Marketing kafedrasi

“MARKeTING” KAFeDRASI HAQIDA
UMUMIY MA’LUMOTLAR

“Marketing” kafedrasining tarixi

“Marketing” kafedrasi 1971 yilda “Savdo iqtisodiyoti” nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Kafedraning nomi 1990 yildan “Savdo iqtisodiyoti va biznes”, 1996 yildan boshlab “Marketing va biznes” deb yuritildi.
TDIU rektorining 2003 yil 9 iyuldagi buyrug‘iga binoan “Marketing va biznes” hamda “Ishlab chiqarish vositalari tijorati va marketingi” kafedralari negizida “Marketing” kafedrasi tashkil etildi.
TDIU rektorining 2016 yil 11 iyuldagi buyrug‘iga asosan “Marketing” kafedrasiga “Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi qo‘shildi.

Kafedrani boshqargan rahbar-xodimlar

“Marketing” kafedrasi faoliyatiga 1971-1976 yillarda q.f.n., dots. Baxramov A.B., 1976-1981 yillarda i.f.n., dots. Mixaylyov F.A., 1981-1986 yillarda i.f.n., dots. Ishanov I.S., 1986-1987 yillarda i.f.n., dots. Salixov M.A., 1987-1988 yillarda i.f.n., dots. Yuldashev N.Q., 1988-1993 yillarda i.f.n., dots. To‘xtaxo‘jaev A.A., 1993-2001 yillarda i.f.d., prof. Qosimova M.S., 2001-2002 yillarda i.f.n., dots. Samadov A.N., 2002-2005 yillarda i.f.n., dots. Umarov S.A., 2005 yildan buyon i.f.d., prof. Ergashxodjaeva Sh.Dj. r

 

“Marketing” kafedrasi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar

“Marketing” kafedrasida quyidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi:
5230400 – “Marketing (tovarlar va xizmatlar)” ta’lim yo‘nalishi;
5230400 – “Marketing (tashqi iqtisodiy faoliyat)” ta’lim yo‘nalishi;
5610100 – “Xizmatlar sohasi (tovar ekspertizasi xazmatlarini tashkil etish)” ta’lim yo‘nalishi
5A230401 – “Marketing (tovarlar va xizmatlar)” mutaxassisligi.
“Marketing” kafedrasida bugungi kunda jami 27 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shundan, 7 tasi professor, 9 tasi dotsent, 8 tasi katta o‘qituvchi va 3 ta assistentlardir.
Kafedraning ilmiy salohiyati hozirgi kunda 60 foizni tashkil etadi. Kafedra bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 46.8, shundan, fan doktorlarining o‘rtacha yoshi – 48.4, fan nomzodlarining o‘rtacha yoshi esa 49.4 ni tashkil etadi.
“Marketing” kafedrasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 13 ta fan o‘qitiladi. Ular quyidagilardir:
1. Marketing
2. Marketing kommunikatsiyasi
3. Marketing tadqiqotlari
4. Marketingni boshqarish
5. Global marketing
6. Strategik marketing
7. Interaktiv va raqamli marketing
8. Marketing faoliyatini tahlil etish va istiqbollash
9. Tovarlar ekspertizasi
10. Tarmoqlar va sohalar marketingi
11. Standartlashtirish va sertifikatlashtirish
12. Iste’molchi xulq-atvori
13. Brendni boshqarish

Kafedrada magistratura mutaxassisligida 5 ta fan o‘qitiladi. Ular quyidagilardir:
1. Tovarlar va xizmatlar marketingi
2. Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil
3. Innovatsion marketing
4. Marketingda narx siyosati
5. Merchendayzing va PR

 

Kafedraning o‘quv-uslubiy ishlari

2016-2018 o‘quv yillarida “Marketing” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘z faoliyatlarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi me’yoriy hujjatlari asosida olib bordilar. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 2016-2018 o‘quv yillarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv-uslubiy majmualar va talabalar uchun esa ishchi daftarlari tayyorlandi. 2016-2018 o‘quv yillarida o‘quv dasturlari, ishchi o‘quv dasturlari, yakuniy nazorat variantlari, tarqatma va taqdimot materiallari tayyorlandi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2016-2018 o‘quv yillarida “Marketing”, «Marketingni boshqarish», «Tarmoqlar va sohalar marketingi», «Xalqaro marketing», «Marketing kommunikatsiyasi», «Iste’molchilar xulq-atvori», «Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil», «Marketingda narx siyosati», “Tovarlar va xizmatlar marketingi” kabi fanlardan darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi.
Bitiruv malakaviy ishini yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma, kurs ishi yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 3-4-kurslari hamda magistratura mutaxassisligining 2-kurs talabalarining o‘quv ishlab chiqarish va malakaviy amaliyot dasturi, magistrlik dissertatsiyasini yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma, mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, reyting nazoratini tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar kafedra majlisida muhokama qilindi va tasdiqdan o‘tkazilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etildi.
2016-2018 o‘quv yillarida “Marketing” kafedrasi tomonidan nashrdan chiqqan va nashrga topshirilgan o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ro‘yxati quyida keltirilmokda:
Ergashxodjaeva Sh.J., Samadov A.N. «Marketing” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs kunduzgi bo‘lim talabalari uchun malakaviy amaliyot dasturi.- TDIU, 2017 y., 1,0 b.t.
Ergashxodjaeva Sh.J., Samadov A.N. «Marketing” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs kunduzgi bo‘lim talabalari uchun malakaviy amaliyot dasturi.- TDIU, 2017 y., 1,0 b.t.
Ergashxodjaeva Sh.J., Samadov A.N. «Marketing (tovarlar va xizmatlar)” mutaxassisligi 2-kurs talabalari uchun malakaviy amaliyot dasturi.- TDIU, 2017 y., 1.,0 b.t.
Ergashxodjaeva Sh.J., Yusupov M.A., Samadov A.N. «Marketing (tovarlar va xizmatlar)” va Marketing (tashqi iqtisodiy faoliyat) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun bitiruv malakaviy ishini yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. – TDIU, 2016 y., 1,0 b.t.
Ergashxodjaeva Sh.J., Samadov A.N. «Marketing(tovarlar va xizmatlar)” ta’lim yunalishi talabalari uchun «Strategik marketing” fanidan kurs ishi yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.- TDIU, 2016 y., 1,0 b.t.
Ergashxodjaeva Sh.J., Samadov A.N. «Marketing (tovarlar va xizmatlar)” ta’lim yunalishi talabalari uchun «Tarmoqlar va sohalar marketingi ” fanidan kurs ishi yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. – TDIU, 2016 y., 1.0 b.t.
Ergashxodjaeva Sh.J., Yusupov M.A. «Marketing (tovarlar va xizmatlar)” mutaxassisligi uchun «Tovarlar va xizmatlar marketingi” fanidan kurs ishi yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.- TDIU, 2016 y., 1,0 b.t.
Ergashxodjaeva Sh.J., Ikramov M.A., Samadov A.N. «Marketing(tovarlar va xizmatlar)” mutaxassisligi uchun «Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil” fanidan kurs ishi yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.- TDIU, 2016 y., 1,0 b.t.
Ergashxodjaeva Sh.J., Samadov A.N. «Marketing (tashqi iqtisodiy faoliyat)” ta’lim yunalishi talabalari uchun «Tashqi iqtisodiy faolitiyatni boshqarish” fanidan kurs ishi yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.- TDIU, 2016 y., 1,0 b.t.
Ergashxodjaeva Sh.Dj., Samadov A.N. Tarmoqlar va sohalar marketingi. Darslik.–T.:TDIU, 2017.-326 b.
Ergashxodjaeva Sh.Dj. Marketingni boshqarish. Darslik.–T.:TDIU, 2017.-338 b.
Ikramov M.A., Abduxalilova L.T.,Nabieva N.M. Marketing tadqiqotlari. O‘quv qo‘llanma. -T.: TDIU, 2017. – 145 b.

 

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning strategik ilmiy yo‘nalishi FM-4 “Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilashda innovatsion marketing va menejment konsepsiyalaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida bo‘lib, ushbu mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
2017 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta monografiya, 1 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar va tezislar to‘plami, 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta xorijiy jurnallarda va 22 ta respublika jurnallarida ilmiy maqola, xorijiy ilmiy anjumanlarda 28 ta maqola va tezislar, respublika ilmiy anjumanlarida esa 83 ta maqola va tezislar chop etildi.
Kafedrada prof. Ergashxodjaeva Sh.J. rahbarligida 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan “yengil sanoat korxonalarining marketing faoliyatida motivatsiya usullaridan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi OT-A2-050 – raqamli amaliy loyiha ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kafedrada 2017 yilda jami 20,5 mln so‘mlik, shu jumladan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika Yarmarkasi doirasida 18,5 mln so‘mlik xo‘jalik shartnoma ishlari bajarildi.
Kafedrada 08.00.11 «Marketing» mutaxassisligi bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura faoliyat olib bormoqda. 2018 yil 1 mart holatiga ko‘ra kafedrada 2 nafar doktorant va 8 nafar tayanch doktorantlar ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqdalar.
2018 yil 28 fevralda kafedra tayanch doktoranti Xakimov Ziyodilla Axmadovich “yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini himoya qildi.
Toshkent Moliya institutida 2017 yil 17-18 may kunlari o‘tkazilgan “Marketing” fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichida «Xalqaro turizm» fakulteti, 3-bosqich MR-51 guruhi talabasi Ruzieva Dilfuza Abdulnosir qizi (ilmiy rahbar prof. Ergashxodjaeva Sh.Dj.) faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Kafedra a’zolari prof. Ergashxodjaeva Sh.J., prof. Fattaxov A.A. va prof. Ikramov M.A. TDIUdagi “O‘zbekiston-AQSh”, “O‘zbekiston-Indoneziya” do‘stlik jamiyatlari faoliyatida ishtirok etdilar. Jumladan, “O‘zbekiston-AQSh” jamiyatining faoliyati bo‘yicha 2016 yil dekabrda hamda 2017 yil fevralda AQSh-Kanada davlatlari Buxoro yahudiylar kongressi raisi Qandov B., faol a’zosi Nektalov R. bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va ilmiy-uslubiy, tashkiliy ishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.
2017 yil 25 oktyabrda Nyu-Yorkda AQSh va Kanada davlatlari Buxoro yaxudiylari Kongressi va “O‘zbekiston-Amerika” do‘stlik jamiyati birgalikda “O‘zbekiston islohotlarni rivojlantirishning yangi bosqichida” deb nomlangan IV xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va AQSh olimlari qatorida kafedra professori Ikramov M.A. ishtirok etdi va “O‘zbekiston Respublikasining marketing strategiyasi va iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy sharoitlarida uni takomillashtirish yo‘llari” mavzusida ma’ruza qildi.
Kafedrada Indoneziyaning Gunadarma Universiteti bilan xalqaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum tuzilgan. 2017 yilda prof. M.Ikramov va Gunadarma universiteti olimlari muallifligida monografiya chop etildi, o‘zaro almashinuv dasturi asosida 2017 yil dekabr-yanvar oylarida kafedra professor-o‘qituvchilari Sharipov I.B., Eshmatov S.A. ushbu universitetda malaka oshirib qaytdilar.
Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida innovatsion korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yish sohasida kafedrada hisobot davrida quyidagi korxonalar bilan innovatsion guruhlar shakllantirilgan:
1. “FAYZ” xolding kompaniyasi
2. “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi
3. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
2017 yil 24 noyabrda kafedra tomonidan “O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirishda marketing tizimidan samarali foydalanish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi va anjuman materiallari to‘plami chop etildi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Begimqulov U.Sh., Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati To‘xtaboev A., “Fayz” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Azimova M.A., “O‘zbekengilsanoat” AJ boshqarmasi boshlig‘i Muxitdinov A.A., “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Marketing deparamenti boshlig‘i Yunusov B.M., “Ofis market” kompaniyasi direktori Mamasaidov X.R., “O‘zvinosanoatxolding” XK Bozor kon’yunkturasini o‘rganish va eksport boshqarmasi bo

 

“Marketing” kafedrasining xalqaro aloqalari

Kafedra FM-4 “Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilashda innovatsion marketing va menejment konsepsiyalaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy, o‘quv va uslubiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu mavzu asosida xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan xamkorlik shartnomalari o‘rnatilgan.
Masalan, Indoneziyaning Gunadarma Universiteti (Jakarta), Rossiyaning Moskva davlat texnika universiteti (MADI), Sankt-peterburg davlat arxitektura qurilish universiteti, Ukrainaning Milliy Aviatsiya Universiteti (Kiev), Xitoyning Agrar Universiteti (Guandjou) oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan. Undan tashqari Germaniyaning Aleksandr fon Gumbold nomidagi fondning Osiy bo‘lim boshlig‘i Daniela Eleonora Beker, Fransiyaning Grenobole universiteti doktoranti Sherali Ibragimov ham kafedraning ilmiy, o‘quv, uslubiy ishlariga yordam berishmoqda.
2014-2017 yillarda kafedra “Marketing” yo‘nalish talabasi Abdullaev Anvar byudjet asosida magistraturani Gunadarma Universitetda (Indoneziya) o‘qidi. Ushbu universitetda 2017 yil noyabr-dekabr oylarida ilmiy stajirovkani kafedra o‘qituvchilari Sharipov I. va Eshmatov S. o‘tab kelishdi.
2017 yil oktyabr oyida AQSh Kuinsi kolledjida “O‘zbekiston-AQSh” do‘stlik jamiyati tomonidan ilmiy konferensiyada kafedra professional Ikramov M.A. qatnashib keldi.
2018 yili oktyabr oyida Ukraina milliy aviatsiya universitetida bo‘lib o‘tadigan konferensiyaga maqolalar tashkil etildi.
2015-2016 yillari Gunadarma universiteti professorlari bilan xamkorlikda 2 ta ingliz tilida monografiyalar chop etildi.
Xozirgi kunda 2017 yil dekabrdan to 2018 yil iyungacha Xitoyning Guandju agrar Universitetining 2 nafar prfessorlari ilmiy-uslubiy stajirovka o‘tmoqda.shlig‘i Aripov M.M. ma’ruza qild

 

“Marketing” kafedrasining Innovatsion- korporativ hamkorlik ishlari

Marketing kafedrasi tomonidan “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Fayz” xolding kompaniyasi, “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan tuzilgan innovatsion hamkorlik shartnomasi asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

korxonalar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi;

innovatsion guruhlar tarkibi shakllantirildi;

muammolar banki yaratildi, muammolar asosida BMI, MD rejalari tuzildi;

innovatsion guruh a’zolari bilan ilmiy seminarlar tashkil etish, stajirovka va malakaviy amaliyot o‘tash, xo‘jalik shartnoma ishlarini bajarish kelishib olindi;

Innovatsion guruh a’zolari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi;

“Fayz» xolding kompaniyasida “Marketin»g kafedrasi filiali ochildi

TDIU “Marketing” kafedrasi tomonidan 2017 yil 31 mart kuni “Korxonalarda marketing tadqiqotlarini tashkil etish” mavzusida innovatsion korparativ hamkorlik tashkilotlari bilan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Ushbu ilmiy-amaliy seminarda innovatsion korparativ hamkorlik o‘rnatilgan korxonalardan mutaxassislar taklif etildi.

Ilmiy amaliy seminar Ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innnavatsion integratsion hamkorlikning amaliy faoliyatining dastlabki bosqichi sifatida tashkil qilingan ushbu seminarda “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Marketing va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i Yunusov Baxodir Marisovich, “Fayz” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari, i.f.n. Baratov Furqat Pattahovich, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi respublika markazi “Marketing” bo‘limi boshlig‘i Azizov Muzaffar Husnullaevich, Marketing bo‘yicha bosh mutaxassis Ganiev Sardor Maxmudxo‘ja o‘g‘li, “O‘zbekengilsanoat” AJ texnik siyosat va prognozlashtirish bo‘limi boshlig‘i Muxitdinov Avaz Abbasovich ishtirok etishdi.
Innovatsion-integratsion hamkorlik bo‘yicha ushbu seminarni “Marketing” kafedrasi mudiri Sh.Ergashxodjaeva o‘z fikrini bildirib, seminarga yakun yasadi. Ushbu seminar maqsadidan kelib chiqib, hamda tashkilotlar bilan kelgusidagi strategik vazifalar kelishib olindi.

TDIU “Marketing” kafedrasi tomonidan 2017 yil 28 aprel kuni “Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda innovatsion marketing konsepsiyasidan samarali foydalanish” mavzusida innovatsion- korporativ hamkorlik asosida ilmiy – amaliy seminar o‘tkazildi.

Ilmiy-amaliy seminarda Toshkent xalqaro Vestminster universiteti prorektori, PhD. Karimov F.P. “Korxonalarda marketing tadqiqotlarini tashkil etish”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi Safarova N.N. “Xizmatlar sohasida marketing tizimini takomillashtirish”, “Agromash sanoat invest” MChJ yetakchi mutaxassisi Sanaqulov B.A. “Korxonada innovatsion marketing konsepsiyasidan samarali foydalanish”, MMRT-10 guruh magistranti Abduqodirov Davron “Kichik biznes sub’ektlarida marketing tadqiqotlarini tashkil etish” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzalar muhokamsida prof.Ikramov M.A., prof. Fattahov A.A., dotsentlar Abduxalilova L.T., Alimxodjaeva N.E. katta o‘qituvchilar Bobojonov B.R., Salixova N., Normuradov X., Melikulov A. va tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar faol qatnashdilar

 

“Marketing” kafedrasida ma’naviy – ma’rifiy ishlarining olib borilishi
to‘g‘risida ma’lumot

“Marketing” kafedrasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shaxar va tuman hokimliklari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar me’yoriy – huquqiy hujjatlar asosida tashkil etiladi.

O‘quv yilida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va rivojlantirish” rejasining har bir bo‘limida : ma’naviy-marifiy ishlarni tizimli muvofiqlashtirishga doir tashkiliy masalalar talabalarning siyosiy va huquqiy ongi hamda fuqarolik pozitsiyalarini yanada yuksaltirish borasida o‘tkaziladigan tadbirlar; g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetni shakllantirish va diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar; tarixiy sanalar, milliy bayramlar va buyuk ajdodlarimiz tavalludini nishonlashga doir o‘tkaziladigan tadbirlar; talabalarda badiiy-estetik tarbiyani shakllantirishga doir olib boriladigan ishlar; talabalarda kasbga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish borasida o‘tkaziladigan tadbirlar; talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ularni ijtimoiy himoya qilish borasida bajariladigan tadbirlar; talabalar o‘rtasida qonunbuzarlikning oldini olish borasidagi bajariladigan bir necha tadbirlar; nafaqat talabalar ongida, balki professor – o‘qituvchilar ma’naviy va tarbiyaviy ishlarida kafedrada muntazam ravishda olib boriladi.

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan va Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasining Qonunining 5 – moddasiga binoan – “yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari”ga asosan yoshlarni ma’naviy, intelektual, jismoniy va ahloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish”., “Yoshlarni huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha shart – sharoitlar yaratish”. Mavzularida ham bir necha tadbirlar o‘tkzilib kelinmoqda.

Yoshlarni ahloqiy va g‘oyaviy masalalarga oid muammolarni hal etishda, ularni Vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ulari ila  vatanni sevish, uni e’zozlash, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatni his qilish va   O‘quvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishda “Huquqiy tarbiya – yoshlar huquqiy ongi va madaniyatini oshirish” mavzusida va “Vatan ulug‘ – burchi muqaddas” mavzularida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda umuminsoniy, ma’naviy qadriyatlar ezgulik va adolatga ishonch, ajdodlar xotirasini e’zozlash, insonparvarlik, tinch hayotga intilish, suveren davlatchilik yaratilishining asosidir. o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanish, ajdodlarning madaniy merosini avaylab-asrash har bir fuqaroning eng oliy burchiga aylandi.
Talabalarga Konstitutsiya — davlatimizning asosiy qonuni bo‘lib, konstitutsiyaviy tuzum, davlat qurilishi asoslarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini belgilab beradi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarini tuzishni tartibga solib turadi, saylov tizimini joriy etadi, davlat ramzlarini belgilaydi va Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibini mustahkamlab qo‘yadi. Qomusimiz xususiy mulk va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi ijtimoiy siyosiy tizim negizini yaratib berdi. Konstitutsiyada mafkuraviy xilma- xillik, ko‘ppartiyaviylik mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizda inson manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yilgan bo‘lib, har bir fuqaroning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatlar deb e’lon qilindi. Shuningdek fuqaro va davlatni o‘zaro huquqlar va burchlar bilan bog‘lovchi prinsipni ham mustahkamlab qo‘yilganligi bilan ahamiyatlidir.

Davra suhbatida taklif qilingan mehmonlardan: Davlat boshqaruv akademiyasi bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor Maxkamov Otabek Muxtorovich so‘zga chiqib, Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama barkamol, xususan, huquqiy jihatdan yetuk insonlar qilib voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor qaratildi. Zero, aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usining shakllanishi bolalik davridan boshlanadi. Huquqiy sohada islohotlarni amalga oshirish uchun xalq ta’limi tizimida barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi doirasida qator ishlar amalga oshirilib, bir qancha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi, ijrosi nazoratga olingan.

Respublika Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini puxta o‘rgatish, uning insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini yozma ishlarda, tasviriy asarlarda, ko‘rgazmali vositalarda ifodalash, ta’lim muassasalarini ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy — ahloqiy mazmundagi ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlanishini yo‘lga qo‘yish, pirovard natijada o‘quvchilar va aholining huquqiy savodxonligini hamda ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qonunlarini bilish, hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida ko‘rik tanlovlar o‘tib kelmoqda.

Mustaqillik yillarida zamonaviy, ixcham, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimizni ishonchli himoya qilish hamda daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir yaxshi qurollangan milliy armiyamizni tashkil etishga qaratilgan ulkan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Faxriysi, O.R. Rajabov so‘zga chiqib, quyidagilarni ta’kidladi.

Sobiq ittifoq davrida, yigitlarimiz o‘z Vatanidan uzoqda, chet ellarda, hatto dunyoning chekka o‘lkalarida xizmat qilishardi. Shuning uchun ota-onalar o‘g‘illarini armiyadan olib qolishga harakat qilishardi.

Hozir esa yigitlarimiz armiyaga borishni orzu qiladi. Chunki istiqlol tufayli Milliy armiyamiz shakllandi. Barchamizning ma’naviyatimiz, dunyoqarashimiz o‘zgardi. Biz o‘zligimizni angladik. Eng quvonchlisi, O‘zbekiston posbonlari o‘z ona-Vatani bag‘rida dildan xizmat qilmoqda.
Biz hozirgi harbiylarga, xizmat qilayotgan askarlarga havas bilan qaraymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon hayot kechirmoqda. Bularning barchasi Prezidentimizning yurt ravnaqi g‘amxo‘rligi natijasidir.

Davra suhbatida taklif qilingan mehmonlardan: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Faxriysi Yu.Sh. Sharipov so‘zga chiqib: Davlatimiz, Yurtboshimiz tomonidan Milliy armiyaga asos solingan paytdan boshlab, kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Harbiy xizmatchilaarning kasb mahoratini oshirish, ularning jismonan baquvvat va ma’nan yetuk, milliy istiqlol g‘oyalari ruhida kamol topgan harbiylarni tayyorlash maqsadida yangi zamonaviy harbiy o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurtlari, oliy harbiy o‘quv maskanlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy akademiyasi tashkil qilindi. Natijada har xil qo‘shin turlari uchun yuqori malakali serjant, ofitser va komandir kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamon talablariga javob beradigan samarali tizimi yaratildi.

Xulosa qilib aytganda, kafedrada ma’naviy – ma’rifiy ishlar belgilangan reja asosida samarali tashkil etilmoqdalar

Ulashish: