Buxgalteriya hisobi kafedrasi

Kafedra haqida

Moziyga nazar tashlaydigan bo‘lsak, TDIU Buxgalteriya hisobi kafedrasi yuqori malakali buxgalter-iqtisodchilarni tayyorlab beruvchi ko‘hna va navqiron kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedraga 1932-yilda asos solinib, “Buxgalteriya hisobi va tahlil” deb nomlangan va “Moliya va kredit” mutaxassisligiga xizmat qilgan. O‘sha vaqtda kafedrada “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida buxgalteriya hisobi”, “Balans tahlili”, “Byudjet hisobi va hisoboti”, “Xo‘jalik hisobi” kabi fanlar o‘qitilgan.

1936-1937-yillarda V.I. Pereslegin, 1940-yildan iqtisod fanlari nomzodi B.N.Mirenskiy,1942-yilda N.A.Kiparisovlar kafedraga rahbarlik qilgan.

Kafedrani 1969-1989-yillarda prof. S. Qodirxonov, 1989-1996-yillarda prof. I. Nurmatov, 1996-1998 yillarda prof. S. Vaxidov, 1998-2007 yillarda prof. N. Jo‘rayevlar boshqardi. 2007-yildan buyon prof. R. Xolbekov kafedraga rahbarlik qilmoqda.

 

Kafedraning ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi:

5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit(tarmoqlari bo‘yicha)” bakalavr yo‘nalishi

5A230901 –Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi.

 

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar:

Foto surati F.I.Sh. Ilmiy darajasi va unvoni
1. Xolbekov Rasul Olimovich Kafedra mudiri, i.f.d., professor
2.   Xashimov Baxadir Abduganiyevich i.f.n, dotsent
3. Maxkambaev Abdulxaq Tadjimatovich i.f.n, dotsent
4.   Abduvaxidov Farxod Tuychievich i.f.n, dotsent
5. Ergasheva Shaxlo Turgunovna i.f.n, professor
6. Toshpo‘latov Azizbek Shermuxamadovich i.f.n, dotsent
7. Satûvaldûeva Dono Abduraxmanovna dotsent
8.   Abdusalamova Nodira Boxodirovna dotsent
9. Abduraxmanov Ramazan Abdullayevich kat. o‘q.
10. Turkmanov A’zam Saydullayevich kat. o‘q.
11. Abduganieva Gulzodaxon Karimullayevna kat. o‘q.
12. Yax’yayeva Dilfuza Bagdatovna kat. o‘q.
13. Shodiyev Erkin Temirovich kat. o‘q.
14. Mavlyanova Dilobar Maxkamovna kat. o‘q.
15. Termirov Furqat kat. o‘q.
16. Eshonkulov Laziz Azamatovich ass.
17.   Quvvatov G‘olibjon Baxtiyor o‘g‘li ass.
18. Temirxanova Mutabar Jo‘rayevna ass.

 

Kafedraning o‘quv-uslubiy ishlari

Kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi yillarda kafedrada o‘qitiladigan fanlardan ko‘plab darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv – uslubiy majmualar yaratilib, ular nashr etilmoqda. Jumladan, F.Abduvaxidov tomonidan “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan o‘quv qo‘llanma, N.Juraev, F.Abduvaxidov, D.Sotivoldievalar tomonidan “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanidan darslik, K.O‘rozov, S.Vaxidovlar tamonidan “Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari” fanidan darslik, R.O.Xolbekov tomonidan “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidan darslik , R. Xolbekov tomonidan “Tadbirkorlar uchun iqtisodiy lug‘at” nomli uslubiy qo‘llanma , R. Xolbekov, Sh. Ergashevalar tomonidan “Teoriya buxgalterskogo ucheta” nomli o‘quv qo‘llanma, D.Sotivoldieva tomonidan “Buxgalterskiy uchet”, S.Vaxidov va B. Xoshimovlar tomonidan “Teoriya buxgalterskogo ucheta” fanidan masalalar to‘plami, R. Xolbekov tomonidan “Moliyaviy hisob” fanidan masalalar to‘plami, Sh.T. Ergasheva va boshqalar tomonidan “Buxgalteriya hisobi fanidan masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma, R.O.Xolbekov va L.Eshonqulovlar tomonidan “Buxgalteriya hisobi nazariyasi fanidan masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma chop etildi.

 

Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedra doktorantlari hamda mustaqil ilmiy izlanuvchilarining himoya natijalari:

Himoya qilingan ilmiy ishlar 2010-yil 2011-yil 2012-yil 2017-yil 2018-yil
DSc 1 1 (DSc)
PhD 2 2 2 1 (PhD) 1 (PhD)
Jami: 2 3 2 2 1

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan ilmiy-tadqiqot ishlari:

Nashr turi

2014-yil 2015-yil 2016-yil 2017-yil Jami
1 Monografiyalar 1 1 1 4 7
2 Maqolalar 16 18 14 6 54
3 Tezislar 22 28 45 28 123

Jami:

39 47 60 38 184

 

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

 

Kafedraning xalqaro hamkorlari:

Moskva davlat universiteti

Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti

Lipetsk texnika universiteti

Rossiya davlat moliya universiteti

Qirg‘iziston iqtisodiyot universiteti

Buyuk Britaniya Nottingem universiteti

Sankt-Peterburg aloqa yo‘llari davlat universiteti

Rossiya davlat moliya universitetining Koluga filiali

Don davlat texnika universiteti

Tambov davlat universiteti

Germaniya Magdeburg aniq fanlar universitetining Shtendel filiali

Ural davlat iqtisodiyot universiteti

 

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorlari:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi

Bekaobod metalurgiya kombinati

“O‘zqurilishmateriallari” AK

“Toshkentdonmahsulotlari” AJ

“Toshkentvino kambinati” AJ

“O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi

“Toshkent yog‘-moy” AJ

G‘ofur G‘ulom nomidagi nashiryot-matbaa ijodiy uyi davlat uninar korxonasi

“OBOD MASKAN” davlat unitar korxonasi

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar

 

Ulashish: