Infratuzilmani rivojlantirish va logistika kafedrasi

Kafedra nomi
Infratuzilmani rivojlantirish va logistika
Kafedra mudiri
Kucharov Abrorjon Sabirdjanovich
Qabul vaqti
Dushanba: 1400-1800

Chorshanba: 1400-1800

Juma: 1400-1800

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o‘qituvchilar

1. Shermuxamedov Abbas Toirovich 1993-1994 yy

2. Islamov Baxtiyor Anvarovich 1994-1995

3. Bekmuradov Adxam Sharipovich 1994-1994

4. Maxmudov Nosir Maxmudovich 1994-1995

5.Boltabaev Maxmudjon Rustamovich 1995-1997

6. Qosimova Ma’firat Sobirovna 2012-2013

7. Kucharov Abrorjon Sobirjonovich 1997-2011, 2014 x/v

Kafedraning birinchi mudiri

i.f.d., prof. Shermuxamedov Abbas Toirovich 1994 yilgacha boshqargan.

Kafedraning tarixi

TDIU “Xalqaro biznes” fakulteti “Bojxona ishi” kafedrasi 1993 yili “Xalqaro transport munosabatlari va bojxona ishi” nomi bilan tashkil etildi. Respublikamizda shakllanayotgan bojxona va soliq tizimini malakali ta’minlash maqsadida O’zR VM “O’zbekiston respublikasi soliq va bojxona tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash to’g’risida”gi 2 may 1995 yildagi 175-sonli farmoniga asosan TDIU “Eksportni davlat tomonidan tartibga solish va bojxona ishi” kafedrasi tashkil etildi. 2001 yildan kafedraning nomi “Tashqi iqtisodiy faoliyatda bojxona va transport munosabatlari”, 2003 yilda “Bojxona ishi va logistika”, 2005 yil “Bojxona ishi”, 2016 yil 5 iyulidan boshlab esa “Infratuzilmani rivojlantirish va logistika” deb nomlana boshlandi.

“Infratuzilmani rivojlantirish va logistika” kafedrasi tarkibi

i.f.d., professorlar:

1. Kucharov Abrorjon Sabirdjanovich

2. Karrieva Yakutjan Karimovna

3. Qosimova Dilorom Sobirovna

4. Shermuxamedov Abbos Tairovich

i.f.n., dotsentlar:

1.      Babaxodjaev Giyasiddin Nosirovich

2.      Shadibekova Dildor

3.      Muratov Raxmon Sayibovich

4.      Po’latov Nodir Taxirovich

5.      Ishmuxamedov Baxtiyor Jo’rabayevich

Katta o’qituvchilar:

1.      Xo’jayev Fazliddin Elmurodovich

2.      Kamalova Elmira

3.      Bayev Adil Xabibullayevich

4.      Po’latxo’jayeva Dono Mirashidovna

Assistentlar:

1.      Aytiyeva Sevara Allaberdiyevna

2.      Mirzajonov Xusniddin Xabibullo o’g’li

3.      Mahmudov Jaxongir

Kafedrada to‘liq stavkada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibi

1.      Kucharov Abrorjon Sabirdjanovich

2.      Karrieva Yakutjan Karimovna

3.      Qosimova Dilorom Sobirovna

4.      Shermuxamedov Abbos Tairovich

5.      Babaxodjaev Giyasiddin Nosirovich

6.      Shadibekova Dildor

7.      Muratov Raxmon Sayibovich

8.      Po’latov Nodir Taxirovich

9.      Ishmuxamedov Baxtiyor Jo’rabayevich

10.   Xo’jayev Fazliddin Elmurodovich

11.  Kamalova Elmira

12.  Bayev Adil Xabibullayevich

13.  Po’latxo’jayeva Dono Mirashidovna

14.   Aytiyeva Sevara Allaberdiyevna

15.  Mirzajonov Xusniddin Xabibullo o’g’li

16.  Mahmudov Jaxongir

Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar

5230400 – Marketing (Logistika)
5A230400 – Logistika

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat va magistratura kesimida)

Bakalavriat:
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Bank ishi
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
Soliqlar va soliqqa tortish
Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi
Kadrlar menejmenti
Korporativ boshqaruv
Informatika va axborot texnologiyalari (iqtisodiyot)
Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil etish va boshqarish)
Магистратура:
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

Kafedraning professor-o’qituvchilar tomonidan olib borilayotga ilmiy-tadqiqot ishlari O’zbekiston Respublikasida mavjud logistik tizim, logistik markaz va logistik infratuzilmani yanada rivojlantirish, texnik-texnologik yangilash, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va eksport qilishning logistik omillari, O’zbekistonda biznes yuritish muhitini yaxshilash, xo’jalik yuritish sub’yektlati faoliyati samaradorligini oshirish hamda erkin iqtisodiy hududlarning faoliyatini tahlil qilishga qaratilgan. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy o’sishning barqaror sur’atlarini ta’minlash” universitet kompleks mavzusi asosida “Infratuzilmani rivojlantirish va logistika” kafedrasining FM-3 “O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar sharoitida logistik infratuzilmani rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ularning natijalari bo’yicha monografiyalar, xalqaro va mahalliy nashrlarda maqolalar, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruza tezislari chop etildi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy o’sishning barqaror sur’atlarini ta’minlash” universitet kompleks mavzusi asosida “Infratuzilmani rivojlantirish va logistika” kafedrasining FM-3 “O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar sharoitida logistik infratuzilmani rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ularning natijalari bo’yicha monografiyalar, xalqaro va mahalliy nashrlarda maqolalar, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruza tezislari chop etildi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Ø  i.f.d., prof. Kucharov Abrorjon Sobirjonovich – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalar yili” davlat dasturi doirasida belgilangan tadbirkorlik faoliyatining dolzarb muammolarini o’rganish va tahlil qilish.

Ø  i.f.d., prof. Karrieva Yakutxon Karimovna – Основы и особенности транспортной логистики

Ø  i.f.d., prof. Qosimova Dilorom Sabirovna – Формирования эффективной системы инновационных мер по усилению управлении промышленным потенциалом предприятии

Ø  i.f.d., prof. Shermuhamedov Abbos Tairovich – Развитие свободных экономических зон в Узбекистане

Ø  i.f.n., dotsent Muratov Raxmon Sayibovich – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari

Ø  i.f.n., dotsent Po’latov Nodir Taxirovich, – Integrallashgan korporativ tuzilmalarni boshqarish va rivojlantish strategiyalarining ilmiy-uslubiy asoslari

Ø  Dotsent Ishmuxamedov Baxtiyor Jo’rabayevich, Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda istiqbollarini belgilash metodologiyasi

Ø  i.f.n., dotsent, Babaxodjaev Giyasiddin Nosirovich, O’zbekiston Respublikasi korxonalarini logistik autsorsing asosida boshqarish

Ø  kat.o’qt. Xo’jayev Fazliddin Elmurodovich – Mintaqalarda qishloq xo’jalik mahsulorlari logistic infratuzilmasini boshqarish mehanizmlarini takomillashtirish (Buxoro viloyati)

Ø  Kat.o’qt. Kamalova Elvira – Совершенствование логистического управления при перевозках грузов

Ø  Kat.o’qt. Po’latxo’jayeva Dono Mirashidovna – Turizm biznesini rivojlantirishning ilg’or xorijiy tajribalari va uni O’zbekistonda qo’llash istiqbollari.

Ø  Ass. Aytiyeva Sevara Allaberdiyevna – Konteynerlarda xalqaro yuk tashuvlari va ularni boshqarish tizimini takomillashtirish

Ø  Ass. Mirzajonov Xusniddin Xabibullo o’g’li – Korxonaning marketing tadqiqotlarida internet xizmatini qo’llash orqali uning faoliyatini takomillashtirish

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 noyabrdagi «Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlikni amalga oshirishni tashkil etish masalalari to’g’risida»gi 47-sonli va 2015 yil 18 noyabrdagi Oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi innovatsion hamkorlikni amalga oshirishning tashkiliy masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida tegishli vazirlik va idoralar ma’sul rahbar xodimlari ishtirokida o’tkazilgan maxsus Hay’at yig’ilishining 49-sonli majlis bayonlarida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kafedra ta’lim yo’nalishiga mos vazirlik, tashkilot va korxonalar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik aloqalari o’rnatildi. Universitet rektorining tashabbusi bilan innovatsion hamkorlikni yo’lga qo’yish, bu sohada bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar seminar trening sifatida o’qitilib, atroflicha muhokama etildi. Quyidagi taqdimotda kafedralarda innovatsion-korporativ hamkorlikni amalga oshirish bosqichlari va vazifalar aniq belgilab berilgan.

Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’zaro innovatsion hamkorligi – Oliy ta’lim muassasasi bilan ishlab chiqarish korxonasi o’rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida yangi g’oya va ishlanmalar yaratishga yo’naltirilgan o’zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar o’tkazish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish jarayonidir. O’zaro innovatsion hamkorlikni tashkil etish, uni amalga oshirish O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlarida fan va ta’lim rivoji bo’yicha belgilab qo’yilgan shartlar hamda vazifalar bajarilishini ta’minlab berishi lozim.

Hozirda kafedra tomonidan “Uzbekleasinginternational”, “Al-Rami” O’zbek-Angliya QK, “O’zbekiston savdo-sanoat palatasi” bilan innovatsion hamkorlik doirasida bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik dissertatsiyasi, doktorlik dissertatsiyasi va xo’jalik shartnomalari mavzulari tuzilib muhokama etildi va tasdiqlandi. Bu sohada amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilab olindi.

Xalqaro aloqalar

Kafedra mudiri A.Kucharov Yevropa Ittifoqi Yerasmus+ doirasi joriy yilning 25 maydan 7 iyun oylarida Slovakiyaning texnik universitetida o’tkazilgan “MIND” (Menejment, innovatsiya va rivojlanish) loyixasi bo’yicha o’tkazilgan tadbirda qatnashdi. Ushbu loyixa universitet bitiruchilarini kasbiy ko’nikma xamda ularning ish bilan ta’minlash xamda Start-up, o’z biznesini boshlash to’g’rsida fikr almashdilar. Yig’ilish davomida universitetlarning ikki tamonlama xamkorligi, o’qituvchilar almashuvi, ilmiy maqolalar va ilmiy nashrlarni chop etish bo’yicha xamkorlik shartnomalari qo’l qo’yildi.

Kafedra mudiri A.Kucharov Yevropa Ittifoqining Erasmus+ International Credit Mobility loyihasi doirasida (Teaching staff mobility) granti sohibi doirasi joriy yilning 25 sentyabrdan 13 oktyabrgacha oylarida Gretsiyanig Saloniki Aristotel universitetita 2 xaftalik “Logistika” va “Xalqaro transport tashuvlari” fanlaridan dars berdi.

Joriy yilning noyabr oyidan Yaponiyaning JICA xalqaro xamkorligida kafedraga Yusen Logistics kompaniyasi menejeri janob Jiro Naruse tashrif buyurdilar. Universitet xalqaro ishlari bo’yicha prorektor O.Xamidov va xalqaro aloqalar bo’lim boshlig’i N.Zufarova bilan ochiq muloqat davrida, janob Naruse kafedrada faoliyati va kelajakdagi ishlari to’g’risida kelishib olindi. Xozirda janob Naruse kafedra a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Iqtidorli yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar

“Infratuzilmani rivojlantirish va logistika” kafedrasi muntazam ravishda talabalarning ilmiy salohiyatining monitoringini olib boradi va ularning ichidan iqtidorlilarini tanlaydi. Iqtidorli talabalar bilan professor o’qituvchilar bir qancha ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishadi, shuningdek, korxona va tashkilotlardan ishchi kuchiga bo’lgan takliflarga ushbu talabalar tavsiya etilib boriladi.

Kafedrada “Yosh logist” ilmiy to’garagi tashkil etilgan bo’lib, u tasdiqlangan ish reja asosida faoliyat olib bordi. To’garak rahbari prof. Yo.Qorieva va faoliyatini tashkil etishga mas’ul assistent –Muhammedjanova Kamola. 2017 yilda kafedraga tegishli yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim olayotgan 18 nafar iqtidorli talaba, kafedraning etakchi professor-o’qituvchilari rahbarligida o’z ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini olib bordilar. 2017-2018 yillar uchun to’garak ishlar rejasi tuzilgan va ular o’z vaqtida yig’ilish olib borilmoqda.

Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan xo‘jalik shartnomalari

2017- yil kafedramiz 3 ta xo’jalik shartnomasi tuzgan. Bular quyidagilar:

1.                 Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda lizing bozor infratuzilmasining ahamiyati va yo’nalishlari. Ushbu innovatsion xo’jalik shartnomasining raxbari kafedra A.Kucharov xisoblanadi. Buyurtmachi – “Uzbeklizinginterneshnl” aktsionerlik jamiyati. Shartnoma raqami 14-17. Shartnomaning umumiy qiymati 10 million so’m. Shartnomaning amal qilish muddati 22.12.2016 dan 01.12.2018 gacha xisoblanadi.

2.                 Tovarlarni tashishni optimal yo’nalishini tanlash. Ushbu xo’jalik shartnomasining raxbari kafedra professori Yo.Qorrieva. xisoblanadi. Buyurtmachi – “Toshtrans” transport-logistik jamiyati. Shartnoma raqami 15-17. Shartnomaning umumiy qiymati 2 million so’m. Shartnomaning amal qilish muddati 1.07.2017 dan 22.12.2017 gacha xisoblanadi.

3.                 Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda transport va tovarlarni tashishni o’ziga xos ahamiyati. Ushbu xo’jalik shartnomasining raxbari kafedra katta o’qituvchisi I.Kamalova xisoblanadi. Buyurtmachi – “Shoshtrans” transport-logistik jamiyati. Shartnoma raqami 17-17. Shartnomaning umumiy qiymati 4 million so’m. Shartnomaning amal qilish muddati 1.07.2017 dan 22.12.2017 gacha xisoblanadi.

Ulashish: