Turizm va servis kafedrasi

 

Kafedra nomi: Turizm va servis

Kafedra mudiri: Amonboev Mahammadsidiq
Qabul vaqti:  

dushanba – shanba kunlari soat

1400 dan – 1700gacha

Telefon: (0 371) 239-28-42
E-mail:  

kafsani@tdiu.uz

i.xotamov@bk.ru

Veb sayt: www.tdiu.uz


Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o’qituvchilar haqida ma’lumot (rasm 3×4 xajmda (oq fon), rahbarlik qilgan davri, ilmiy darajasi, unvoni)

Kafedraning birinchi mudiri – i.f.d., prof. Saril’nikov N.G. 1955 yilgacha boshqargan.

 

“Turizm” kafedrasi faoliyatiga:

2000-2006 yillarda i.f.n., dos. Xusanboev B.M.,

2006-2009 yillarda i.f.d., prof. Abduvoxidov A.M.,

2010-2016 yillarda i.f.d., prof. Adilova Z.Dj.,

 

“Turizm va servis” kafedrasi faoliyatiga:

2005 yillarda i.f.n., dos. Li Dar’ya Mixaylovna.,

2006-2008 yillarda i.f.d., prof. Feruza Kuchqorovna

2008-2015 yillarda i.f.n., dos. Xamidov O.X.,

2015-2016 yillarda i.f.n., dos. Safaeva S.R.,

2016 yildan hozirgacha i.f.n., dos. Amonboev M. rahbarlik qilmoqda.

 

Kafedra tarixi (tashkil topishi, nomlanishi, bosib o’tgan yo’li, yutuqlari)

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro turizm” fakul’teti qoshida “Xalqaro turizm menejmenti” kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 30 iyundagi “O’zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to’g’risida”gi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuqoridagi farmon asosida qabul qilingan 1999 yil 2 iyuldagi 324 – sonli “O’zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida tashkil qilingan.

Turizm marketingi, turizm menejmenti va turizm servisi kafedaralari

2016 yil sentyabr’ oyidan boshlab “Turizm va servis ” kafedrasi nomi bilan yuritilmoqda.

“Turizm va servis” kafedrasi universitetning boshqa ixtisoslik va ijtimoiy kafedralari bilan hamkorlikda, 5610100-Xizmatlar sohasi(turizmni tashkil qilish va boshqarish) bakalavriat ta’lim yo’nalishi hamda 5A610301-Turizm (xalqaro turizm menejmenti) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlaydi.

Kafedra tomonidan mutaxassislik pasporti va ta’lim yo’nalishi malaka talabalari ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan. Kafedra o’z faoliyatida faqat bakalavriat ta’lim pog’onasi bilan chegaralanib qolmasdan yuqori darajali mutaxassislarni, ayniqsa, fan va pedagogik soha uchun doktorantura orqali ham tayyorlaydi,

Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi: FM-10.Turizm va turizm xizmatlari sohasini rivojlantirishning ilmiy metodologik asoslari”

Universitetning “2016-2020 yillarga mo’ljallangan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish konsepsiyasi va uning ijrosi bo’yicha 2017-2018 yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”dan kelib chiqqan holda o’zining belgilab olgan mavzusi doirasida yillik reja bo’yicha ish ko’radi, shu jumladan xo’jalik shartnomalari tuzish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, hisobot yilida doktorlik dissertasiyalarining himoyasi va tayyorgarligi to’g’risida ma’lumot berish, talaba va magistrlarni kafedraning ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ularni har-xil ilmiy konferensiya, olimpiada va ilmiy maqolalarni tayyorlashdagi ishtirokini ta’minlash va boshqa bir qator vazifalarni yil davomida amalga oshirib borildi.

Kafedra bo’yicha belgilangan shtat birligi

Kafedrada rejada belgilangan shtat bo’yicha kafedrada  professor – 1 ta, dosent – 6 ta, katta o’qituvchilar – 4 ta, assistentlar – 7 ta, kabinet mudiri – 1 ta lavozimda mehnat qildilar. Ilmiy salohiyat 50 foizni tashkil etadi.

 

Kafedrada to’liq stavkada faoliyat olib borayotgan professoro’qituvchilar 

Foto surati F.I.Sh Ilmiy darajasi va unvoni E-mail
1.                   Abduvaxidov Abdumalik Maxkamovich

 

i.f.d.,

prof.

Abdumalik1957@mail.ru
2.                   Adыlova Zul’fiya Djavdatovna

 

i.f.d.,

prof.

zulfiya_adilova@mail.ru
3.                   Amonboev Muxammadsidiq i.f.n.,

dosent.

muhammadsidik@mail.ru
4.                   Alieva Maxbuba Toychievna

 

 

i.f.n.,

dosent.

alieva.maxbuba@mail.ru
5.                   Norchaev Asatullo Norbo’taevich

 

i.f.n.,

dosent.

nanuz15@mail.ru
6.                   Abidova Dilfuza Igamberdыevna i.f.n.,

dosent.

abidova1968@mail.ru
7.                   Safaeva Sayyora Rixsibaevna i.f.n.,

dosent.

sayora.safaeva@gmail.com
8.                   Sayfutdinov Shuxratjon Sultonovich

 

Katta o’qituvchi Ikromjon_76@mail.ru
9.                   Tariqulov Ma’rufjon Omonovich

 

 

Katta o’qituvchi marufjon78@gmail.com
10.              Ochilova Xilola Farmonovna i.f.n.,

Katta o’qituvchi

Hilola-1983@mail.ru
11.              Sadiqov Tulagan Batirovich

 

Katta o’qituvchi tiia.uz@mail.ru
12.              Sidikov Shuxrat Axmadjanovich

 

Katta o’qituvchi sidikovshuhrat@mail.ru
13.                Gimranova Ol’ga Barisovna Katta o’qituvchi Ogest66@yandex.ru
14.              Sagdullaeva Ziyoda Abdukaxxarovna

 

Assistent ziyoda.sagdullaeva@mail.ru
15.              Umirova Dilnoza Safarovna

 

Assistent dilnoza.umirova.88@mail.ru
16.              Shukurov

Aziz Umidovich

 

 

Assistent Aziz_gu@mail.ru
17.               

 

Xalimova Fayoza Nafasovna Assistent
18.              Nurfayzieva Moxinur Zaynitdinovna Assistent mohi_1991@mail.ru
19.              Xalilov Sirojiddin Sherali o’g’li Assistent sirojiddin.2111@mail.ru
20.              Abduraxmonov Shohrux Abdujabbarovich

 

Assistent

 

“Turizm va servis” kafedrasining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari

 5610100 – Xizmatlar sohasi (turizm servisi)

5610200 – Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish

5A610301 – Turizm (xalqaro turizm menejmenti)

 

Kafedra professor-o’qituvchilari ta’lim beradigan yo’nalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat va magistratura kesimida)

Bakalavriat:

5610100 Xizmatlar sohasi (turizm servisi)
5610200 Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish

 Magistratura:

5A610301 Turizm( Xalqaro turizm menejmenti)

 

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

(oxirgi yillarda kafedrada olib borilgan ilmiy ishlar, tadqiqotlar, professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyati ko’rsatkichi (diagramma shaklida ko’rsatilsin), kafedrada yaratilgan ilmiy asarlar ro’yxati) Universitetning “2016-2020 yillarga mo’ljallangan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish konsepsiyasi va uning ijrosi bo’yicha 2017-2018 yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”dan kelib chiqqan holda o’zining belgilab olgan mavzusi doirasida yillik reja bo’yicha ish ko’radi, shu jumladan xo’jalik shartnomalari tuzish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, hisobot yilida doktorlik dissertasiyalarining himoyasi va tayyorgarligi to’g’risida ma’lumot berish, talaba va magistrlarni kafedraning ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ularni har-xil ilmiy konferensiya, olimpiada va ilmiy maqolalarni tayyorlashdagi ishtirokini ta’minlash va boshqa bir qator vazifalarni yil davomida amalga oshirib kelinmoqda.

So’nggi yillarda turizm sanoati aksariyat mamlakatlarning iqtisodiyotida muhim o’rinlardan birini egallamoqda va daromad manbaiga aylanmoqda. Turizm sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot bu turistik tovarlar va xizmatlar majmuidan iborat bo’lib, tovarlarning ancha katta va rang-barang kompleksini o’z ichiga oladi. Bu mahsulotlardan kishilar sayohat qilishda, shuningdek turizm doirasida dam olish, hordiq chiqarish, davolanish, o’z bilim va kasbiy darajasini oshirishda foydalanishlari mumkin. Shu jihatdan O’zbekistonda mazkur tarmoqqa e’tiborni kuchaytirish muhim masalalardan biridir.

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini  «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yo’nalishida tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, xususiy mulkni ishonchli himoya qilish, iqtisodiyotda uning ulushi va ahamiyatini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, ishlab chiqarishni modernizasiya va diversifikasiya qilish, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik-kommunikasiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya iste’moli hajmini kamaytirish hamda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish borasida har bir yo’nalish bo’yicha vazifalar aniq taqsimlanib olingan. Yil davomida har qaysi yo’nalish o’zi bajargan ishi va erishgan natijalari bo’yicha hisobotlar jumladan, ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan ham hisobotlarni tayyorlab kafedra muhokamasidan o’tqazadilar. Jumladan, kafedradagi har bir professor-o’qituvchi belgilangan rejaga ko’ra ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelishmoqda. Har sohadagi kabi, kafedraning ish faoliyati, mo’ljallangan ishlarni amalga oshirishi ko’p jihatdan, pedagoglarning ilmiy salohiyati bilan bog’liqdir. Kafedra o’z faoliyatini xo’jalik sub’ektlari, ya’ni korxonalar, firmalar hamda davlat boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda olib boradi. O’zbekiston respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi  «ABN-MB» restoranlari, MChJ “Batuta travel ”, «Le Grand Plaza» mehmonxonasi shular jumlasidandir bir qancha sanoat korxonalari bilan hamkorlikni amalga oshirmoqdalar. nomli fundamental ilmiy-tadqiqotlar loyihasi doirasida o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.

Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi: FM-10.Turizm va turizm xizmatlari sohasini rivojlantirishning ilmiy metodologik asoslari” deb nomlanadi.

Kafedramiz qoshida bundan tashqari «Mohir turoperator” talabalarning to’garagi faoliyat ko’rsatadi. To’garakda O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, MChJ “Batuta travel ”, «Le Grand Plaza» mehmonxonasi  xodimlari bilan mummoli mavzular bo’yicha qiziqarli suxbatlar olib borilmoqda.

 

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilyotgan ilmiy ishlar:

Kafedra mudiri i.f.n., dos. M.Amonboev Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llari;

i.f.d., professor A.Abduvohidov. Axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan turizmda foydalanishni takomillashtirish;

i.f.n., dos. M.Abidova Mehmonxona biznesida xorijiy tajriba amaliyotini qo’llash yo’llari;

i.f.n., dos. M.Alieva. Iqtisodietni erkinlashtirish sharoitida  turizm xizmatlari sohasini boshqarishning iqtisodiy jihatlari;

i.f.n., dosent A.N.Norchaev Zamonaviy turizm rivojlanishi tendensiyalari va jahon turizmiga integrasiyalashuvning strategik yo’nalishlari;

i.f.n., dosent S.Safaeva Restoranlarning marketing konsepsiyasini takomillashtirish yo’llari;

Katta o’qituvchi O.Gimranova Professional’noe obrazovanie v sfere turizma kak uslovie povыsheniya kachestva turistskix uslug;

Katta o’qituvchi Sh.Sayfutdinov Respublikada ichki turizmni rivojlatirishda marketing strategiyasini qo’llash;

Katta o’qituvchi M.Tarikulov Respublika mehmonxonalarida xalqaro standartlarni qo’llash;

Katta o’qituvchi T.Sodiqov Mehmonxonalarda axborot texnologiyalarining qo’llanilishi va ahamiyati;

Assistent Sh.Sidiqov Turizmda innovasiyalarning qo’llanilishi va uning istiqbollari;

Assistent A.Shukurov O’zbekiston turizmida ilg’or xorij tajribalarini qo’llash;

Assistent D.Umirova Mehmonxona biznesida innovasion menejmentdan samarali foydalanish

Assistent M.Nurfayzieva Turistik xizmatlar raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish

Assistent S. Xalilov Turistik xizmatlar eksportini diversifikasiya qilishning konseptual yo’nalishlari mavzulari borasida o’zlarining ilmiy izlanishlarini olib borishmoqda.

Kafedraning innovasion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integrasiyasi yo’nalishidagi ishlari (loyihalar, tuzilgan shartnomalar, erishilgan yutuqlar) 

TDIU “Turizm va servis” kafedraning innovasion korporativ hamkorlari

Kafedra Innovasion hamkorlik o’rnatilgan korxona, vazirlik va tashkilotlar Innovasion guruhlar soni
1. Turizm va servis O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi,

MChJ Hikmah Albros “LE GRANDE PLAZA” mehmonxonasi,

“BATUTTA TRAVEL” turistik firmasi,

«ABN-MB» QK restoranlari.

 

 

 

4

 

Kafedra bilan innovasion hamkorlik qilayotgan tashkilotlar to’g’risida ma’lumot

Hamkor korxona va tashkilot nomi Tarkibiga kiruvchi boshqarmalar va bo’limlar soni Hamkorlikka mas’ul mutaxassisning F.I.Sh. va lavozimi
1. O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi  

3 ta boshqarma

Akkulov Abdulaziz O’rolovich.

Boshqarma boshlig’i asosiy koordinator

2. MChJ Hikmah Albros “LE GRANDE PLAZA” mehmonxonasi  

10 ta bo’lim

Gofurov Zokirjon Kadirjonovich

direktor o’rinbosari

3. “BATUTTA TRAVEL” turistik firmasi.  

3 ta bo’lim

Shoto’laganov Bekzod  Shavkatovich

Turistik firma direktori

4. «ABN-MB» QK restoranlari. 5 ta restoran Fayziev Abdulla

restoranlar tizimi menejeri

Innovasion hamkorlik qilayotgan tashkilotlar bilan tashkillashtirilgan ishlar quyidagilardan iborat:

O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tashabbusi bilan 2017 yil 5-7 oktyabr’ kunlari “Buyuk ipak yo’lida turizm” nomli xalqaro turistik yarmarkada innovasion xamkor sifatida TDIU “Turizm va servis” kafedrasi profesor-o’qituvchilari va talabalari faol qatnashib sohadagi muammolar muxokamasida o’zlarining fikr va mulohazalari bilan ma’ruzalar qildi.

2017 yil 6-oktyabrda “Turizm biznesini rivojlantirishning ilg’or xorijiy tajribalari va uni O’zbekistonda qo’llash istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi. Anjumanga kafedra bilan innovasion-korporativ aloqani yo’lga qo’ygan turistik firma va mehmonxonalar vakillari taklif etilib, real muammolar bo’yicha ma’ruzalar tinglandi va muammolar yechimi bo’yicha xarakatlar dasturi ishlab chiqildi.

2017 yil 25-26 oktyabr’ kunlari Turizm va servis kafedrasi dosenti S. Safaeva rahbarligidagi innovasion guruh tomonidan “O’zbekiston turizmining rivojlanishi: tajriba va amaliyot” mavzusida davra suxbati o’tkazildi. Davra suhbatida innovasion xamkor tashkilotlardan “TGS travel Bureau” turistik firmasi direktori  Zul’fiya Nurmatova, Uzbekiston oshpazlar uyushmasiga a’zo bo’lgan restoranlar mutaxassislari, Avstraliyadan tashrif buyurgan xalqaro ekspert Journeys turistik firmasi direktori Penelopa Prays ishtirok etishdi

2017 yil 13−18 noyabr’ kunlari ilk bor O’zbekistonda Global tadbirkorlik haftaligi doirasida Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi hamda innovasion xamkor tashkiloti “TGS travel Bureau” turistik firmasi tomonidan tashkil etilgan “Qanday qilib O’zbekistonni turistik jannatga aylantirish mumkin” mavzusida tematik uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuvda innovasion guruh rahbari dosent Sayyora Safaeva ekspert sifatidataklif etildi. Shuningdek tadbirda innovasion guruh a’zolari Xilola Ochilova, talabalar Sarvinoz Xudoynazarova, Burxon Dehqonovlar qatnashib bahs-munozaralarida faol qatnashishdi.

Bunday tadbirlarning eng foydali tomonlari shundaki, innovasion guruh a’zolari sohadagi asosiy muammolar va ularning yechimlari xaqida yetarli ma’lumatlarga ega bo’ladilar. Keyingi bosqichdagi ilmiy izlanishlarida olingan ma’lumotlaridan keng foydalana oladilar.

2017 yilning 29.11-01.12 kunlari innovasion xamkorimiz O’zbekiston oshpazlar uyushmasi, Uzbekiston restoratorlar uyushmasi va EKSPO markazi tomonidan tashkil etilgan  Xalqaro restoran va kafe ko’rgazmasida TDIU innovasion guruhi faol qatnashib ishtirokchilar uchun trening tashkil etib berildi.
Ko’rgazmada ovqatlanish va mahsulotlar yetkazib berish sanoati korxonalari bilan bir qatorda, mazkur bozorni xodimlar, inter’erlarning dizaynerlik yechimlarini taklif etuvchi, ish kiyimlari va maxsus liboslar, idish-tovoq, mebel’ va uskunalar, xavfsizlik va himoya tizimlari, avtomatlashtirish tizimlarini taqdim etadigan korxonalar xam o’z mahsulotlari bilan qatnashishdi.

Ushbu ko’rgazmada ko’pgina Uzbekiston restoran korxonalari va mehmonxonalari bilan xamkorlik shartnomalari tuzilib, innovasion guruhga kiritilgan talabalar uchun amaliyot joylarini taqdim etilishi xamda ilmiy izlanishlar

2017 yil 15 dekabrda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Turizm va servis” kafedrasi tomonidan “Turistlarga xizmat ko’rsatishda innovasion texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llari” mavzusida innovasion-korporativ hamkorlik bo’yicha ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.Ushbu seminarga barcha innovasion xamkor tashkilot va mehmonxonalar hodimlari taklif etildi.

Ushbu ilmiy-amaliy seminarning asosiy maqsadi turistlarga xizmat ko’rsatishda innovasion texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari bo’yicha talabalarda amaliy ko’nikmalarni mustahkamlash hisoblanadi.
Ilmiy-amaliy seminarni o’tkazishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish mo’ljallandi:

– turistlarga xizmat ko’rsatishda innovasion texnologiyalarning afzalliklarini asoslash;

– servis innovasiyalarining mohiyatini ochib berish;

Innovasion-korporativ hamkorlik bo’yicha o’tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– turistlarga xizmat ko’rsatishda innovasiyalar rivojlanishining tahlilini amalga oshirish;

– turistik xizmatlar bozorini innovasion texnologiyalardan foydalangan holda takomillashtirish;

– turizmda innovasion texnologiyalarni jadal rivojlantirish istiqbollarini aniqlash va b.

Ilmiy-amaliy seminarni TDIU ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Sh.Mustafakulov, hamda universitetning xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori O.Xamidov ochib berdi. Ular ilmiy-amaliy seminarda qatnashayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar vakillari va davlat boshqaruvi organi mutaxassislari bilan olib borilayotgan hamkorlik munosabatlarini yuqori baholashdi.

“Yasmina tour” turistik firmasi bilan bir necha marta shu jumladan 19 dekabr’ 2017 yilda innovasion hamkorlik yuzasidan ishlab chiqarish va ta’limdagi muammolar yuzasidan tajriba-mashg’ulot darslari tashkil qilindi. Unda firma direktori Saidaxmat Raupbaev o’zining ish jarayoni tajribasidan kelib chiqib, kafedra professor-o’qituvchilari va talabalri uchun muammolarning yuzaga kelishi va uni bartaraf etish borasida ma’ruza qildi.

2017 yilning sentyabr oyidan boshlab jadval asosida tashkil qilingan innovasion guruhlar o’zlariga biriktirilgan xamkor tashkilotlar bilan xar oyda uchrashuv va baxs-munozara tarzida ilmiy seminarlar tashkil etib kelindi.

TDIU “Turizm va servis” kafedrasi  innovasion korporativ hamkorlikni bundanda rivojlantirish uchun 2018 yilgi bosh rejasini ishlab chiqqan bulib, bugungi kunda reja asosida ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xalqaro aloqalar (qaysi xorijiy davlatlar OO’Yu bilan hamkorlik o’rnatilgan va qaysi yo’nalishlarda, amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari natijalari,
tajriba almashish va malaka oshirish)

Turizm va servis kafedrasi professor-o’qituvchilari mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Buxoro davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Farg’ona davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda. Qolaversa, kafedra turizm sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelayotgan Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Qirg’iziston, Janubiy Koreya, Bel’giya, Finlandiya, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Turkiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Malayziya, Hindiston, Gresiya, Ispaniya hamda MDH davlatlari oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalarini ijro etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra turizm servisi, mehmondo’stlik industriyasi menejmenti masalalariga ixtisoslashgan xorijiy ilmiy jurnallarda muntazam ilmiy maqolalar e’lon qilib keladi. Hamkorlik aloqalari o’rnatilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan ilmiy simpozium va konferensiyalarda kafedra professor-o’qituvchilari munosib qatnashib, sovrinli o’rinlarni ham ko’lga kiritib kelmoqda.

                Xususan, Markaziy Osiyo davlatlari uchun iqtisodiyot va menejment (CANEM I-II) dasturi doirasida 2012-2016 yillar davomida Sh.Sayfutdinov va M.Amonboev Ispaniyaning “Las Palmas Gran Canaria” universitetida o’z kasbiy malakalarini oshirib qaytdi.

         2017 yilda YuNESKOning “Buyuk Ipak yo’lida turizmni rivojlantirish istiqbollari” loyihasi doirasida Sh.Sayfutdinov va T.Sodiqov Qozog’istonning Olmaota shahrida o’tkazilgan ilmiy seminarda o’z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

         2018 yil fevral’ oyida universitetimizda “ERASMUS+MIND PROJECT” loyihasi doirasida Italiyaning Genue universiteti professori Agostino Massa ishtirokida ilmiy konferensiya tashkil etilib, har ikkala oliy ta’lim muassasalari o’rtasida turizm yo’nalishi bo’yicha ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishib olindi.

Kelgusida ham xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish asosida kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar amaliy ko’nikmalarini jahon talablari darajasida yuksaltirib borish belgilangan.

Ulashish: