Kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi

Kafedra haqida

1997-yil “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilinishi asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Kasb ta’limi” (iqtisodiyot) ta’lim yo‘nalishi hamda “Iqtisodiyot pedagogi” mutaxassisligi ochildi. Ushbu yil mazkur ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik bo‘yicha i.f.d., prof. N.Xo‘jaev rahbarligida “Iqtisodiy ta’lim pedagogikasi” kafedrasi tashkil etildi.

1998 yil universitetda p.f.d., prof. M.Karimova rahbarligida esa “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi tashkil qilindi. 2005 yil 26 avgustdagi Ilmiy kengash qaroriga asosan “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi hamda “Iqtisodiy ta’lim pedagogikasi” kafedralari birlashtirilib, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasiga aylantirildi. 2005-2008 yillar mobaynida kafedrani p.f.d., prof. V.Karimova, 2008-2012 yillar mobaynida p.f.n., dots. M.Xoshimovalar boshqargan. 2012 yil TDIU Ilmiy kengashi qaroriga asosan “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining nomi “Iqtisodiy pedagogika” deb nomlandi va uni p.f.d., professor M.Xakimova boshqarib keldi. 2015 yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga asosan kafedraning nomi “Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” kafedrasi deb o‘zgartirildi. Hozirga qadar “Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” kafedrasida 5111000 – Kasb ta’limi (5230100-Iqtisodiyot) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr hamda 5A111001 – “Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi” (iqtisodiyot) mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.

Kafedrani boshqargan rahbar xodimlar

YILLAR RAHBARLAR
1997-2005 yil Xo‘jaev Nutfullo
2005-2008 yillar Karimova Vasila Mamanosirovna
2008-2012 yillar Xoshimova Ma’suda Komiljonovna
2012-2015 yillar Xakimova Muhabbat Fayzievna
2015-2017 yillar Mamajonov Ikromjon G‘anijonovich
2017-2018 yillar Lutfullaeva Nigora Xalimboevna

TA’LIM YO‘NALIShLARI VA MUTAXASSISLIKLAR

“Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” kafedrasida:
1. 5111000 – Kasb ta’limi (5230100-Iqtisodiyot) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr

hamda

2. 5A111001 – “Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi” (iqtisodiyot) mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.

KAFEDRADA FAOLIYaT OLIB BORAYoTGAN ASOSIY ShTATDAGI PROFESSOR-O’QITUVChILAR

Rasm F.I.Sh. Ilmiy daraja, Ilmiy unvonlar  

Elektron pochta

  Hakimova Muhabbat

Fayzievna

Pedagogika fanlari doktori, professor mfhakimova1962@

mail.ru

  Ibragimova Gulnora

Xavazmatovna

Pedagogika fanlari doktori, professor sherzod7.23@

mail.ru

  Fayzullaeva Nilufar

Sadullaevna

Pedagogika fanlari nomzodi, dosent nilufarfs

@yahho.com

  Lutfullaeva Nigora

Xalimboevna

 

Psixologiya fanlari nomzodi, dosent

zarnigor1971@

mail.ru

  Abdullaeva Ra’najon

Matyoqubovna

Psixologiya fanlari nomzodi, dosent ranajan14

@mail.ru

  Shomurotova Nigora

Nabijonovna

Psixologiya fanlari nomzodi, dosent nigora_sh_n@

mail.ru

  Ochilova Gulnoza

Odilovna

Katta o’qituvchi gulnoza-ochilova

@mail.ru

  Musaxonova Gulnora

Mavlyanovna

Katta o’qituvchi musahanova@

bk.ru

  Miralieva Dilafruz 

Taxirovna

Katta o’qituvchi cool.miralieva

@mail.ru

  Djuraeva Muxayyo To’raevna Katta o’qituvchi dzhuraeva.66

@inbox.ru

KAFEDRANING O‘QUV USLUBIY IShLARI

KAFEDRANING ILMIY TADQIQOT ISHLARI

Kafedra umumiy ilmiy mavzusi doirasida zamonaviy pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolari, tarbiyaning ijtimoiy asoslari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, talabalarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash kabi muammolar doirasida istiqbolli ilmiy izlanishlar olib boriladi. Jumladan,

1. Xakimova M.F.
Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv jarayonni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.
2. Ibragimova G.X.
Iqtisodiy ta’lim jarayonida multimedia vositalari asosida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish.
3. Fayzullaeva N.S.
Iktisodiy ta’lim tizimida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.
4. Lutfullaeva N.X.
Bo‘lajak iqtisodchi talabalarda kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishning psixologik jihatlari
5. Shomurotova N.N.
Iqtisodiy ta’lim integratsiyasida psixologik faollikni ta’minlash usullari
6. Abdullaeva R.M.
Talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik yondashuvi.
7. Musaxanova G.M.
Rahbar ayollar faoliyati samaradorligiga emotsional intellekt ta’siri.
8. Ochilova G.S.
Tadbirkorlik motivatsiyasiga oilaviy biznesning ta’sirini gender xususiyatlari.
9. Miralieva D.M.
Milliy qadriyatlar va an’analar asosida talabalarda iqtisodiy madaniyatni shakllantirish yo‘llari.

2017-yil davomida kafedraning “Fuqarolik jamiyatning ma’naviy-g‘oyaviy asoslari va Davlatning sotsial-iqtisodiy qayta qurish sharoitida falsafiy, tarixiy, xuquqiy, diniy va badiiy qadriyatlar tahlili” ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusi bo‘yicha yetakchi professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari quyidagi mavzularda olib borildi:

KAFEDRANING IQTIDORLI TALABALAR BILAN IShLAShI

Iqtidorli talabalar bilan ishlash ham muhim yo’nalishlardan biri bo’lib,  2017 yilida, har bir kurs kesimida, kafedraga tegishli bo’lgan yo’nalish doirasida iqtidorli talaba bilan ishlash bo’yicha reja tuzilgan. Kafedrada ikkita ilmiy to’garak faoliyat ko’rsatadi.

“Yosh iqtisodchi pedagog” ilmiy tugarakni psixologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi R.M.Abdullaeva va G.Musaxanova boshqaradi. To’garak ish rejasi mavjud.

 To’garak ishining maqsadi – talabalarga tadbirkorlik va biznes sohasining boshqaruv faoliyatini tashkil etishda pedagogik va psixologik bilimlarni berish, amaliy tavsiyalar ko’rsatishdan iborat. To’garak o’z faoliyatini ijtimoiy-psixologik treninglar, ishbilarmon hamda rolli o’yinlarni tashkil etish orqali olib bormoqda.Ushbu to’garakka Respublika yetakchi pedagog va psixologlar taklif qilinib, hozirgi zamon pedagogika va boshqaruv psixologiyasining dolzarb muammolari bo’yicha seminar-trening darslari tashkil etildi.

”13 aprel’ 2017 yil talabalar Respublika fan olimpiadasida 1 bosqich “Kasbiy ta’lim” fani buyicha 11 nafar talabalar qatnashgan. Talabalar “Kasbiy ta’lim” fanlaridan og’zaki savol-javob, yozma ish, test, masala yechish bo’yicha topshiriqlarni bajardilar. Har bir tur sinovlari 100 ballik tizim bo’yicha baholandi. Talabalarning olgan ballari xay’at tomonidan jamlandi.     Olimpiadaning 1-bosqichi yakunlariga ko’ra quyidagi talabalar g’oliblikni qo’lga kiritdilar:

I-o’rin – Qulmatov Jasurbek Chori o’g’li  “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakul’teti, 3-bosqich, KE-51 guruh talabasi, ilmiy rahbar katta o’qituvchi Musaxanova G.M.

II-o’rin – Saloxiddinova Bibixadicha Burxon qizi  “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakul’teti, 3-bosqich, MR-52 guruh talabasi, ilmiy rahbar dos. Fayzullaeva N.S.

III-o’rin – Toshbotirova Sojidaxon Abduxalil kizi  “ Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakul’teti, 2-bosqich, KE-84 guruh talabasi,  ilmiy rahbar ass. Begmatov D.I.

Namangan davlat muxandislik institutida 2017 yil 17-18 may kunlari o’tkazilgan “Kasbiy ta’lim” fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichida “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakul’teti, 3-bosqich, KE-51 guruh talabasi Qulmatov Jasurbek Chori o’g’li (ilmiy rahbar katta o’qituvchi Musaxanova G.M.) 4-o’rinni egalladi.

Shu bilan birga kafedraning muhim yutuqlaridan biri – 4 kurs KE-51  guruh talabasi Qulmatov Jasurbek kafedra professor o’qituvchilar tomonidan tayyorlanib, O’zbekiston Respublikasi Prezident nomidagi davlat stipendiyasini pedagogika yo’nalishi bo’yicha  sovrindori  bo’lgan.  Ilmiy rahbar – pedagogika fanlari doktori, professor – Hakimova M.F.

Shuningdek, “Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi (iqtisodiyot) mutaxassisligi talabalarining ilmiy seminarlari tashkil etildi. Unda 7 nafar talabalar o’z ilmiy mavzulari bilan ishtirok etishdi.

Magistratura bo’limi tomonidan an’anaviy “O’zbekiston iqtisodiyotini institusional rivojlantirish: yutuqlar, muamollar, yechimlar” mavzusida o’tkazilgan  Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari asosida chop etiladigan maqolalar to’plamida bir qator iqtidorli yoshlarning ham ishtirokini e’tirof etish mumkin.

KAFEDRANING MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLARI

 “Kasb ta’limi” (iqtisodiyot) kafedrasida ma’naviy va ma’rifiy ishlar universitet, fakul’tet hamda kafedraning 2016-2017 o’quv yili uchun tasdiqlangan ish rejalari asosida olib borilib, unda asosiy e’tibor O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlariga qaratildi. Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari rejasi aynan shu tamoyillarga asoslanib ishlab chiqilgan va fakul’tet kengashida tasdiqlangan. Shu bois, universitet, fakul’tet hamda kafedra miqyosida o’tkazilayotgan barcha tadbirlar mustaqillik, milliy madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash, vatanparvarlik hissiyotlarini shakllantirish ruhida amalga oshirilmokda. Barkamol va sog’lom avlodni tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni va milliy istiqlol mafkurasini yosh avlod qalbiga singdirish, ularni  vatanparvarlik, insonparvarlik, el yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash bo’yicha qo’ygan vazifalaridan kelib chiqib fakul’tet professor – o’qituvchilari talabalar o’rtasida keng jamoatchilik ishlarini olib bormoqda.

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-marifiy va sport sohasiga oid tadbirlar rejalashtirilgan bo’lib, kafedra a’zolari bu yo’nalishda bir qator tadbirlarni amalga oshirdilar. Jumladan, 1-sentyabr’ “Mustaqillik kuni”, 1-oktyabr’ “Ustoz va murabbiylar kuni”, 8-dekabr’ “Konstitusiya kuni”, “Yangi yil bayrami”, 14-yanvar’ “Vatan himoyachilari kuni”, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”, 21-mart “Navro’z bayrami” hamda 9-may xotira va qarlash kuni” kabi umuxalq bayramlari bilan bir qatorda talabalar turar joylarida “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Oila-tarbiya maskani”, “Sport sog’liq garovi” mavzularida marifiy uchrashuvlar o’tkazildi.

2016 yil 14 sentyabr kuni 1 – sonli talabalar turar joyida “Umuminsoniy qadriyatlarning talabalar hayotidagi o’rni”  mavzusida o’tkazilgan tadbir tashkil etildi. Tadbir mehmoni Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi katta ilmiy xodimi ps.f.n., dosent F.Akramova bo’ldi.

 

Ulashish: