Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi

Kafedra haqida malumotlar

“Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi 1973 yil “Hisoblash texnikasi” kafedrasi asosida tashkil topgan edi. Kafedra tashkil etilishi zamonaviy hisoblash texnikasi vositalari, iqtisodiy-matematik modellashtirish usullarini milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga joriy etish bo‘yicha mutaxassislar yetishtirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan.

Kafedraning birinchi mudiri prof. O.P. Zagorodnyuk bo‘lib, keyingi bir necha yillar davomida kafedrani dots. R.A. Dadabaeva, dots. A.A. Musaliev, prof. B.Yu. Xodiev, akademik S.S. G‘ulomov kabi yirik olim va mutaxassislar boshqarib kelgan.

Hozirgi kunda kafedra faoliyatini i.f.n., dots. I.ye. Jukovskaya boshqarib kelmoqda.

Kafedrada 1 ta akademik, 2 ta professor, 7 ta dotsent, 9 ta katta o‘qituvchi va 5 ta assistent ilmiy-uslubiy faoliyat yuritib kelishmoqda.

“Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi 5330200- «Informatika i axborot texnologiyalari» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va 5A -230107 «Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari» mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlashni amalga oshiradi.

Talabalarga hisoblash texnikasi va dasturlash sohalariga oid algoritmlash va aloritmlash tillari, dasturlash texnologiyalari, operatsion tizimlar, amaliy dasturiy ta’minot, kompyuter grafikasi, ma’lumotlar bazalari, elektron hujjat aylanish tizimlari, ob’ektga mo‘ldallangan dasturlash, kompyuter tizimlari va tarmoqlari kabi keng qamrovli fanlar bo‘yicha kurslar o‘qitiladi.

Kadrlar tayyorlashda amaliy mashg‘ulotlarga asosiy e’tibor qaratilib, unda yuqori texnologiyalarga asoslangan hisoblash texnika vositalaridan keng foydalaniladi. Ta’lim olish davrida talabalar bir nechta operatsitsion tizimlarda ishlash tajribasiga ega bo‘lib, kamida ikkita dasturlash tilllarini o‘rganib borishadi. Bundan tashqari barcha talabalar ingliz tili va gumanitar fanlar bo‘yicha tahsil oladilar.

So‘nggi yillarda kafedra o‘qituvchilari tomonidan kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar (O‘O‘M) va boshqa elektron o‘quv materiallar tayyorlangan.

Kafedraning o‘qituvchi-professorlar jamoasi faol ilmiy faoliyat olib borishmoqda, jumladan, halqaro grantlarda ishtirok etish, halqaro konferensiyalar tashkil etish va ularda o‘z ilmiy ishlarini taqdim etish, fundamental va innovsion loyihalar amalga oshirish, har yili tashkil etiladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalar bo‘yicha SAMMITda taqdimotlari va nutqlari bilan qatnashish orqali ilmiy sohada keng hamkorlik o‘rnatishga erishdilar.

Kafedraning 5330200 – «Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar ikki yildirki “Informatika va axborot texnologiyalari” bo‘yicha Respublika olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda. Bundan tashqari, har yili kafedra talabalari va magistrlaridan tashkil topgan jamoa dasturlash bo‘yicha jahon chempionatida muvofaqiyatli qatnashib keladi.

Kafedra jamoasi yirik axborot texnologiyalari kompaniyalari bilan aloqa o‘rnatish bilan birga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, UNICON.UZ davlat unitar korxonasi, bir qator vazirlik va davlat idoralari bilan faol innovatsion-korporativ hamkorlikni amalga oshirmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari fakultet va universitet tomonidan o‘tkaziladigan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarda doimiy ravishda faol ishtirok etadilar. Kafedra o‘qituvchilari muntazam ravishda talabalar turar joylarida yashovchi talabalar bilan turli tadbirlarni, davra suhbatlarini o‘tkazadilar.

Bugungi kunda kafedra jahonning yetkachi universitetlari bilan hamkorlik shartnomalariga ega, jumladan Slovakiya texnologiyalar universiteti, Hindistonning TATA axborot texnologiyalari markazi, Italiyaning Jenoa universiteti, Koreyaning Kvangvun universiteti shular jumla

Ulashish: