Moliya va soliqlar kafedrasi

Umumiy ma’lumotlar

 

  Kafedra mudiri:   Xudoyqulov Sadriddin Karimovich
  Qabul vaqti:   1400 – 1700
  Telefon:   (0 371) 239-28-23
  E-mail:   kafmoliya@tdiu.uz
  Veb-sayt:   www.tdiu.uz

 

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot

Kafedraning birinchi mudiri – i.f.d., prof. Favorskiy E. 1931-1957 yilgacha boshqargan.

1957-1972 yillarda, i.f.d. X. M. Murodov

1972-1990 yillarda, i.f.d.H.R. Sobirov

1990-1993 yillarda, i.f.d. O.YU.Rashidov

1993-1996 yillarda, i.f.d. T.S. Malikov

1996-2003 yillarda, i.f.d. A.M. Jumanov

2003-2006 yillarda, i.f.n E.F. Gadoev

2006-2009 yillarda, i.f.n B.K. Tuxliev

2009-2015 yillarda, i.f.n S.K. Xudoyqulov

2015-2017 yillarda, i.f.n Q.T. Bazarov

2017-2018 yillarda, i.f.n X.A. Qurbonov

2018 yil yanvar oyidan boshlab kafedraga i.f.n., dotsent S.K.Xudoyqulov rahbarlik qilib kelmoqda.

 

Kafedra tarixi

Moliya va soliqlar kafedrasi 1931 yilda O‘rta Osiyoda dastlabki moliya yo‘nalishida tashkil etilgan Moliya-iqtisodiyot instituti qoshida «Moliya» kafedrasi nomi bilan tashkil etildi. Moliya kafedrasida dastlabki yillarda “Moliya va kredit”, “Pul muomalasi va kredit”, “Davlat byudjeti”, “Xalq xo‘jaligi moliyasi” kabi fanlar o‘qitilgan.

Mustaqillik yillarida kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, ushbu davrda kafedrada 3 ta fan doktori, 13 ta fan nomzodlari etishib chiqdi.

 

Kafedra bo‘yicha belgilangan shtat birligi

Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, professorlar, 8 ta fan nomzodi, dotsentlar, 7 ta katta o‘qituvchilar, 9 assistentlar faoliyat olib borishmoqdalar. Kafedranining ilmiy salohiyati 38%ni tashkil qiladi.

Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar:

5230800   – Soliqlar va soliqqa tortish;

5A230602 – Davlat moliyasini boshqarish;

5A230801 – Soliqlar va soliqqa tortish.

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat va magistratura kesimida)

Bakalavriat:

5230100 – Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)

5230100 – Iqtisodiyot (iqtisodiyot nazariyasi)

5230100 – Iqtisodiyot (mikroiqtisodiyot)

5230100 – Iqtisodiyot (real sektor)

5230200 – Menejment (real sektor)

5230400 – Marketing (kichik biznes va tadbirkorlik)

5230400 – Marketing (logistika)

5230400 – Marketing (tashqi iqtisodiy faoliyat)

5230400 – Marketing (tovarlar va xizmatlar)

5231400 – Statistika (iqtisodiyot)

5231600 – Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi

5231700 – Kadrlar menejmenti

5231900 – Korporativ boshqaruv

300000   – Ishlab chiqarish texnik soha
330000   – Kompyuter texnologiyalari va informatika
5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari (iqtisodiyot)
610000   – Xizmat ko‘rsatish sohasi
5610100 – Xizmatlar sohasi (kichik biznes va tadbirkorlik)
5610100 – Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil qilish va boshqarish)
5610200 – Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

 Magistratura:

5A230603 – Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar sohasi bo‘yicha)

 

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Foto surati FISh Ilmi darajasi va unvoni e-mail
1. Xudoyqulov Sadriddin Karimovich I.f.n., dots kafmoliya@tdiu.uz
2. Almardonov Muxammadi Ibragimovich  i.f.d., dok alimardanov@mail.ru
3. Burxonov Aktam Usmanovich i.f.d., dok burkhanov@mail.ru
4. Qurbonov Xayrilla Abdurasulovich I.f.n., dots. kurbonov1301@inbox.ru
5. Bazarov Qahramon Toshtemirovich  I.f.n., dots. bazarov@mail.ru
6. Qulmatov Chori Anorovich  I.f.n., dots. kulmatov@mail.ru
7. Imomov Hamdulla Hamdamovich I.f.n., dots. imamov@mail.ru
8. Mutalova Dilorom Muhammadjonovna  I.f.n., dots. mutalova@mail.ru
9. Rajapov Shuxrat Zaripbaevich k.o`q. rajapov.s-2012@mail.ru
10. To‘xsanov Qudratillo Nozimovich  k.o`q. toxsanov@mail.ru
11. Qarshiev Otabek Abdullaevich  k.o`q. karshiyev@mail.ru
12. Shomansurova Zilola Abduvaxidovna  k.o`q. shomansurova@mail.ru
13. Yusupov Odil Amanovich  k.o`q. yusupov@mail.ru
14. Hojiev Jahongir Dushabaevich  assistent xojiyev@mail.ru
15. Xolov Nabijon Qaxramonovich  k.o`q. xolov@mail.ru
16. Umarova Xurshida Olimjonovna  assistent umarova@mail.ru
17. Sayfutdinov Hasanboy Dilshodovich  assistent sayfutdinov@mail.ru
18.  Abdusattarova Dildora Baxodirovna  k.o`q. abdusattarova@mail.ru
19. Jumaniyozova Feruza Rajabovna  assistent jumaniyazova@mail.ru
20. Isayeva Shaxlo Aripdjanovna  assistent isayeva@mail.ru
21. Eshov Alisher Axtamovich  assistent eshov@mail.ru
22. Muradova Dildora Abdusalimovna  assistent murodova@mail.ru
23. Allaberganova Nilufar Olimboyevna  assistent allaberganova@mail.ru
24. Alimdjanova Nilufar Anvarovna  assistent alimdjanova@mail.ru

 


O‘quv-uslubiy ishlar

Kafedrada hozirgi kunda bakalavriat va magistratura bosqichida 30 ta fandan dars mashg‘ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu fanlardan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar, ishchi daftarlar va boshqa turdagi uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan.

 

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan Respublikamizning moliya-soliq tizimini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq keng fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari amalga oshirilib borilmoqda. Kafedrada 10 nafarga yaqin doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy ishlar olib borayotgan bo‘lsa, 5 ta yirik innovatsion real muammoli mavzular doirasida xo‘jalik shartnomalari asosida tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. Kafedra tomonidan Respublikamizning moliya-soliq, qimmatli qog‘ozlar va sug‘urta sohasining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari va ilmiy-nazariy seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda. Oxirgi yillarda kafedra jamoasi tomonidan 6 ta monografiya, 3 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, xalqaro ilmiy jurnallarda 30 dan ortiq maqola va tezislar e’lon qilingan.

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilyotgan ilmiy ishlar:

i.f.n., dots. Xudoyqulov Sadriddin Karimovich – Soliq tushumlarini prognoz qilishning metodologik muammolari;

i.f.d., prof. Alimardonov Muxamadi Ibragiomvich – “O‘zbekistonda kichik byuiznes va xususiy tadbirkorlikni soliqlar orqali qo‘llab quvvatlash tizimini takomillashtirish”;

i.f.d., prof. Burxanov Aktam Usmonovich – “Hududlar iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish orqali mahalliy byudjetlarni subvensiyadan chiqarish yo‘llari”;

i.f.n., dots. Qurbonov Xayrulla Abdurasulovich – “Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy barqarorligi va uni samarali boshqarish yo‘llari”;

i.f.n., dots. Bazarov Qahramon Toshtemirovich – “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlarida soddalashtirilgan soliq tarkibini qullash mexanizimini takomillashtirish”;

i.f.n., dots. Qulmatov CHori Anorovich – “Bozor islohatlarida aholi turmush darajasining o‘zgarish ko‘rsatkichlari va uni oshirish usullari”;

i.f.n., dots. Imomov Hamdulla Hamdamovich – “O‘zbekistonda investitsion muxit jozibadorligining moliyaviy jixatlari”;

i.f.n., dots. Mutalova Dilorom Muhammadjonovna –

k.o‘q.Yusupov Odil Amanovich – “Davlat soliq xizmati organlari tizimida soliq nazorati metodologiyasini takomillashtirish”;

k.o‘q.Rajabov SHuxrat Zaripbaevich“O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ikki yoqlama soliqqa tortishning metodologik muammolari”     

k.o‘q.To‘xsanov Qudratillo Nozimovich – “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliqa tortishni takomillashtiri”;

k.o‘q. Qarshiev Otabek Abdullaevich – “Sug‘urta kompaniyalarida moliyaviy menjmentni samarali tashkil etish yo‘llari”;

assistenit. Hojiev Jahongir Dushabaevich – “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida uy xo‘jaliklari moliyasini takomillashtirish yo‘llari”;

assistenit. Xolov Nabijon Qaxramonovich – “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar partifelni boshqarish mexanizimini takomillashtirish”;

assistenit. Sayfutdinov Hasanboy Dilshodovich – “Mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini kengaytirish orqali ularni subvensiyadan chiqarish yollari”;

assistenit. Abdusattarova Dildora Baxodirovna – “Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatiga soliq menejmentini joriy etishning dolzarb muammolari”;

assistenit. Jumaniyozova Feruza Rajabovna – “O‘zbekiston engil sanoatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish”;

tayanch doktorant. Xudoyqulov Xurshid Xurramovich – “Fond  bozori aktivlarini baholashning takomillashtirish”;

tayanch doktorant. Baeva SHaxzoda Xabiibulaevna – “ Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishni yo‘llari ”.

 

Ma’anviy-ma’rifiy ishlar

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan talaba yoshlaning yukchak manaviy axloqiy, ona vatanga sadoqat ruhda tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muxabat tuyg‘usini shakllantirish hamda  talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan keng qamrovli manaviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. SHu bilan birga talabalar turar joylarida turli xil manaviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Uztoz shogirt tizimi ana’nalariga ko‘ra, talablarga professor o‘qituvchilar biriktirilgan xamda  kafedra professor o‘qtuvchilari tomonidan Respublikamizning turli joylarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy bunyotkorlik ishlarining mazmun mohiyati keng targ‘ib qilib borilmoqda.

Xalqaro hamkorlik

Moliyava soliqlar kafedrasi ilmiy-tadqiqot, o‘quv uslubiy sohada qator mamlakatlar nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Xususan, Buyuk Britaniyaning Xaddersfild universiteti(13.01.2018), Bolgariyaning Angel Kachev universiteti ()1.12.2017, Qozog‘istonning Hududiy sotsial universitetlari (CHimkent) (15.01.2018) bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

 

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

Kafedra quydagi Vazirlik, idora va tashkilotlar bilan innovatsion korporativ hamkorlik olib bormoqda:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi;

“O‘zagrosugurta” kompaniyasi;

Fundamental, amaliy va inovatsion loyihalarnining 2018 yil uchun davlat byudjeti asosida moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari borasida ham faoliyat amalga oshirilmoqda. Xususan, prof. A.U. Burxanov rahbarligida ilmiy-texnika dasturi doirasida “O‘zbekiston investitsiya fondlarining jozibadorligini oshirish mexzanizmini ishlab chiqish” mavzusida 120000 ming so‘mlik amaliy loyihalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedrada 2017 yilda jami 11,5 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. 2018 yilda “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati bilan 15 million so‘mlik xo‘jalik shartnomalari tuzilgan. Ushbu shartnoma asosida “Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining diagnostikasi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

 

 Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar:

Iqtidorli yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar

Kafedrada iqtidorlik yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish bo‘yicha qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “YOsh soliqchi” ilmiy to‘garagi muntazam ravishda ish olib borayotgan bo‘lib, ushbu to‘garakda har oyning oxirgi haftasida O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va investitsiya qo‘mitalaridan etakchi mutaxassislar jalb qilingan holda mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

 

Ulashish: