Statistika kafedrasi

Kafedra to‘g‘risida umumiy ma’lumot

Kafedra o‘z ish faoliyatini 1932 yildan Toshkent moliya-iqtisod institutining “Matematika va statistika” kafedrasi tarkibida boshlagan. 1953 yildan boshlab kafedra o‘z ish faoliyatini mustaqil “Statistika” kafedrasi nomi ostida olib bormoqda. Shu yildan boshlab iqtisodiyot tarmoqlari uchun jumladan, Davlat statistika qo‘mitasi uchun mutaxassis-statistiklarni tayyorlash boshlandi.

Hozirgi kunda kafedrada jami 10 ta professor-o‘qituvchi, shu jumladan, 1 ta professor, 4 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi va 2 ta assistent faoliyat olib bormoqda.

Statistika kafedrasi universitetning yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, statistika olimlari va amaliyotchilari orasida yuqori maqomga egadir. Kafedra a’zolari statistika fani va amaliyotini rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shib kelishmoqda.

Uzoq yillar davomida statistika kafedrasi a’zolari tomonidan yaratilgan Statistika, Iqtisodiy statistika, Aholi statistikasi, Ijtimoiy statistika kabi fanlar statistika fanini o‘rganayotgan shaxslar uchun asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

  Kafedra mudiri   Ayubjonov Abbos Xasilovich
  Qabul vaqti   900 – 1600
  Telefon   (0 371) 239-28-06
  E-mail   kafstat@tdiu.uz
  Veb-sayt   www.tdiu.uz

 

Kafedraning ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi:

5231400- Ctatistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavr yo‘nalishi;

5A230401- Ctatistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi.

 

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar.
TDIU “Statistika” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ro‘yxati:

Foto surati F.I.SH Lavozimi Е-mail
1 Ayubjanov Abbos Hosilovich i.f.n., dotsent abbosaubjonov@gmail.com
2   Nabiyev Xamidulla i.f.d., professor
3 Akbarova Zarifa i.f.n., dotsent  
4 Mamatkulov Baxtiyor Xolmurodovich i.f.n., dotsent baxt.mamatqulov@yandex.ru
5 Abduraxmonov Abduazim Jaloliddinovich i.f.n., dotsent azim2191@mail.ru
6 Axmedova Mavluda Shavkatovna katta o’qituvchi axmedovamavluda74@gmail.com
7   Akbarova Barno Shuxratovna katta o’qituvchi barno.akbarova@mail.ru
8   Mo’minova Saodat Abduxamidova katta o’qituvchi saodatmominova@mail.ru
9 Shokirova Nigora Axrolovna assistent nigorashokirovastat@mail.ru
10 Salixodjaev Umida Abduakbar qizi assistent umchka@mail.ru

 

O‘quv – uslubiy ishlar

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi 5 yilda 3 ta monografiya, 6 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta masalalar to‘plami hamda 305 b.t.ga yaqin ilmiy ishlar chop etilgan.
Bugungi kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Xalqaro statistika”, “Milliy hisoblar tizimi”, “Qurilish statistikasi”, “Sanoat statistikasi”, “Qishloq xo‘jaligi statistikasi” fanlaridan masalalar to‘plamlari tayyorlandi. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari “Sanoat statistikasi”, “Xalqaro statistika”, “Iqtisodiy statistika”, “Statistika” “Milliy hisoblar tizimi”, “Aholi statistikasi”, “Ijtimoiy statistika”, “Statistika nazariyasi”, “Moliyaviy dasturlash”, “Mehnat statistikasi” fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualarning elektron shakli va ishchi daftarlar tayyorlandi.

 

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedrada bugungi kunda 5 ta doktorant va 6 mustaqil izlanuvchi ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. So‘nggi yillarda kafedra jamoasi tomonidan 1 monografiya, 20 ta ilmiy maqola, 45 ta tezis chop etildi. Kafedrada muntazam ravishda ilmiy seminar faoliyat olib boradi. Seminarda respublikamiz iqtisodiyoti va statistika tizimida samarali faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislar dolzarb mavzularda ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqdalar.

 

Ma’naviy –ma’rifiy ishlar
Kafedraning ma’naviy- ma’rifiy ishlari rejasi.

 

 

Xalqaro hamkorlik

Moskva davlat universiteti;
G.V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti.
Genuya universiteti
Saloniki Aristotel Universiteti

 

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkori

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar

 

 

 

Ulashish: