Korporativ boshqaruv kafedrasi

 

Kafedra mudiri: Begmatova Dilorom Bahodirovna

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Qabul vaqti:  Dushanba – Juma kunlari

soat 1400 dan – 1600 gacha

Telefon: (0 371) 239-28-30​
E-mail:  ya-dilow2013@yandex.com
Веб сайт: www.tdiu.uz

 

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot

Kafedraning birinchi mudiri – i.f.d., prof. Xodiev B.Yu. 2008-2009 yilgacha boshqargan.

2009-2014 yillar – dots. Karlibaeva R.X.,

2014-2016 yillarda – dots. Rasulov N.M.,

2016 yil mart oyidan boshlab, kafedraga D.Begmatova rahbarlik qilib kelmoqda.

 

Kafedra tarixi

Korporativ boshqaruv va raqobatni rivojlantirish kafedrasiga 2008 yilda asos solingan. 2008-2012 o‘quv yillarida kafedrada “Korporativ boshqaruv” va “Menejment” (infratuzilma) mutaxassisligi hamda “Inqirozga qarshi boshqaruv” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan. 2012 o‘quv yilidan 5A230108 – “Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar hamda 5230100 – “Iqtisodiyot (infratuzilma)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yosh mutaxassislar tayyorlanmoqda.

2008 yildan 2016 yilgacha kafedra “Korporativ boshqvruv va raqobatni rivojlantirish” nomi bilan yuritilgan.

2016 yildan hozirgi kungacha “Korporativ boshqaruv” nomi bilan yuritib kelinmoqda.

Kafedra universitet hamda fakultet kengashlari ko‘rsatmalari asosida tasdiqlangan reja, shuningdek, kafedra majlislari asosida o‘z faoliyatini olib boradi. Barcha dolzarb masalalar kafedra majlislarida muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinadi. Hisobot davrida mamlakat iqtisodiyotini oliy ma’lumotli iqtisodchi kadrlar bilan ta’minlash, bo‘lajak mutaxassislarni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga javob beruvchi bilimlar bilan qurollantirish borasida bir qator aniq ishlar bajarilgan.

Kafedra bo‘yicha belgilangan shtat birligi

Kafedrada rejada belgilangan shtat bo‘yicha dotsentlar – 4 ta, (PhD) katta o‘qituvchi – 1 ta, (PhD) assistent – 1 ta, assistentlar – 6 ta, kabinet mudiri – 1 ta lavozimda mehnat qiladilar. Ilmiy salohiyat 54,5 foizni tashkil etadi.

Kafedrada to‘liq stavkada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar

 

Foto F.I.Sh.

Е-mail

Ilmiy darajasi va unvoni  
1.

Begmatova Dilorom Bahodirovna

ya-dilow2013@yandex.com

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

 
2. O‘rmonov Nizomiddin To‘laganovich

nishza@mail.ru

i.f.d., dotsent  
3. Karliboyeva Raya Xodjabayevna

k.raya3005@mail.ru

i.f.d., dotsent  
4. Quvnoqov Haydar  Qosimovich

saman.010@br.ru

i.f.d., dotsent  
5. Shukurov Sanjar Inoyatullayevich

lepotastart@mail.ru

Assistent  
6. Xo‘jamatov Asqarjon Jalolovich

asqar_86@mail.ru

Assistent  
7. Ismoilov Allayor Rashidovich

ismailovallayor@mail.ru

Assistent  
8. Urinov Bobur Nasilloyevich

boburmirzo2004@mail.ru

Assistent  
9. Masharipova Shaxlo Adambayevna

masharipova84@list.ru

Assistent  
10. Meyliyeva Dilnoza Boboniyoz qizi

nnoza80@gmail.com

Assistent  

 

Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi va  mutaxassisliklar:

5230100 – Iqtisodiyot (infratuzilma);

5231900 – Korporativ boshqaruv;

5A230108 – Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish.

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat va magistratura kesimida)

Bakalavriat:

5111000 Kasb ta’limi (5230100 Iqtisodiyot)
5111000 Kasb ta’limi (5330200 Informatika va axborot texnologiyalari)
5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230400 Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230700 Bank ishi
5230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
5230800 Soliqlar va soliqqa tortish
5231400 Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5231600 Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi
5231700 Kadrlar menejmenti
5231900 Korporativ boshqaruv
5330200 Informatika va axborot texnologiyalari (iqtisodiyot)
5610100 Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil etish va boshqarish)

Магистратура:

5А230108

5А230601

Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish

Davlat moliyasini boshqarish

 

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

Kafedra jamoasi olib borayotgan ilmiy ishlar mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy standartlarini joriy etish, aksiyadorlik jamiyatlarining investitsiyalar jozibadorligini oshirish, minoritar aksiyadorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, aksiyadorlik jamiyatlarida faoliyat yuritayotgan personalni boshqarishning zamonaviy standartlarini joriy etish, fond bozori faoliyatini takomillashtirish kabi muammolarga bag‘ishlangan. Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi: FM-4 – O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini metodologiyasi va ilmiy asoslari deb nomlanadi.

Kafedramiz professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy tadqiqot ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi «Toshkent» fond birjasi, “Uzeltexsanoat” aksiyadorlik jamiyati va boshqa aksiyadorlik jamiyatlari bilan hamkorlikni amalga oshirmoqdalar.

Kafedramiz qoshida bundan tashqari “Korporativ madaniyat asoslari” bakalavr talabalari uchun va magistratura talabalari uchun “Sog‘lom raqobatchi” to‘garaklari faoliyat yuritadi. To‘garaklarda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi «Toshkent» fond birjasi va aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislari bilan hamkorlikda korporativ tuzilmalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy, xalqaro standartlarini joriy etish bo‘yicha qiziqarli suhbatlar olib boriladi.

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilyotgan ilmiy ishlar:

Begmatova D.B. – Sovershenstvovanie metodologii i metodov otsenki effektivnosti korporativnogo upravleniya v aksionernûx obùestvax.
Karlûbaeva R.X. – Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentni samarali tashkil etish.
Ashurov Z.A. – Aksiyadorlik korxonalarida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish
Mamasharipova Sh.A. – Sovershenstvovanie upravleniya denejnûmi potokami aksionernûx obùestv.
Urinov B.N. – Korxonalarda personalni boshqarishning korporativ usuli samaradorligini oshirish.
Xo‘jamurodov A.J. – Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fond bozori infratuzilmasini takomillashtirish.
Shukurov S.I. – A Study on economic zones of Uzbekistan and Kazakhstan.
Ismailov A.R. – Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning institutsional va funksional mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari.
Meylieva D.B. – Ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan ta’minlashda marketing tadqiqotlarini olib borish.
Eshova S.A. – Jahon iqtisodiyotida to‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning rivojlanish tendensiyasi tahlili.

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4-noyabrdagi «Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlikni amalga oshirishni  tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi 47 – sonli va     2015 yil 18 noyabrdagi Oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni amalga oshirishning tashkiliy masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tegishli vazirlik va idoralar ma’sul rahbar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan maxsus hay’at yig‘ilishining 49-sonli majlis bayonlarida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kafedra ta’lim yo‘nalishiga mos vazirlik, tashkilot va korxonalar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Universitet rektorining tashabbusi bilan innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu sohada bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar seminar trening sifatida o‘qitilib, atroflicha muhokama etildi. Quyidagi chizmalarda kafedralarda innovatsion – korporativ hamkorlikni amalga oshirish bosqichlari va vazifalar aniq belgilab berilgan:

Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro innovatsion hamkorligi – Oliy ta’lim muassasasi bilan ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida yangi g‘oya va ishlanmalar yaratishga yo‘naltirilgan o‘zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish jarayonidir. O‘zaro innovatsion hamkorlikni tashkil etish, uni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlarida fan va ta’lim rivoji bo‘yicha belgilab qo‘yilgan shartlar hamda vazifalar bajarilishini ta’minlab berishi lozim.

Hozirda kafedra tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi «Toshkent» fond birjasi, “Uzeltexsanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan innovatsion hamkorlik doirasida bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik dissertatsiyasi, doktorlik dissertatsiyasi va xo‘jalik shartnomalari mavzulari tuzilib, muhokama etildi hamda tasdiqlandi. Bu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Xalqaro aloqalar (qaysi xorijiy davlatlar OO‘Yu bilan hamkorlik o‘rnatilgan va qaysi yo‘nalishlarda, amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari natijalari, tajriba almashish va malaka oshirish)

Kafedra professor-o‘qituvchilari nafaqat Toshkent shahrida joylashgan xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalari, balki yevropa, AQSh, Rossiya, Hindiston, Koreya kabi fan va ta’lim rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqdalar. Xorijiy ta’lim muassasalari jurnallari, konferensiyalarida ilmiy maqolalar chop etish bilan birga ularning ilmiy tadqiqot yo‘nalishidagi tajribalarini ham o‘rganmoqdalar.

Xususan, Germaniyaning Bremerxafen amaliy fanlar universiteti, Bremen amaliy fanlar universiteti, Avstriyaning Grats universiteti, Ispaniyaning Las-Palmas universiteti, Polshaning Yan Kochanovski univesiteti, Sloveniyaning Lyublyana universiteti, Koreyaning Kyonxi universiteti, Hindistonning Milliy mehnat instituti, Tadbirkorlikni rivojlantirish instituti, AQShdagi Vayoming universiteti, Buyuk Britaniyaning Bat universiteti va h.k. professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Ushbu hamkorlik aloqalari qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma konferensiya va seminarlarni tashkil etish, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish va boshqa yo‘nalishlarda olib borilmoqda.

Hamkorlik aloqalari natijalari shundan iborat bo‘ldiki, kafedra tashkil qilingan davrdan boshlab, 2 ta xalqaro grant asosida tashkil etilgan qo‘shma loyiha xorijiy OO‘Yu bilan amalga oshirildi, 3 nafar professor-o‘qituvchi xorijiy OO‘Yu ga borib, talabalarga ma’ruza o‘qib keldi, 3 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi TDIU ga kelib, kafedra talabalariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi, 8 nafar professor-o‘qituvchi va ilmiy xodim xorijiy OO‘Yu larida malaka oshirdi, 20 ga yaqin kafedra talabalari xorijiy OO‘Yu ga qisqa muddatli o‘quvlarga va almashinuv dasturda ishtirok etdilar, 5ta ilmiy maqola nufuzli xorijiy jurnallarda chop etildi.

Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan xo‘jalik shartnomalari

 Korporativ boshqaruv kafedrasi tomonidan X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari to‘g‘risida ma’lumot

Shartnoma imzolangan korxonaning nomi Tuzilgan shartnoma summasi (mln. so‘m)
1. “XIDIR BEZNES SERVIS” mas’uliyati cheklangan jamiyat 5,0

 

Iqtidorli yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar

Hozirgi kunda Korporativ boshqaruv kafedrasi qoshida bakalavr talabalari uchun “Korporativ madaniyat asoslari”, magistrlar uchun esa “Sog‘lom raqobatchi” deb nomlangan to‘garak, assistent S.Shukurov rahbarligida boshqarib kelinmoqda. Ushbu to‘garakda bugungi kunda 20 nafar talaba va magistr o‘z bilim va mahoratlarini oshirib kelmoqda. Ilmiy to‘garakka mas’ullar sifatida dotsent N.O‘rmonov ish olib bormoqda. Kafedrada ilmiy to‘garagining ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “O‘zbekistonda korporativ madaniyat asoslarini shakllantirish” mavzusiga asoslanadi. Ilmiy to‘garakda ma’ruzalar muhokamasi har oyning oxirgi payshanba kuni soat 14.10 dan 15.30 gacha bo‘lib o‘tadi.

To‘garakning ilmiy-amaliy ahamiyatiga kelsak, bugungi kunda tahsil olib ketgan talabalar mamlakat iqtisodiyotining turli sohalarida faoliyat yuritmoqdalar va ularning ish jarayoniga bevosita bog‘liq jihatlari bilan ham to‘garak ish faoliyati davomida talabalar tanishtirib borilmoqda.

Hozirda “Sog‘lom raqobatchi” ilmiy tugaragi ishtirokchilari tashkil etilayotgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari hamda seminarlarda o‘z maqola va tezislari bilan muntazam ishtirok etib kelmoqdalar.

 

Ulashish: