Ekonometrika kafedrasi

Ekonometrika  kafedrasi

  Kafedra mudiri: Ishnazarov Akrom Ismoilovich
  Qabul vaqti: Dushanba 1400 – 1700

Shanba 1400 – 1700

  Telefon:   (0 371) 239-28-04, 239-01-52​
  E-mail: kafbux@tdiu.uz
  Veb-sayt: www.tdiu.uz

 

KAFEDRADA RAHBARLIK QILGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR

1936-1937 yillar V.I. Pereslegin
1940- 1942 yillar B.N. Mirenskiy
1942-yillar N.A.Kiparisov
1985-1987-yillar Professor А. Karimov
1987-1993 yillar Dotsent  S.А. Novosardova
1993-2000 yillar Professor Q.А. Аlimov.
2001- 2003 yillar Professor R.X. Аlimov.
2003-2004 yillar Dotsent  S.А. Novosardova
2004-2015 yillar Professor R.X. Аlimov.
2015-2016 yillar Dotsent O`.T. Xayitmatov
2016-yil – h.v. A.I. Ishnazarov

 

KAFEDRA TARIXI

«Ekonometrika» kafedrasi ilk bor «Ma`lumotlarni mashinalashgan holda qayta ishlashni tashkil  etish» nomi bilan 1979 yilda tashkil topgan. Kafedraning birinchi mudiri  i.f.n., prof. A. Pattoxov bo`lib,  u kafedrani 1985 yilgacha boshqargan.

 «Ekonometrika» kafedrasi 2000 yildan boshlab bakalavriatning «Kasb   ta`limi   (Informatika   va   axborot texnologiyalari)» ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar hamda 2010 yildan «Ekonometrika» mutaxassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlamoqda. Bugungi kunda kafedra tomonidan tayyorlangan mutaxassislar milliy iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko`rsatmoqdalar.

Bugungi kunda kafedrada 2 ta fan doktorlari, professorlar, 7 ta fan nomzodlari, dotsentlar, 6 ta katta o’qituvchilar, 2 ta assistent faoliyat ko’rsatmokdalar.

KAFEDRADA TO‘LIQ STAVKADA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI

Foto surati F.I.O Ilmiy darajasi va unvoni e-mail
1. Abdullayev Olimjon Mirzajonovich I.f.d. professor

 

Abdullayev68@mail.ru
2   Alimov Raimjon Xakimovich I.f.d. professor

 

Alimov_Raimjon@mail.ru
3. Azamatov Obidxo`ja Xalxojayevich

 

Iqtisod fanlari nomzodi ObidxojaA@mail.ru
4. Almurodov Abdulla Iqtisod fanlari nomzodi Almuradov.55@mail.ru
5. Akramov Akbar Akmalovich Katta o`qituvchi Akromovakbar@mail.ru
6. Djumaniyozov Shavkat Rahimovich Katta o`qituvchi ShavkatRj@mail.ru
7. Majidov Rahimboy Risqiboyevich Katta o`qituvchi rahimboy56@mail.ru
8. Mo`minova Maxbuba Abduvafoevna Katta o`qituvchi Mahbuba7373@mail.ru
9. Nurullayeva Shaxnoza Toxtasinovna Katta o`qituvchi Shaxnoza1969@mail.ru
10. Ro`zmetova Nazira Shonazarovna Katta o`qituvchi naziraruzmetova@mail.ru
11. Saydullayeva Saodat Abdumajidovna assistent Saydullaexa.saodat@mail.ru
12. Fayziyev Rabim Aliqulovich Fizika- matematika fanlari nomzodi, profesor Fayziyev.dots@mail.ru
13. Xayitmatov O`ktam Turg`unovich Texnika fanlari nomzodi, dotsent

 

xayitmatov@mail.ru
14. Sharipov Bahodir Oqilovich Katta o`qituvchi bahodir.61@mail.ru
15. Sabirov Hasan Nusratovich assistent mr.s.h.n@mail.ru

 


KAFEDRAGA BIRIKTIRILGAN TA’LIM YO‘NALISHI VA MUTAXASSISLIKLAR

5111000 – Kasb ta`limi (informatika va axborot texnologiyalari);

5А230106 – Ekonometrika.

 

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TA’LIM BERADIGAN YO‘NALISHLAR VA MUTAXASSISLIKLAR

(bakalavriat va magistratura kesimida)

Bakalavriat:

5111000 Kasb ta’limi (5230100 Iqtisodiyot)
5111000 Kasb ta’limi (5330200 Informatika va axborot texnologiyalari)
5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230400 Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230700 Bank ishi
5230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
5230800 Soliqlar va soliqqa tortish
5231400 Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5231600 Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi
5231700 Kadrlar menejmenti
5231900 Korporativ boshqaruv
5330200 Informatika va axborot texnologiyalari (iqtisodiyot)
5610100 Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil etish va boshqarish)

Magistratura:

5А230102 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5А230106 –   Ekonometrika
5A111000 Kasb ta’limi (5230100 Iqtisodiyot)
5A111000 Kasb ta’limi (5330200 Informatika va axborot texnologiyalari)
5A230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5A230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5A230400 Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5A230700 Bank ishi
5A230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
5A230800 Soliqlar va soliqqa tortish
5A231400 Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5A231600 Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi
5A231700 Kadrlar menejmenti
5A231900 Korporativ boshqaruv
5A330200 Informatika va axborot texnologiyalari (iqtisodiyot)
5A610100 Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil etish va boshqarish)

 

KAFEDRANING ILMIY TADQIQOT FAOLIYATI

Oxirgi yillarda respublikamizda o`qitishning axborot – kompyuterli texnologiyalari faol ishlab chiqilmoqda va keng qo`llanilmoqda. O`qitishda axborot texnologiyalarini qo`llamasdan ma’lum bir rivojlanishga erishib bo`lmasligi, bundan tashqari o`quvchilar uchun zaruriy axborot xajmining o`sishi, yuqori malakali mutaxassislarni etishtirishda o`qitishning an’anaviy usullari, vositalari  eskirib  qolganligi bunga turtki bo`ldi.

Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi: FM-9 – Milliy iqtisodiyotning turli sohalariga innovatsion axborot-komunikativ texnologiyalarni samarali tadbiq etishning nazariyasi va amaliyoti xisoblanadi.

Xalqning boy intellektual merosi va universitet iqtisodiyoti, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish asosida quyidagi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi:

  1.   Mavzu: Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari

Kafedrada bu yo‘nalish bo‘yicha prof. R.Alimov boshchiligida quyidagi o‘qituvchilar tomonidan tadqiqot ishlari olib borildi: dots. Ivanova S.B., dots. Almuradov A., dots. Yulchieva G.T., katta o‘qituvchi Majidov R.R, katta o‘qituvchi Maxmudova B.

  1. Mavzu: Iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish.

Iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish muammolari bo‘yicha kafedrada prof. T.Shodiev boshchiligida quyidagi o‘qituvchilar tomonidan tadqiqot ishlari olib borildi: dots. Ismoilov A., katta o‘qituvchi  Ishnazarov A., katta o‘qituvchi Nurullaeva Sh. katta o‘qituvchi Mumiinova M.

  1. Mavzu: Noaniq to‘plamlar nazariyasi asosida o‘quv jarayonini sifatini baxolash tamoyillari, usullari va modellarini yaratish.

Bu yo‘nalish bo‘yicha  dots. Xayitmatov U.T. raxbarligida dots. Fayziev R, katta o‘qituvchi Sharipov B.A., Azamatov O.X, dots. Xakimov A.F. lar birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishdi. Bu mavzular bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari bir nechta ilmiy-amaliy anjumanlarda maruzalar bilan qatnashishdi.

Kafedrada  ikkita  doktorant  (Boyxonov B . va Muminova K., ilmiy raxbar prof. Alimov R.X.) lar ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Ular o‘zlarining maqola va tezislarini chop ettirishgan.

 Bugungi kunda kafedra o‘qituvchilari quyidagi mavzular bo‘yicha o‘zlarining ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borishmoqda:

  • Ishnazarov A. “Resurslar taqchilligi sharoitida qishloq xo‘jaligi korxonalari ishlab chiqarish tarkibini ko‘pmezonli optimallashtirish” (08.00.06 – Ekonometrika va statistika) mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

         Kafedra professor- o‘qituvchilari IX Respublika innovatsion loyixalar yarmarkasida o‘zlarining “Avtomatlashtirilgan talim va monitoring tizimi” mavzusidagi innovatsion loyiha bilan qatnashishdi.

IX  Respublika innovatsion loyihalar yarmarkasida “O‘rtasaroy” Fermer Xo‘jaligi bilan 2 mln. so‘mlik  innovatsion xamkorlik  shartnomasi tuzildi.

 

 KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN OLIB BORILYOTGAN ILMIY ISHLAR:

Ишназаров Акром Исмоилович Фермер хўжаликлари ишлаб чиқаришини диверсификациялаш стратегияси асосида оптимал ривожлантириш
Мажидов Рахимбой Рихсибоевич Акционерлик корхоналарининг қимматли қоғозлар бозор қийматини баҳолаш усуллари такомиллаштириш
Шарипов Баходир Акилович Озиқ-овқат саноати корхоналари фаолиятини моделлаштириш ва прогнозлашда сплайн функцияларидан фойдаланиш
Акромов Акбар Акмалович Ижтимоий-иқтисодий жараёнларни моделлаштириш ва прогнозлаштиришда ноаниқ тўпламлар назариясидан фойдаланиш
Нуруллаева Шахноза Тохтасиновна Эконометрический анализ и прогнозирование объема инвестиций в системе здравоохранения Республики Узбекистан

 

Мўминова Махбуба Абдувафоевна Фермер хўжаликларида минерал ўғитлардан самарали фойдаланиш
Рўзметова Назира Шоназаровна Гиламчилик  корхонасининг бизнес стратегиясини моделлаштириш (Хива гиламчилик корхонаси мисолида)
Джуманиёзов Шавкат Рахимович Қишлоқ ҳудудларида ижтимоий инфратузилмани ривожлантириш истиқболлари
Сайдуллаева Саодат Абдумажитовна Ўқув жараёнининг самарадорлигини оширишда ахборот ресурсларидан оптимал фойдаланиш
Собиров Хасан Нусратович Воҳалар бўйича саноатни инновацион тараққий этишнинг эконометрик моделлари

 

KAFEDRANING INNOVATSION-KORPORATIV HAMKORLIGI, OLIY TA’LIM – ILM-FAN – ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI YO‘NALISHIDAGI ISHLARI

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 noyabrdagi «Oliy ta`lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlikni amalga oshirishni  tashkil etish masalalari  to`g`risida»gi   47 sonli va 2015 yil 18 noyabrdagi Oliy ta`lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o`rtasidagi innovatsion hamkorlikni amalga oshirishning tashkiliy masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida tegishli vazirlik va idoralar ma`sul rahbar xodimlari ishtirokida o`tkazilgan maxsus hay`at yig`ilishining 49-sonli majlis bayonlarida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida kafedra ta`lim yo`nalishiga mos vazirlik, tashkilot va korxonalar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik aloqalari o`rnatildi. Universitet rektorining tashabbusi bilan innovatsion hamkorlikni yo`lga qo`yish, bu sohada bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar seminar trening sifatida o`qitilib, atroflicha muhokama etildi. quyidagi chizmalarda kafedralarda innovatsion – korporativ hamkorlikni amalga oshirish bosqichlari va vazifalar aniq belgilab berilgan:

Oliy ta`lim, fan va ishlab chiqarishning o`zaro innovatsion hamkorligi – Oliy ta`lim muassasasi bilan ishlab chiqarish korxonasi o`rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida yangi g`oya va ishlanmalar yaratishga yo`naltirilgan o`zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar o`tkazish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish jarayonidir. O`zaro innovatsion hamkorlikni tashkil etish, uni amalga oshirish O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risidagi»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyrug`larida fan va ta`lim rivoji bo`yicha belgilab qo`yilgan shartlar hamda vazifalar bajarilishini ta`minlab berishi lozim.

Kafedra O`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi (¹ 018-2017, ot 16 fevralya 2017 g),  xamda «O`rta saroy» fermer xo`jaligi (¹ IX 29-16 ot 20 fevralya 2016 g.) bilan innovatsion-korporativ xamkorlik o`rnatgan.

Bundan tashqari «Elektron xukumat» markazi va Iqtisodiyot vazirligi bilan xam innovatsion-korporativ xamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Kafedra professor-o`qituvchilari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» ilmiy-innovatsion markazi bilan xamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda.

«Intellektual tizimlar» bo`limi bilan xamkorlikda «O`quv jarayoni sifatini baxolashni modellashtirish va optimallashtirish algoritmini yaratish» mavzusi bo`yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqot natijalaridan talabalarning kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarini bajarishda foydalanildi.

O`zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademiklari tomonidan amalga oshiriladigan ishlash rejasining 2017 yil davomida bajarilishi bo`yicha quyidagi natijalarga erishildi.

 

 XALQARO ALOQALAR

Kafedra professor-o‘qituvchilari nafaqat Toshkent shahrida joylashgan xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalari, balki Yevropa, AQSh, Yaponiya, Rossiya, Hindiston, Malayziya kabi fan rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqdalar. Xorijiy ta’lim muassasalari jurnallari, konferensiyalarida ilmiy maqolalar chop etish bilan birga, ularning ilmiy tadqiqot yo‘nalishidagi tajribalarini ham o‘rganmoqdalar.

Rossiya Fanlar Akademiyasi «Bozor muammolari instituti» akademigi Ziyodullaev Nabi Saidkarimovich kafedraga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirilgan bo`lib, ular raxbarligida «Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda ekonometrik  modellashtirishning roli» mavzusida ilmiy seminar tashkil qilindi.

Akademik Iskandarov Ibragimjan tomonidan ilmiy-amaliy anjumanda «Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash borasidagi muammolarni o`rganishga innovatsion yondashuv» mavzusida ma`ruza qilindi.

IQTISODIYOT TARMOQLARI KORXONALARI VA TASHKILOTLARI BILAN HAMKORLIKDA OLIB BORILAYOTGAN XO‘JALIK SHARTNOMALARI



Shartnoma imzolangan korxonaning nomi

Korxonaning manzili

Korxona rahbari


F.I.Sh.

Tuzilgan shartnoma summasi (mln. so‘m)

1.
“O`rtasaroy” fermer xo`jaligi O`rta chirchiq tumani Yuldashev Sh 3,0

2.
«Tursunali – Abdurasul» fermer xo`jaligi Oq qo`rg`on tumani Alishov Sh 2,0

3.
“Barkamol avlod ” Bolalar markazi Bekobod tumani Boyxonov U 2,0

Jami shartnoma summasi
    7,0

 

IQTIDORLI YOSHLAR BILAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan iqtidorli talabalar bilan ishlashga katta e`tibor berildi. Buning uchun kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi ishlab chiqildi.

Kafedrada «Zamonaviy axborot texnologiyalari» va «Zamonaviy ekonometrika»  nomli to`garaklar faoliyat ko`rsatdi. To`garakka  dots. Xayitmatov U.T. va prof. Fayziev R.A. raxbarlik qildi.

To`garaklarning ilmiy-tadqiqot yo`nalishi «Elektron darsliklar yaratish va o`quv jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish muammolari»  xamda «Mikroiqtisodiy jarayonlar va firmalar faoliyatini modellashtirish» deb nomlanadi.

Bu o`quv yilida to`garakda  tuzilgan reja asosida Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyalari) yo`nalishi talabalaridan  15 ta va Ekonometrika mutaxassisligi talabalaridan 11 ta talaba ilmiy-tad?i?ot ishlari bilan  shu?ullanishdi.

         Kafedra  tomonidan universitetda «Kompyuter grafikasi» fanidan 2017 yildagi talabalar o`rtasida Respublika fan olimpiadasining 1-bosqichi o`tkazildi. Bu rejadagi fan olimpiadasi talab doirasida o`tkazildi. «Kompyuter grafikasi» fanidan olimpiadani  kafedra dotsenti O`.T.Xayitmatov boshqardi.

          Kompyuter grafikasi fan olimpiadasida oldindan berilgan ro`yxatdagi 11 ta talabaga qo`shimcha 6 ta talaba faol ishtirok etishdi.

Fan olimpiadasi 4 ta ko`nikma, ya`ni yozma ish, masala echish, test,og`zaki so`rov orqali talabalar bilimi 100 ballik tizimda baxolandi.

Ulashish: