Menejment kafedrasi

Umumiy ma’lumotlar

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Ishlab chiqarish menejmenti” kafedrasi 31 mart 1989 yil 110-sonli buyruq bilan oldingi “Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqarish” kafedrasi asosida tashkil etilgan va kafedra mudiri qilib professor Sh.N.Zaynutdinov tayinlangan.
Mazkur kafedra 1991 yil sentyabrida mutaxassislik kafedrasiga aylantirildi. Shu yildan boshlab universitetda birinchi bor iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish mutaxassisligi sohasida kadrlar o‘qitila boshladi.
1990 yil 18 yanvardagi TDIU Ilmiy Kengashining qaroriga asosan “Savdo menejmenti” kafedrasi tashkil topgan. Ushbu kafedra savdoni tashkil etish va boshqarishning iqtisodiy-tahliliy,tashkiliy-tijorat asoslarini chuqur o‘rgangan,serqirra yo‘nalishdagi mutaxasisslar tayyorlashga yo‘naltirilgan.1990-2005 yillarda kafedraga uning asoschisi N.Q.Yo‘ldoshev mudirlik qilgan.
TDIU rektorining 2005 yil 2 sentyabrdagi buyrug‘iga binoan “Ishlab chiqarish menejmenti” va “Savdo menejmenti» kafedralarini birlashtirish natijasida “Menejment” kafedrasi tashkil topdi. Kafedraga mudir etib i.f.d. prof.N.Q.Yo‘ldoshev tayinlandi.
I.f.d. prof.N.Q.Yo‘ldoshev 2005-2018 yillar mobaynida “Menejment” kafedrasini muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda .

 

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar

 “Menejment” kafedrasi mutaxassislik kafedrasi hisoblanib 5230200 –Menejment(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi hamda 5A2302001 – Menejment(real sektor) ixtisosligi bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlaydi.

Ta’lim jarayoni 2017 yil 24 avgustda  OO‘MTV tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturlari, hamda  2017 yil 28 iyunda tasdiqlangan ishchi o‘quv dasturlariga asoslangan holda tashkil etiladi.

bakalavriatda:

Menejment
Strategik menejment
Ijtimoiy menejment
Ishlab chiqarish menejmenti
Xalqaro menejment
Innovatsion menejment
Sifat menejmenti
Menejment. Marketing
Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi
yengil sanoat texnologiyasi
Birja va yarmarka faoliyatini boshqarish
magistraturada

   Tadbirkorlik menejmenti

   Operatsion menejment

   Moliyaviy menejment
Strategik boshqarish
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Tizimli menejment nazariyasi fanlari o‘qitilad

1 Yo’ldoshev Nuriddin Qurbonovich iqtisod fanari doktori frofessor
2 Azlarova Munira Muxammad-Amin qizi katta o’qtuvchi
3 Akbarxodjaeva Zilola Zaynitdinovna katta o’qtuvchi
4 Jurayeva Guzal Shavkatovna katta o’qtuvchi
5 Qadirovxojayeva Nilufar Raxmatullayevna katta o’qtuvchi
6 Lutfullaeva Nargiza Xikmatullaevna Iktisod fanlari nomzodi
7 Rashidov Jamshid Xamidovich iqtisod fanlari nomzodi
8 Umarxodjaeva Muyassarxon Ganievna iqtisod fanlari nomzodi
9 Xodjamuratova Gulbaxar Yuldashevna iqtisod fanlari nomzodi
10 Shanazarova Gulyoraxon Baxtiyarovna assistenti
11 Yunusov Mirgani Pulatovich katta o’qtuvchi
12 Yusupova Dildora To‘rajonovna iqtisod fanlari nomzodi
13 Yaxyaeva Inobat Karimovna katta o’qtuvchi

 

O‘QUV-USLUBIY IShLAR

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar Mutaxassislik shifri O‘quv dasturi tasdiqlangan sanasi, ma’sul shaxs Ishchi dasturi tasdiqlangan sanasi
1. Menejment “Menejment”-5230200 (ishlab chiqarish) 7.01.2015 yil
Yo‘ldoshev N.Q., Kadirxodjaeva N.
12.08.2016 yil Yo‘ldoshev N.Q., Kadirxodjaeva N.
2. Ishlab chiqarish menejmenti “Menejment”-5230200 (ishlab chiqarish) 7.01.2015 yil
Umarxodjaeva M.G‘.,Yax’yaeva I.K.
12.08.2016 yil
Umarxodjaeva M.G‘., Yax’yaeva I.K.
3. Strategik menejment “Menejment” -5230200 (ishlab chiqarish) 7.01.2015 yil
Yo‘ldoshev N.Q.
12.08.2016 yil
Yo‘ldoshev N.Q.
4. Birja va yarmarka faoliyatini boshqarish “Menejment” -5230200 (ishlab chiqarish) 28.08.2014 yil
Yunusov M.P.

 

12.08.2016 yil
Yunusov M.P.
5. Ijtimoiy menejment “Menejment” -5230200 (ishlab chiqarish) 7.01.2015 yil
Yo‘ldoshev N.Q., Umarxodjaeva M.G‘.,Yax’yaeva I.K.
12.08.2016 yil

Yaxshiyeva I.

  Innovatsion menejment “Menejment”-5230200 (ishlab chiqarish) 7.01.2015 yil

Akbarxodjayeva Z.Z.

12.08.2016 yil

Akbarxodjayeva Z.Z.

7. Menejment. Marketing Bank ishi-5230700

Soliq va soliqqa tortish -5230800

7.01.2015 yil

Azlarova M., Xodjamuradova G.

12.08.2016 yil

Azlarova M., Xodjamuradova G.

8. Sifat menejmenti “Menejment”-5230200 (ishlab chiqarish) 9.01.2016 yil

Quvnoqov X.

12.08.2016 yil

Quvnoqov X.

9. Xalqaro menejment “Menejment”-5230200 (ishlab chiqarish) 7.01.2015 йил

Umarxojayeva M

Qadirxojayeva N.

12.08.2016 yil Yo’ldashov N.Q.,

Umarxojayeva M

Qadirxojayeva N.

10. Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi “Menejment”-5230200 (ishlab chiqarish) 11.06.2016

Qadirxojayeva N.

12.08.2016

Qadirxojayeva N.

11. Yengil sanoat texnologiyasi “Menejment”-5230200 (ishlab chiqarish) 11.06.2016

Azlarova M., Shanazarova G

12.08.2016

Azlarova M., Shanazarova G

 

ILMIY-TADQIQOT IShLARI

Professor-o‘qituvchilar ITI va kafedra ilmiy tadqiqot yo‘nalishi. “Menejment” kafedrasi ilmiy yo‘nalishi O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga, TDIU ilmiy yo‘nalishi kompleks rejasiga mos ravishda “Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilashda innovatsion marketing va menejment konsepsiyalaridan foydalanish metodologiyasi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Har bir professor-o‘qituvchi o‘z ilmiy yo‘nalishiga asosan ITI olib borish natijasida, hisobot yilida mamlakatimiz mustaqilligini munosib kutib olish uchun salmoqli ishlar olib borildi. Xalqaro, respublika va OTM miqyosidagi ilmiy va amaliy anjumanlarda, respublika va xorijiy jurnallarda professor-o‘qituvchilar o‘z maqolalarini chop etdilar.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ishlab chiqarish korxonalari, jumladan, “O‘zbekengilsanoat” AJ, “Texnolog” AJ, Toshkent qishloq xo‘jaligi texnika zavodi AJ, “O‘zeltexsanoati”AJ, “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJida mavjud muammolarni o‘rgangan holda bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzulari shakllantirildi va bajarildi.
Kafedra xo‘jalik shartnomalari bajarilishi. Xo‘jalik shartnomalari asosida kafedrada amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy-tadqiqot natijalari ilmiy izlanishlar asosida amaliy takliflar ishlab chiqish hamda konsultativ xizmatlar ko‘rsatishdan, ilmiy seminarlar tashkil etishdan iboratdir. Kafedrada bajarilayotgan xo‘jalik shartnomalarida korxonalar buyurtmasiga asosan ilmiy-izlanishlarda talabalar ishtirok etmoqdalar. Izlanish materiallari asosida bitiruv malakaviy ishlarida amaliy ahamiyatga ega xulosa va takliflar ishlab chiqib, korxonadan tadbiq etish to‘g‘risida ma’lumotnomalar tayyorlangan. 2016-2017 o‘quv yili davomida 13 mln. so‘m. mablag‘ tushirildi. Tushirilgan mablag‘lar kafedraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirildi.
2017 yil 17 fevraldagi 86-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-texnikaviy konfereniyalar rejasiga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Korporativ boshqaruv” va “Menejment” kafedralari hamkorligida “O‘zbekistonda korporativ boshqaruv va raqobat muhitini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konfereniya o‘tkazildi.
6-sho‘ba. Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida zamonaviy menejment konsepsiyalaridan foydalanish yo‘nalishlari. Sho‘ba moderatorlari: i.f.n. Xodjamuratova G.N. – TDIU “Menejment” kafedrasi dotsenti, Akbarxodjaev Z.Z. – TDIU “Menejment”kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Sho‘balarda 43 ta mavzuda ma’ruzalar tinglandi. Sho‘balar ish faoliyatida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy-xodim izlanuvchilari, yetuk amaliyotchi mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi

 

MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR

I. Ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlarni tizimli muvofiqlashtirishga doir tashkiliy masalalar

2016-2017 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari kafedrada tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta mahsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy masalalarni tashkil etish va samaradorligini oshirishga doir ko‘rsatmalar asosida boy milliy qadriyatlarni tiklash, ularni asrash va ravnaq toptirish, yoshlarda kasbga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, hamda ijtimoiy faollikni oshirish masalalari hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sog‘lom yoshlarni tarbiyasi masalalarini o‘z ichiga oladi.
2016-2017 o‘quv yilida kafedrada ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy tarbiya ishlari quyidagi ustivor yo‘nalishlarda amalga oshirildi:
Ma’naviy va g‘oyaviy barkamol,ijtimoiy faol mutaxassislarni tayyorlash, ularda milliy g‘urur, vatanparvarlik va milliy manfaatlar uchun kurash ruhiyatini shakllantirish va ravnaq toptirish;
Xalqaro terrorizm, diniy va siyosiy ekstremizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba-yoshlarda mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
Talaba yoshlar manfaatini himoya qilish, o‘qish, ilm bilan shug‘ullanish, sog‘lom yashash uchun qulay sharoitlar yaratish;
Milliy va diniy qadriyatlarni hurmat qilish va e’zozlash, uzoq o‘tmishdan davom etib kelayotgan “Ustoz – shogird” milliy an’analarni ta’lim tizimida keng joriy etish va rivojlantirish;
Ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini universitet xodimlari va talaba – yoshlari orasida keng targ‘ib etish va rivojlantirish;
Talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va tahliliy fikrlashni kuchaytirish.
“Menejment” kafedrasi jamoasi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda va uni boshqarishda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlariga bevosita amal qilgan holda olib bormoqdalar. Kafedra faoliyati mamlakatimizning turli sohalari uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda ma’lum yutuqlarga erishilmoqda. Ayniqsa xozirgi zamon talablariga javob beradigan va zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan magistrlarni tayyorlashga kafedra murabbiylari va professor-o‘qituvchilari juda katta e’tibor bermoqdalar.
1.Istiqlolning 25 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik biz uchun – o‘zligimizni anglash, yurt tinchligi va barqarorligining, inson manfaati, erkinligi va farovonligining, biz ko‘zlagan demokratik jamiyat barpo etishning garovidir” mavzusidagi tadbir

 

INNOVATSION-KORPORATIV HAMKORLIK

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xususiy mulk va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari B.Sh.Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i Kamoliddinov U.M., “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi “Texnika siyosati va prognozlash bosh boshqarmasi” boshlig‘ining o‘rinbosari Muxitdinov A.A., “Korxonalarni boshqarish” jurnali muharriri Yakovlev I.G., TXVU birinchi prorektori Alan Frans, Toshkent shahridagi Inha universiteti professori J.Y.Lee va G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali professori M.B.Xamidulinlar quyidagi mavzularda o‘z ma’ruzalarini havola etdilar.o‘tkazildi.

Ulashish: