Ijtimoiy fanlar kafedrasi

“IJTIMOIY FANLAR”  kafedrasi tarixi

Toshkent xalq xo‘jaligi instituti tarkibida «Falsafa» kafedrasi 1961 yilda tashkil topdi. Kafedraga dastlab dots. V.M.Yakovlev, keyinchalik prof. S.P.Tursunmuxamedov, dots. I.I.Isxoqovlar rahbarlik qildi. Ular safida dots. I.Erbo‘taev, dots. B.U.Qosimov, kat.o‘qit. R.A.Dervish kabi tajribali o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatdilar. Keyinchalik prof. V.M.Kandinov, dots. D.Mamatov, prof. I.Saifnazarov, dots. O.S.Bahodirov, dots. O‘.K.Jalolova,  dots. A.F.yemelin, dots. J.Qodirov, dots. Yu.Sattorov, dots. T.Karimov, dots. J.Maxkamov, dots. A.Muxtarov, dots. A.Hukumov, prof. O.Fayziev, dots. N.Baratov va boshqalar kafedraga kelib qo‘shildilar.

1970 yillarga kelib kafedra ham son, hamda sifat jihatidan o‘sdi va kafedrada yangi mutaxassisliklar ochildi. Natijada “Falsafa” kafedrasi ikkiga bo‘linib «Umumiqtisodiy mutaxassisliklari falsafa kafedrasi» kafedra mudiri, f.f.d., prof. Y. J. Jumaboev  va «Hisob-iqtisod mutaxassisliklari falsafa kafedrasi»ga kafedra mudiri  etib V.M.Kandinov tayinlandi va 1978-1993 yillar davomida mustaqil faoliyat ko‘rsatdi.

1993 yilga kelib, har ikkala kafedra qayta birlashtirildi. Kafedraga iste’dodli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, professor Y. J. Jumaboev rahbarlik qildi.1998 – yildan boshlab esa kafedrani falsafa fanlari doktori, professor I.S.Saifnazarov va 2010 – yildan boshlab esa f.f.d., professor A.Muxtarov boshqarib kelmoqda.

 

Kafedrada faoliyat oli borayotgan professor-o’qituvchilar

       
1 Azamat Muxtarov falsafa fanlar doktori  
2 Saifnazarov Ismoil falsafa fanlar doktori  
3   Boboyev Axmad Bekturdiyevich falsafa fanlari nomzodi  
4   Sultonov Tursinbay falsafa fanlari nomzodi  
5 Abdullaxanova Gulbaxor Sattarova falsafa fanlari nomzodi  
6 Raximbabayeva Nigora Abdurasulova  falsafa fanlari nomzodi  
7 Ilxamjonov Lutfulla Sultanovich katta o’qituvchi  
8 Qudratova Umida Raxmatova katta o’qituvchi  
9   Usmonov Farxod Latipovich katta o’qituvchi  
10 Doniyorov X katta o’qituvchi  
11   Ernazarov Dilmurod Zuxriddinovich katta o’qituvchi  
12   Muzzafarov Asror Mamalatifovich assistent  
13   Mamatqulov Shuxrat Turopovich  assistent  
14   Tolibov Abdurauf Nuriddinovich  assistent  
         

 

O‘quv-uslubiy ishlar

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasida professor-o‘qituvchilari bakalavr yo‘nalishida “Falsafa”, “Dinshunoslik”, “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”, magistratura bosqichida esa “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanlarini o‘tib kelmoqda. Hozirgi kunda barcha o‘tiladigan fanlar bo‘yicha “Ishchi dasturlar”, “Ma’ruza matnlari”, “O‘quv uslubiy majmua”, “Ishchi daftar” lar tayyorlandi va o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.

Shuningdek falsafa fanlari doktori, professorlar I. Saifnazarov, A.Muxtarov, dotsent N.A.Raximbabaeva va katta o‘qituvchilar F.Usmonov, D.Ernazarovlar tomonidan bakalavr bosqichi talabalarining mustaqil ta’limi va oraliq nazorat topshiriqlarini bajarishi uchun “Mening mahallam – mening faxrim”, “Ustozim – hayotim chirog‘i”, “Mening oilam – mening baxtim”, “Maxallaning faol tadbirkorlari va innovatsion tafakkur” mavzularida o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar yaratildi. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar uchun falsafa fanlari doktori, professor I. Saifnazarov O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi unitar korxonasi tomonidan mualliflik guvohnomasini oldilar. Mazkur innovatsion loyiha Respublikaning barcha Oliy o‘quv yurtlariga joriy qilinmoqda.

Ushbu o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilardan A.Muxtarov va T.Sultonovlar tomonidan “Milliy g‘oya”, “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar nashr qilindi. Prof. A. Muxtarov, dots. A. Boboev muallifligida “Mantiq” fanidan darslik nashr qilindi. I.Saifnazarov, A.Muxtarov, T.Sultonovlar tomonidan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o‘rganish bo‘yicha” ilmiy-uslubiy risola nashr qilindi. Katta o‘qituvchi Ernazarov D. Democratization and national self-consciousness nomli monografiyani Germaniyada nashr qildi.
Kafedrada falsafa fanlari nomzodi, dotsent G. Abdullaxanova va assistent A. Tolipovlar maxsus akademik guruhlarda ingliz tilida dars o‘tmoqdalar.

O‘quv yilining boshida o‘zaro va ochiq darslarga kirish rejasi tuzilib, kafedra majlisida tasdiqlangan. Ushbu reja asosida professor-o‘qituvchilar bir-birlarining o‘zaro darslariga kirib tajriba almashadilar. Bu haqdagi ma’lumot ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi. Ochiq darsga kirish Universitetning o‘quv bo‘limi tomonidan belgilangan reja asosida ham amalga oshiriladi, bunda har bir kafedra a’zosining tajriba almashinuvi muntazam kafedra majlisida muhokama qilinib borildi (har oyda 2 marotaba).

Kafedrada o‘tiladigan fanlar bo‘yicha innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi foiz hisobida quyidagicha:

– Falsafa – 100%

– Dinshunoslik – 100%

– Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillari – 100%

– Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi – 80%

– Ilmiy tadqiqot metodologiyasi – 80%

O‘quv jarayonida ma’ruza matnlaridagi normativ qoidalariga to‘liq rioya qilinmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari uslubiy ishlarni quyidagi uchta bosh yo‘nalish bo‘yicha olib boradilar.

Birinchidan – kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchi-larning ilmiy-pedagogik va ma’naviy-axloqiy saviyasiga ko‘ra zamonaviy talablar darajasida bo‘lish, ya’ni pedagogik mahoratga ega bo‘lish;

Ikkinchidan – kafedra jamoasi oldida turgan o‘quv-uslubiy ishlarning yuksak professional darajada bajarilishini ta’minlash;

Uchinchidan – kafedra a’zolarining har tomonlama o‘sishi va rivoj-lanishiga, ayniqsa yosh o‘qituvchi-assistentlar bilan ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan katta yoshdagi mohir va tajribali ustozlarning bilim va malakalarini keyingi avlodning shakllanishiga ta’sir etuvchi vorisiylik munosabatlariga alohida e’tibor qaratildi

 

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Bugungi kunda kafedrada jami 14 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shundan 2 ta fan doktori, professorlar, 4 ta fan nomzodi, dotsentlar, 4 ta katta o‘qituvchi, 2 ta assistent hamda 2 ta doktorant (PhD) faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.

Kafedraning tajribali, yetuk olimlaridan akademik S.P.Tursunmuxamedov hozirgi kunda nafaqada, falsafa fanlari doktori, professor I.Saifnazarov; kafedra mudiri falsafa fanlari doktori, professor A.Muxtarov; dotsentlar: T.Sultonov, N.Raximbaboeva, G.Abdullaxanova, A.Boboev, katta o‘qituvchilar L.Ilxomjonov, F.Usmonov, U.Qudratova; D.Ernazarov, assistentlar Sh.Mamatqulov; A.Tolipov faoliyat olib borishmoqda. Bundan tashqari kafedraning 2 nafar a’zosi X.Doniyorov va A.Muzaffarovlar TDIUning D.Ernazarov, A.Obidov, F.Yo‘ldoshev, M.Teshaboev, B. Primovlar mustaqil tadqiqodchilar hisoblanadi. Ularning ilmiy tadqiqot ishlariga falsafa fanlari doktori, professor I.Saifnazarov va falsafa fanlari doktori, professor A.Muxtarovlar rahbarlik qilishmoqda. Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati o‘sib bormoqda. Faqatgina 2000-2017 yillar mobaynida kafedrada 1900 b.t. dan ortiq hajmda ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. Shu davr mobaynida 24 ta ilmiy monografiya, 18 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta darslik chop etildi. Kafedra o‘z faoliyati davomida respublikamizdagi yirik ilmiy muassasalar, oliy o‘quv yurtlari hamda Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi bilan o‘zaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratmoqda.

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyish va qaror, nutqlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan Qonunlar, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini kafedra professor-o‘qituvchilari talaba yoshlar va keng xalq ommasiga yetkazish, targ‘ib qilish borasida samarali mehnat qilmoqdalar. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar aholisi o‘rtasida ham keng targ‘ib qilmoqdalar. Akademik guruhlarda olib borilgan dars jarayonlarida 5-10 daqiqa davomida ma’naviyat va ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy masalalariga e’tibor qaratilmoqdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari zamon talablaridan kelib chiqib barkamol avlodni vatanparvarlik, o‘z xalqiga sadoqat, millatlar o‘rtasidagi totuvlikni kuchaytirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab avaylash ruhida tarbiyalashda sitqidildan mehnat qilmoqdalar. Talabalarning turar joylarida muntazam ravishda turli mavzularda qiziqarli uchrashuvlar, adabiy kechalar uyushtirilmoqda. Ayniqsa “Mustaqillik kuni”, “Ustoz va murabbiylar kuni”, “Konstitutsiya kuni”, “Vatan himoyachilari kuni”, “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami”, “Navro‘z” umumxalq bayrami, “Xotira va qadrlash kuni” tadbirlari qiziqarli tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlarda Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriy pedogog ustozlar, xalqimiz sevgan san’atkorlar va shoir-yozuvchilar taklif etilib ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yanada mazmunliroq o‘tilishiga erishishmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati kafedra mudiri f.f.d. prof. A. Muxtarov, dotsent G. Abdullaxanova, katta o‘qituvchi L. Ilhomjonov “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan falsafa fanlari doktori, professor I. Saifnazarov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi 25 yilligi” esdalik nishoni bilan ta

 

Xalqaro hamkorlik

Bugungi kunda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi TDIU va Turkiyaning “Mevlana” universiteti o‘rtasida tuzilgan Memorandum asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Turkiyaning “Mevlana” universiteti tomonidan e’lon qilingan Political Science yo‘nalishida hamkorlik qilishni yo‘lga qo‘ydi. Kafedra katta o‘qituvchisi D.Ernazarov Turkiyaning “Mevlana” universiteti tomonidan e’lon qilingan Political Science yo‘nalishida 3 oylik malaka oshirishga tayyorgarlik ko‘rmroqda.

Polshaning Yagellonskiy universitetida polyak tili grammatikasi, adabiyoti, falsafasi tarixi, san’atiga oid yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilish nazarda tutilmoqda. Polshaning Yagellonskiy universiteti tomonidan e’lon qilinadigan ta’lim grantlari, yozgi maktablarda ishtirok etish uchun X.Doniyorov va A.Tolipov tayyorgarlik ko‘rishmoqda

 

Innovatsion-korporativ hamkorlik

Bugungi kunda TDIU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiyot oliy maktabi milliy tadqiqot universiteti (Vыsshaya shkola ekonomiki Natsionalnыy issledovatelskiy universitet) bilan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning dolzarb muammolari” yo‘nalishida innovatsion-korporativ hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu borada kafedra katta o‘qituvchi D.Ernazarov mazkur Oliy o‘quv yurti bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Ular tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiya va yozgi maktablarda ilmiy maqolalari bilan muvoffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Ulashish: