O‘zbekiston tarixi kafedrasi

 

Kafedra mudiri: Ganiyeva Muborak Adilovna
Qabul vaqti: Dushanba 1400 – 1700

Shanba 1400 – 1700

Telefon: (0 371) 239-28-60​
E-mail: kafiqtt@tdiu.uz

muborakxonim@mail.ru

Veb-sayt: www.tdiu.uz

 

Kafedra tarixi

Kafedra 1961 yilda mustaqil kafedra sifatida tashkil topdi. Kafedra o‘z faoliyatini boshlagan vaqtida uning 12 ta o‘qituvchisi bo‘lib, ulardan bir nafari dotsent, besh nafari fan nomzodi, uch nafari katta o‘qituvchi va uch nafari assitent edi.

Kafedrani 1961-1986 yillarda tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Musayev Mahmud Musayevich, 1987-1992 yillarda tarix fanlari nomzodi, dotsent Qamariddin Usmonovich Usmonov, 1992-1997 yillarda falsafa fanlari doktori, professor Xakimov Nazar Xakimovich, 1997-2000 yillarda falsafa fanlari doktori, professor Bekdavlat Aliyevich Aliyev, 2000-2012 yillarda tarix fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Parmonqulovich Shodmonqulovlar boshqargan. 2012 yilda kafedrani tarix fanlari nomzodi, dotsent Najmiddin Ne’matovich Qodirov boshqarib kelmoqda. 2015-yil aprel oyidan boshlab kafedraga p.f.n., dotsent M.A. Ganiyeva rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra dastlab “Tarix”, “Iqtisodiy tarix” deb nomlangan bo‘lib, 2015 yildan “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi deb yuritila boshladi.

Bugungi kunda kafedrada 5 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ulardan 2 nafari dotsent, 2 nafari katta o‘qituvchi va 1 nafari esa assistent o‘qituvchidir.

Kafedra professor-o‘qituvchilari bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda «O‘zbekiston tarixi», “Mamlakatshunoslik”, “Muzeyshunoslik” fanlari va “Mustaqillik darslari” o‘quv kurslaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqdalar.

O‘tgan yillar mobaynida kafedra a’zolari tomonidan 40 dan ortiq monografiyalar chop etilib, ko‘plab ilmiy-nazariy va amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Mustaqillik yillarining o‘zida 500 b.t. dan iborat bo‘lgan 15 dan ortiq monografiya, 35 dan ortiq risola, bir qator ilmiy ishlar to‘plami xamda 150 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi.

Bugungi kunda kafedrada 2 nafar mustaqil tadqiqotchilar faoliyat olib bormoqda.

Kafedra iqtidorli talabalar bilan fan yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda ham o‘z tajribasiga ega. Kafedra a’zolari respublika, viloyat, tumanlar tashkilotlari, mahallalarda mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ma’naviy targibot bo‘yicha o‘qiyotgan ma’ruza va davra suhbatlari joylarda munosib baholanmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilarining respublika radio va televideniyasi hamda matbuotdagi ma’naviy-ma’rifiy chiqishlari, respublika miqyosidagi ma’naviyat-targ‘ibot ishlarida muntazam ishtirok etishi kafedraning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini belgilaydi.

 

Kafedrani boshqargan rahbar-xodimlar

Kafedrani 1961-1986 yillarda tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekitsonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Musayev Mahmud Musayevich
1987-1992 yillarda tarix fanlari nomzodi, dotsent Usmonov Qamariddin Usmonovich
1992-1997 yillarda falsafa fanlari doktori, professor Xakimov Nazar Xakimovich
1997-2000 yillarda tarix fanlari doktori, professor Aliyev Bekdavlat Aliyevich
2000 – 2012 yillarda tarix fanlari nomzodi, dotsent Shodmonqulov Ismoil Parmonkulovich

 

2012-2015 yillarda kafedrani tarix fanlari nomzodi, dotsent Qodirov Najmiddin Ne’matovich rahbarlik qilgan.

 

2015-yil aprel oyidan boshlab kafedraga p.f.n., dotsent Ganiyeva Muborak Adilovna rahbarlik qilib kelmoqda.

 

 

Kafedrada to‘liq stavkada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Kafedrada rejada belgilangan shtat bo‘yicha kafedrada  dotsent – 2 ta, katta o‘qituvchilar – 2 ta, assistentlar – 1 ta, kabinet mudiri – 1 ta lavozimda faoliyat yuritadilar. Ilmiy salohiyat 40 foizni tashkil etadi.

 

Foto F.I.Sh., 

Е-mail

Ilmiy darajasi va unvoni Ilmiy ishlari

(ilmiy maqolalar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar…)

1.

Ganiyeva Muborak Adilovna

muborakxonim@mail.ru

p.f.n., dotsent

2.

Xatamov Tohir Abdumutalovich

t.xatamov@mail.ru

t.f.n.,
dotsent

3.

Rahmatova Dilfuza Neymatovna

dilfuzaxonim69@mail.ru

katta o‘qituvchi

4.

Haydarov Zuhriddin Rabiyevich

hzurik@mail.ru

katta o‘qituvchi

5.

Ergashev Urolbek Berkinovich

ergashevjanoblari@mail.ru

assistent

 

O‘quv-uslubiy ishlar

O‘zbekiston tarixi kafedrasida o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlar kafedra majlisida tasdiqlangan o‘quv-uslubiy reja asosida olib borilmoqda. Kafedra jamoasi o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarni pedagogik texnologiya hamda zamonaviy axborot tizimlariga javob bera oladigan darajada olib borilishi va mavjud standartlar darajasiga chiqarishga asosiy e’tiborni qaratdilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “O‘zbekiston tarixi”, “Muzeyshunoslik” va “Mamlakatshunoslik” fanlaridan o‘quv dasturi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari asosida ishchi dastur, o‘quv, o‘quv-uslubiy, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqdilar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari universitet miqyosida tayyorlanadigan barcha mutaxassisliklar buyicha birinchi bosqich talabalariga “O‘zbekiston tarixi”, “Muzeyshunoslik” va “Mamlakatshunoslik” fanlari, “Mustaqillik darslari” kurslaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqdalar.

Kafedra jamoasi o‘z faoliyati davomida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga katta e’tibor berib kelmoqda. Shu maqsadda kafedrada bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Talabalar safidan iqtidorli yoshlar tanlab olinib ular ilmiy to‘garaklarga jalb etildi.

Kafedraning yangi pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining elektron variantlari universitet kutubxonasiga topshirildi. Bugungi ulardan talabalar keng foydalanmoqdalar.

Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishilari bo‘yicha o‘qitiladigan fanlardan darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruza matnlari, ishchi daftar, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan bo‘lib, ular o‘quv jarayoniga keng tadbiq etilmoqda.

O‘quv yili davomida kafedra professor-o‘qituvchilari o‘qitilayotgan fanlarning nazariy va uslubiy jihatdan yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash maqsadida ma’ruza matnlarini qaytadan tayyorlab muhokama qildilar. Ma’ruza matnlar kirill va lotin alfavitida tayyorlandi hamda ularni tayyorlashda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan, yangi tarixiy ma’lumotlardan unumli foydalanildi. Bundan tashqari kafedraning har bir professor-o‘qituvchisining o‘quv yili davomida kamida bir martadan ochiq darslari o‘tkazildi va bu darslar kafedra hamda o‘quv-uslubiy semenar yig‘ilishlarida muhokama etildi.

Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “O‘zbekiston tarixi” fani bo‘yicha ayrim mavzularni o‘tish va uni talabalar ongiga singdirish yuzasidan uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi va ishlab chiqildi. Dars o‘qitish metodlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha to‘plangan tajribalar davom ettirilib, boyitildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanilayotgan fanning metodik ta’minoti talabalarni fanni to‘liq o‘zlashtirishiga va darslarda ular faolligini oshirishga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Har bir fan bo‘yicha tayyorlangan ishchi o‘quv dasturda har bir mavzular bo‘yicha qaysi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalar ham berilgan.

Yil davomida kafedra buyicha 40 ga yaqin o‘zaro darslarga kirish amalga oshirildi.

Joriy o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalarin “Bahs-munozara”, “Ma’ruza anjuman”, “Mo‘jizalar maydoni”, “Raqobatchi tomonlar”, “Talabalar fikrlashini uyg‘otish” usullaridan foydalangan holda o‘tgan bo‘lsalar, seminar mashg‘ulotlarida esa “bahs-munozara”, “Kichik guruhchalarda ishlash”, “Kichik test sinovi”, “Dars anjuman” kabi interfaol usullardan foydalandilar. Dotsentlar M.Ganieva, T.Xotamov va katta o‘qituvchilar D.Rahmatova, assitent Z.Haydarov va O‘.Ergashevlar tomonidan tayyorlangan slaydlar, tarqatma materiallarning dars jarayonida qo‘llanilishi darslarning yanada jonli munozarada o‘tishiga zamin yaratdi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari dars jarayonida talabalar milliy ongini o‘stirish, o‘zligini anglash, ularning siyosiy madaniyatini oshirish, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy faol va ma’naviy barkamol shaxslar bo‘lib yetishishi, komil inson, vatanparvar qilib tarbiyalashda, ularni ushbu fanni o‘rganishni tashkil etishda barcha imkoniyat, usul va vositalardan samarali foydalanmoqdalar.

 

Ilmiy-tadqiot ishlari

Kafedraning faoliyatida ilmiy tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet kengashi qarorlariga asoslangan. Ilmiy tadqiqot ishlari ham aynan shu asosda tashkil etilib, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga, uning mazmunini boyitishga qaratilib kelinmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari:

p.f.n., dotsent Ganieva Muborak Adilovna – O‘zbekistonda oliy ta’lim rivoji (1991-2020 yillar);

t.f.n., dotsent Xatamov Toxir Abdumutalovich – O‘zbekistonda xalq ta’limi rivoji (1980-2018 yillar);

katta o‘qituvchi Rahmatova Dilfuza Neymatovna – Jadid allomalarining falsafiy-ahloqiy qarashlari;

katta o‘qituvchi Haydarov Zuhriddin Rabievich – O‘zbekistonda iqtisodiy bilimlar taraqqiyoti;

assistent Ergashev O‘rol Berkinovich – Toshko‘prulzodaning ilmiy-falsafiy merosi mavzulari bo‘yicha ilmiy izlanishlarini olib borishmoqda.

Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari universitet doirasida FM-11 “Fuqarolik jamiyatining ma’naviy-g‘oyaviy asoslari va davlatning sotsial-iqtisodiy qayta qurish sharoitida falsafiy, tarixiy, huquqiy, diniy va badiiy qadriyatlar tahlili” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib bormoqdalar.

Kafedrada professor Q.Ergashev rahbarligida 2 nafar mustaqil tadqiqotchi M.Mansurov va T.Xatamovlar “Farg‘ona vodiysida turizm taraqqiyoti va istiqbollari” hamda “O‘zbekistonda xalq ta’limi rivoji (1980-2018 yillar)” mavzularida doktorlik ishi yuzasidan tadqiqotlar olib bormoqdalar.

Kafedra a’zolari tomonidan so‘nggi 5 yil davomida 1 ta o‘quv qo‘llanma (yilning eng yaxshi darsligi nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan), 3 ta monografiya, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 100 ga ortiq ilmiy-ma’rifiy risolalar, maqolalar, tezislar nashr etildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot grantlari, mualliflik guvohnomalari, ilmiy-metodik ishlanmalar yuzasidan bir qator ishlar olib borildi.

2018-yilda 2 ta o‘quv qo‘llanma(vazirlik grifi bilan), 1 ta monografiya chop etilishi rejalashtirilgan.

2017-yil 28-aprelda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Ijtimoiy fanlar”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “O‘zbekiston tarixi” kafedralari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi hamkorligida, “2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bag‘ishlangan, “O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy masalalari” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdi.

“Globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzuidagi talabalari ilmiy-amaliy anjumanining “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi “Mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy, tarixiy, ma’naviy va madaniy taraqqiyot yo‘li” sho‘basining ma’ruzalari muhokamasi olib borilib, sho‘ba ishi yakunida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan talabalar sertifikatlar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Jumladan, “Eng dolzarb mavzu” nominatsiyasi bo‘yicha ma’ruza qilgan Iqtisodiyot fakulteti 1 bosqich talabasi Azimov O‘tkir 1 o‘ringa munosib topildi.

“Eng kreativ mavzu” nominatsiyasi bo‘yicha ma’ruza qilgan Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti 1 bosqich talabasi Shukurullaeva Sayyora 1 o‘ringa munosib topildi.

“Eng faol talaba” nominatsiyasi bo‘yicha ma’ruza qilgan Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti 2 bosqich talabasi Qarshiev Shaxzod 1 o‘ringa munosib topildi.

“Intellektual ma’ruza uchun” nominatsiyasi bo‘yicha ma’ruza qilgan Iqtisodiyot fakulteti 2 bosqich talabasi Jo‘rabekov Inompo‘lat 1 o‘ringa munosib topildi.

“Eng faol talaba” nominatsiyasi bo‘yicha ma’ruza qilgan Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti 1 bosqich talabasi Nomozov Sherali 1 o‘ringa munosib topildi.

“Eng yaxshi ma’ruza” nominatsiyasi bo‘yicha ma’ruza qilgan Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti 1 bosqich talabasi Madaminova Nargiza 1 o‘ringa munosib topildi.

“Eng qiziqarli ma’ruza” nominatsiyasi bo‘yicha ma’ruza qilgan Iqtisodiyotda axborot tizimlari 1 bosqich talabasi Mers Yuliya 1 o‘ringa munosib topildi.

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari kafedrada tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida olib borilmoqda. Dars o‘tish jarayonida talabalarga xalqimiz, Vatanimiz tarixi reja va dastur asosida chuqur o‘qitilishi, ularga tarixiy an’analarni chuqur singdirishga e’tibor qaratildi. Darsdan tashqari tadbirlarda universitet, fakultet miqyosida tarixiy siymolarga bag‘ishlangan kechalar, bahs-munozaralar va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z darslarini mustaqilligimiz, milliy g‘oya va milliy mafkura talablaridan kelib chiqqan holda olib bordilar. Kafedramiz a’zolari dars jarayonida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash maqsadida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning tarbiyaviy jihatlariga ham alohida e’tibor qaratdilar. Kafedra a’zolari respublika viloyat, shahar va universitet miqyosida nishonlangan tadbir va bayramlarda Xalqaro turizm fakulteti boshchiligida faol ishtirok etdilar.

Jumladan, 2017-yil 6-aprel kuni buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan “Amir Temur va temuriylar davri tarixiy, madaniy, ma’naviy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni” mavzusida madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston ma’rifatparvarlar jamiyati raisi, professor U.Uvatov hamda O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist B.Muhammadkarimov ham so‘zga ch iqib, har qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi, davlat chegaralarining daxlsizligi – shu mamlakat fuqarolarining o‘z yurtiga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalanganliklari, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bo‘lsa, jon fido qilishga ham tayyor bo‘lishdek olijanob fazilatlarga ega bo‘lishlari bilan bog‘liqligini, yurtimiz tarixida bunday hislatlarga ega bo‘lgan, komil va yetuk shaxslar talaygina ekanligini, ular ichida sohibqiron Amir Temur bobomizning o‘rini beqiyosligini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qil ingan kunning 26 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2017-yil 18-noyabr kuni “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi tomonidan “Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirga taklif etilgan mehmon Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Sh.Jumaev ham so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlanganligini, bayrog‘imiz tasviri mamlakat hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarini, xalqimizning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettirishini aytib o‘tdi.

2018-yil 11-yanvar kuni “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi tomonidan Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganligini yigirma olti yilligi bayramini munosib nishonlash maqsadida “Vatan himoyasi bizning ham burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri dotsent M.Ganieva tabrik so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni “Vatan himoyachilari kuni” bilan samimiy muborakbod etdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Umumharbiy tayyorgarlik” kafedrasi boshlig‘i polkovnik Ibrohim Hakimjonovich Maxmudov O‘zbekiston Qurolli kuchlarida amalga oshirilgan islohotlarning bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarning tarixiy ahamiyati, bugungi kundagi harbiy mojarolarning salbiy oqibatlari, hozirgi tinch farovon hayotimizga shukrona keltirib yashash kerakligi to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

Kafedra jamoasi Vatanimizda yetishib chiqqan buyuk allomalarning ilmiy ijodiyoti va ularning boy ma’naviy merosini hamda ushbu allomalarning tavallud kunlariga bag‘ishlangan tadbir va kechalarni muntazam o‘tkazib keladi. Shunday tadbirlardan biri 2018-yil 15-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” nomli adabiy-badiiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nurboy Jabborov ishtirok etdi. N.Jabborov “Navoiy qalblarda yashayveradi” nomli ma’ruzasida asosiy e’tiborini mutafakkirning hayoti, ijodi, uning adabiy merosiga qaratdi. Ayniqsa, N.Jabborov tomonidan Navoiyning hozirgi zamon mafkurasi va ma’naviyati uchun nihoyatda hos bo‘lgan Vatan tushunchasi, yorga muhabbat, do‘stga sadoqat va boshqa shu kabi falsafiy tushunchalarning mohiyati ochib berildi.

2018-yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anevich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” mavzusida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qilgan bunyodkorlik ishlari va amalga oshirgan islohotlari to‘g‘risida talaba-yoshlar kerakli ma’lumotlarni oldilar.

 

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston tarixi kafedra professor-o‘qituvchilari Toshkent shahrida joylashgan xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy sohalarda hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan bir qator hamkorlik ishlarini olib borilmoqda. Shuningdek, Osiyo va MDH davlatlarida tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyalarda ham maqola va tezislar bilan ishtirok etilmoqda. Hozirgi kunda kafedraning istiqboldagi xalqaro hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish uchun yangi yo‘nalishlardagi faoliyat turlari o‘rganilmoqda. Jumladan, malaka oshirish, tajriba almashish va xalqaro loyihalar sohasida izlanishlar olib borishga e’tibor qaratilmoqda.

 

Innovatsion-korporativ hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 noyabrdagi «Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlikni amalga oshirishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi va 2015 yil Oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni amalga oshirishning tashkiliy masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tegishli vazirlik va idoralar ma’sul rahbar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan maxsus Hay’at yig‘ilishining 49-sonli majlis bayonlarida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kafedra ta’lim yo‘nalishiga mos tashkilotlar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasida 2015-yilda innovatsion hamkorlik shartnomasini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi bilan yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ushbu innovatsion-korporativ hamkorlik natijasida 2015-2016 o‘quv yilida O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyida – kafedra professor-o‘qituvchilari, xalqaro turizm fakulteti talabalari hamda Respublikaning atoqli olimlari hamda muzey jamoasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

 

Kafedra professor-o‘qituvchilaritomonidan nashr etilgan o‘quv, o‘quv-uslubiy va amaliy ishlar

Ulashish: