.

Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan Jismoniy madaniyat. Valeologiya asoslari kursi”, “Fuqaro muhofazasi” fani bo’yicha ayrim mavzularni o’tish va uni talabalar ongiga singdirish yuzasidan uslubiy qo’llanmalar tayyorlandi va ishlab chiqildi. Dars o’qitish metodlarini amaliyotda qo’llash bo’yicha to’plangan tajribalar davom ettirilib, boyitildi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda qo’llanilayotgan fanning metodik ta’minoti talabalarni fanni to’liq o’zlashtirishiga va darslarda ular faolligini oshirishga muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Har bir fan bo’yicha tayyorlangan ishchi o’quv dasturda har bir mavzular bo’yicha qaysi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish mumkinligi to’g’risida uslubiy ko’rsatmalar ham berilgan. Yil davomida kafedra bo’yicha 70 ga yaqin o’zaro darslarga kirish amalga oshirildi.

Joriy o’quv yilida kafedra professor-o’qituvchilari o’z ma’ruzalarini “Bahs-munozara”, “Ma’ruza anjuman”, “Mo’jizalar maydoni”, “Raqobatchi tomonlar”, “Talabalar fikrlashini uyg’otish” usullaridan foydalangan holda o’tgan bo’lsalar, seminar mashg’ulotlarida esa “bahs-munozara”, “Kichik guruhchalarda ishlash”, “Kichik test sinovi”, “Dars anjuman” kabi interfaol usullardan foydalandilar. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan slaydlar, tarqatma materiallarning dars jarayonida qo’llanilishi darslarning yanada jonli munozarada o’tishiga zamin yaratdi.

Kafedra professor-o’qituvchilari dars jarayonida talabalar milliy ongini o’stirish, o’zligini anglash, ularning siyosiy madaniyatini oshirish, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy faol, jismoniy baqquvat va sog’lom, ma’naviy barkamol shaxslar bo’lib yetishishi, komil inson, vatanparvar qilib tarbiyalashda, ularni ushbu fanlarni o’rganishni tashkil etishda barcha imkoniyat, usul va vositalardan samarali foydalanmoqdalar.

 

Ilmiy-tadqiot ishlari

Kafedraning faoliyatida ilmiy tadqiqot ishlari O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, «Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash  yili» davlat dasturi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet kengashi qarorlariga asoslangan. Ilmiy tadqiqot ishlari ham aynan shu asosda tashkil etilib, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga, uning mazmunini boyitishga qaratilib kelinmoqda.

Kafedra a’zolari tomonidan so’nggi 5 yil davomida 3 ta o’quv qo’llanma, 2 ta monografiya, 30 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 100 ga ortiq ilmiy-ma’rifiy risolalar, maqolalar, tezislar nashr etildi. Shuningdek, ilmiy-metodik ishlanmalar yuzasidan bir qator ishlar olib borildi. 

2018 yilda 1 ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya, 2 ta o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 5 ta  uslubiy qo’llanmalar  chop etilishi rejalashtirilgan.

2017 yil 26 mayda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Sport va salomatlik” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman talaba yoshlar hayotida sportning o’rni,  salomatlikka ta’siri, sog’lomlashtirish tadbirlari va talabalar sportida Olimpiya harakatlari  roli haqida o’tkazildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar.

Kafedra professor-o’qituvchilarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari kafedrada tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida olib borilmoqda. Dars o’tish jarayonida talabalarga jismoniy sifatlarini tarbiyalash, jismoniy va tibbiy madaniyatni oshirish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy rivojlanishni chuqur singdirishga e’tibor qaratildi. Darsdan tashqari tadbirlarda universitet, fakul’tet miqyosida sport musobaqalari, bahs-munozaralar va ko’rik-tanlovlar o’tkazildi. Kafedramiz a’zolari dars jarayonida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash maqsadida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning tarbiyaviy jihatlariga ham alohida e’tibor qaratdilar. Kafedra a’zolari respublika viloyat, shahar va universitet miqyosida nishonlangan tadbir va bayramlarda Xalqaro turizm fakul’teti boshchiligida faol ishtirok etdilar.

 Jumladan, 2017 yil 3 mart Jismoniy madaniyat kafedrasi  a’zolari bilan 8 Mart “Xalqaro xotin – qizlar kuni” bayramiga bag’ishlab “Sport – go’zallik ramzi”  shiori ostida ayol professor-o’qituvchi va xodimlar o’rtasida sport musobaqalari uyushtirildi.

2017 yil 14 – 15 mart kunlarida universitet hududida tashkil etilgan umumxalq xashari, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish tadbirlariga faol ishtirok etdilar.

24.03.2017 yil TDIU, “Jismoniy madaniyat” kafedrasi va Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Ijtimoiy iqtisodiyot va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda ilmiy seminar tashkil etildi.

 29-aprel’ 2017 yl  kafedra professor-o’qituvchilari ishtirokida “Salomatlik sari” Respublika ommaviy  yugurish tadbiri o’tkazildi. 

20.05.2017 yil TDIU, “Jismoniy madaniyat” kafedrasi va Toshkent viloyati Piskent tumani Sanoat, iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda ilmiy seminar tashkil etildi.

 

Xalqaro hamkorlik

“Jismoniy madaniyat” kafedra professor-o’qituvchilari Toshkent shahrida joylashgan xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot, o’quv-uslubiy sohalarda hamkorlik ishlarini yo’lga qo’ygan. Jumladan, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan bir qator hamkorlik ishlari va sport musobaqalari olib borilmoqda. Shuningdek, Osiyo va MDH davlatlarida tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyalarda ham maqola va tezislar bilan ishtirok etilmoqda. Hozirgi kunda kafedraning istiqboldagi xalqaro hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish uchun yangi yo’nalishlardagi faoliyat turlari o’rganilmoqda. Jumladan, malaka oshirish, tajriba almashish va xalqaro loyihalar sohasida izlanishlar olib borishga e’tibor qaratilmoqda.

 

Innovasion-korporativ hamkorlik

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 noyabrdagi «Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovasion hamkorlikni amalga oshirishni  tashkil etish masalalari  to’g’risida»gi   va 2015 yil Oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi innovasion hamkorlikni amalga oshirishning tashkiliy masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida tegishli vazirlik va idoralar ma’sul rahbar xodimlari ishtirokida o’tkazilgan maxsus Hay’at yig’ilishining 49-sonli majlis bayonlarida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kafedra ta’lim yo’nalishiga mos tashkilotlar bilan innovasion-korporativ hamkorlik aloqalari o’rnatildi.

“Jismoniy madaniyat” kafedrasida 2015 yilda innovasion hamkorlik shartnomasini O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti bilan hamkorlik natijasida 2015-2016 o’quv yilida universitet professor-o’qituvchilari, talabalari hamda atoqli sportsemen jamoasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

 

Kafedra professor-o’qituvchilaritomonidan nashr etilgan o’quv, o’quv-uslubiy va amaliy ishlar

Ulashish: