Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi

 

Kafedra mudiri: Xotamov Ibodullo Sadulloyevich
Qabul vaqti: Dushanba 1400 – 1700

Shanba 1400 – 1700

Telefon: (0 371) 239-28-20​
E-mail: kafsani@tdiu.uz
i.xotamov@bk.ru
Veb-sayt: www.tdiu.uz

Kafedraning birinchi mudiri – i.f.d., prof. Sarilnikov N.G. 1955 yilgacha boshqargan.

1955-1961-yillar Dotsent Tenderovich L.M.
1961-1963-yillar Professor  Yerlix D.D.
1963-1986-yillar Professor Kim V.V.
1986-1996-yillar Professor Hamdamov Q.S.
1996-1997 yillar Dotsent Hakimov R.X
1997-2011 yillar Professor Salimov B.T.
2011-2013 yillar Dotsent. Mustafaqulov Sh.I.
2013-2014 yillar Dotsent Isakov M.
2014-2015 yillar Dotsent Yusupov M.
2015-2016 yillar Dotsent Hakimov R.X
2016-yil – h.v. Dotsent Xotamov I.S.

 

KAFEDRA TARIXI

Kafedra 1943-yilda Toshkent Moliya-iqtisod institutining «Tarmoqlar iqtisodi» kafedrasidan ajralib chiqdi. Keyinchalik «Qishloq xo‘jaligi iqtisodi» nomi bilan tashkil topgan. 1985-yilda kafedra nomi «Agrosanoat majmuasi iqtisodi va rejalashtirish» deb o‘zgartirilgan.

1991-yildan «Agrobiznes», 2000-yildan «Mikro va agroiqtisodiyot», 2004-yildan esa «Agroiqtisodiyot» deb yuritila boshlandi. 2006/2007-o‘quv yilidan boshlab universitet rektorining 2006-yil 30-avgustdagi 107-sonli buyrug‘iga asosan «Iqtisodiyot» (qishloq xo‘jaligi), «Iqtisodiyot» (sanoat), «Iqtisodiyot» (mintaqa iqtisodiyoti) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kafedralar birlashtirildi va “Agroiqtisodiyot” kafedrasi “Tarmoqlar iqtisodiyoti” nomi bilan yuritila boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining farmoyishi asosida tashkil etilgan Attestatsiya komissiyasining tavsiyasiga asosan TDIU rektorining buyrug‘iga muvofiq, kafedraning nomi “Sanoat iqtisodiyoti” deb o‘zgartirildi.

Rejada belgilangan shtat bo‘yicha kafedrada professor – 2 ta, dotsent – 7 ta, katta o‘qituvchilar – 5 ta,
assistentlar – 5 ta, kabinet mudiri – 1 ta lavozimda mehnat qiladilar. Ilmiy salohiyat 50 foizni tashkil
etadi.

Foto F.I.Sh.,

Е-mail:

Ilmiy darajasi va unvoni

Ilmiy ishlari

(ilmiy maqolalar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar…)

1 Xotamov Ibodullo Sadulloyevich

kafsani@tdiu.uz

i.xotamov@bk.ru

i.f.n., dotsent
1. Salimov Baxtiyor Tojiyevich

bsalimov1954@mail.ru

i.f.d., professorоr
2. Nazarova Ra’no Rustamovna

tdiunazarova@mail.ru

i.f.d., professorоr
Akramov Tohir Abdirahmonovich

kafsani@tdiu.uz

i.f.n., dotsent
3. Jo‘rayev Tolibboy Ismoilovich

jti1958@mail.ru

i.f.n., dotsent
4. Isakov Musaxon Yusupjonovich

sanoat_iqt@mail.ru

i.f.n., dotsent
5. Aliyev Yashnar Egamberdiyevich

kafsani@tdiu.uz

i.f.n., dotsent
6. Yadgarov Akrom Akbarovich

ayadgarov79@mail.ru

i.f.n., dotsent
7. Qosimov Saidakmal Saidaxrolovich

saidakmal.kasimov@gmail.com

i.f.n., dotsent
8. Yusupov Muhiddin Soatovich

msyusupov@mail.ru

Katta o‘qituvchi
9. Bauyetdinov Majid Janizaqovich

majitb@mail.ru

Katta o‘qituvchi
10. Karabayeva Gulnora Sharofidinova

karabaeva.gulnora@mail.ru

Katta o‘qituvchi
11. Yuldashev G‘olibjon Turgunovich

golib76@mail.ru

Katta o‘qituvchi
12. Sultanov Baxtiyar Tursinbayevich

uzbekistanes@umail.uz

Katta o‘qituvchi
13. Xusanova Gulchehra Sayfullayevna

gulchexra2000@mail.ru

Assistent
14. Qiyomova Qunduz Asror qizi

qiyomova_official@umail.uz

Assistent
15. Madrahimova Gulasal Ro‘zimboy qizi

kafsani@tdiu.uz

Assistent
16. Olimov Maqsudjon Komiljon o‘g‘li

mildguy1992@gmail.com

Assistent
17. Xidirov Temur Qahramon o‘g‘li

xidirov_temur@mail.ru

Assistent

 

5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);

5A230102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha).

 

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TA’LIM BERADIGAN YO‘NALISHLAR VA MUTAXASSISLIKLAR

Bakalavriat:

5111000 Kasb ta’limi (5230100 Iqtisodiyot)
5111000 Kasb ta’limi (5330200 Informatika va axborot texnologiyalari)
5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230400 Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5230700 Bank ishi
5230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
5230800 Soliqlar va soliqqa tortish
5231400 Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
5231600 Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi
5231700 Kadrlar menejmenti
5231900 Korporativ boshqaruv
5330200 Informatika va axborot texnologiyalari (iqtisodiyot)
5610100 Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil etish va boshqarish)

 

Магистратура:

5А230102 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

 

Kafedra jamoasi olib borayotgan ilmiy ishlar sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, joylarda kichik sanoat korxonalarini rivojlantirish va mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, agrosanoat majmuini hududiy tashkil etish va boshqarish, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston respublikasi mintaqalarida ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va optimal joylashtirish, tabiat, mexnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, atrof-muxitni muxofaza qilish kabi muammolarga bag‘ishlangan. Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi: FM-3. Bozor raqobati sharoitida real sektor tarmoqlari hamda korxonalar rivojlanishining ilmiy metodologik asoslarini takomillashtirish deb nomlanadi.

Kafedramiz professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasining “Agrar va suv xo‘jaligi masalalari” Qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo sanoat palatasi, “O‘zpaxtasanoatxolding” xolding kompaniyasi, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi va bir qancha sanoat korxonalari bilan hamkorlikni amalga oshirmoqdalar. Jumladan, F-1-59- “O‘zbekiston agrosanoat majmuasini jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuvining nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” nomli fundamental ilmiy-tadqiqotlar loyihasi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedramiz qoshida bundan tashqari «Kelajak iqtisodchilari” talabalarning iqtisodiy to‘garagi faoliyat ko‘rsatadi. To‘garakda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, Savdo sanoat palatasi, “O‘zpaxtamash”, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi va O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat Qo‘mitasi xodimlari bilan mummoli mavzular bo‘yicha qiziqarli suxbatlar olib boriladi.

 

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN OLIB BORILYOTGAN ILMIY ISHLAR:

  • f.n., dotsent Xotamov Ibodullo Sadulloyevich – Milliy brendlarni shakllantirish asosida malakat eksport salohiyatini oshirish konsepsiyasini takomillashtirish;
  • f.d., prof. Salimov Baxtiyor Tadjiyevich- Kichik sanoat zonalarini barpo etish va rivojlantirish;
  • f.d., prof. Nazarova Ra’no Rustamovna – Upravlenie vneshneekonomicheskoy deyatelnostyu v Uzbekistane na osnove innovatsionnogo razvitiya v usloviyax globalizatsii;
  • f.n., dotsent Isoqov Musaxon Yusupdjanovich – Sanoat ishlab chiqarishida iqtisodiy samaradorligini ta’minlashninig uslubiy asoslarini takomillashtirish;
  • f.n., dotsent Jo‘raev Tolliboy Ismoilovich – Real sektor korxonalari samaradorligini oshirishda korporativ boshqaruv munosabatlarini takomillashtirish;
  • f.n., dotsent Yadgarov Akram Akbarovich – Agrasanoat majmui korxonalarini sug‘urtalashning nazariy metodologik asoslarini takomillashtirish;
  • f.n., dotsent Aliev Yashnar Egamberdievich – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, agroresurslar va agroxizmatlar bozorlari rivojlanishi mutanosibligini ta’minlashning nazariy – uslubiy asoslarini takomillashtirish;
  • katta o‘qituvchi Bauetdinov Majid Janizaqovich – Agrosanoat majmualari korxonalari faoliyatini moliyalashning metodologik asoslari;
  • katta o‘qituvchi Karabayeva Gulnora Sharafitdinovna – Sanoat korxonalari innovatsion va investitsion faolligini oshirish (yengil sanoat korxonalari misolida);
  • katta o‘qituvchi Yuldashev G‘olibjon Turg‘unovich -O‘zbekistonda agrosanoat majmuasi mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish;
  • katta o‘qituvchi Sultanov Baxtiyar Tursinbayevich – Sanoat tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;
  • assistent Husanova Gulchehra Sayfullayevna – Namangan viloyatini kompleks rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari;
  • assistent Qiyomova Qunduz Asror qizi Mustaqil izlanuvchi – Kimyo sanoatida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish strategiyasi (Kimyo sanoati korxonalari misolida);
  • assistent Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizi – Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sohasini takomillashtirishda investitsion faoliyatni oshirish yo‘llari mavzulari borasida o‘zlarining ilmiy izlanishlarini olib borishmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 noyabrdagi «Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlikni amalga oshirishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi 47-sonli va 2015 yil 18 noyabrdagi Oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni amalga oshirishning tashkiliy masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tegishli vazirlik va idoralar ma’sul rahbar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan maxsus Hay’at yig‘ilishining 49-sonli majlis bayonlarida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kafedra ta’lim yo‘nalishiga mos vazirlik, tashkilot va korxonalar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Universitet rektorining tashabbusi bilan innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu sohada bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar seminar trening sifatida o‘qitilib, atroflicha muhokama etildi. Quyidagi chizmalarda kafedralarda innovatsion-korporativ hamkorlikni amalga oshirish bosqichlari va vazifalar aniq belgilab berilgan:

Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro innovatsion hamkorligi – Oliy ta’lim muassasasi bilan ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida yangi g‘oya va ishlanmalar yaratishga yo‘naltirilgan o‘zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish jarayonidir. O‘zaro innovatsion hamkorlikni tashkil etish, uni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlarida fan va ta’lim rivoji bo‘yicha belgilab qo‘yilgan shartlar hamda vazifalar bajarilishini ta’minlab berishi lozim.

Hozirda kafedra tomonidan “O‘zpaxtasanoat” AJ, Savdo sanoat palatasi, O‘zbekiston fermerlar kengashi bilan innovatsion hamkorlik doirasida bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik dissertatsiyasi, doktorlik dissertatsiyasi va xo‘jalik shartnomalari mavjulari tuzilib muhokama etildi va tasdiqlandi. Bu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari nafaqat Toshkent shahrida joylashgan xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalari, balki Yevropa, AQSh, Yaponiya, Rossiya, Hindiston, Malayziya kabi fan rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqdalar. Xorijiy ta’lim muassasalari jurnallari, konferensiyalarida ilmiy maqolalar chop etish bilan birga, ularning ilmiy tadqiqot yo‘nalishidagi tajribalarini ham o‘rganmoqdalar.

Bu borada kafedrada ikki yo‘nalishda ishlar boshlangan:

Birinchi yo‘nalish: Bugungi kunda jahon iktisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasidan shuni ko‘rish mumkinki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, yuqori texnologiyalarga asoslangan korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirishni talab etadi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyot tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rganishlari va talaba yoshlarga o‘rgatishlari zarurligini taqqozo etadi.

Shu munosabat bilan, Malayziya texnik hamkorlik dasturi (MTCP) grantlari doirasida “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat guruhning Malayziya davlatining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli o‘quv treninglarida xorijiy tajribalarni o‘rganib kelib, o‘quv jarayoniga joriy etish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Ikkinchi yo‘nalish: Bugungi kunda O‘zbekiston jahondagi iqtisodiy o‘sishning eng yuqori ko‘rsatkichlarini qayd etuvchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Respublika iqtisodiyotining turli soha va yo‘nalishlarini raqobatbardosh iqtisodchi kadrlar bilan ta’minlashda, ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti respublikada yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Hozirgi paytda islom moliyasi jahonda keskin sur’atlar bilan rivojlanib kelayotganini hisobga olib, universitetda Islom tadqiqotlari va treninglar institutining zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan hamda islom mamlakatlari iqtisodiyoti va moliyasiga oid materiallar bilan boyitilgan Islom iqtisodiyoti o‘quv – trening markazini tashkil etish masalasiko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu o‘quv – trening markazidan ITTI tomonidan tashkil etilayotgan vebinarlarda ishtirok etish (IRTI EDx), talabalarning dars jarayonlarini tashkil etish, davra suhbatlari, biznes va tematik treninglar, onlayn konferensiyalar o‘tkazishda foydalanish rejalashtirilgan.

 




Shartnoma imzolangan korxonaning nomi

Korxonaning manzili

Korxona rahbari


F.I.Sh.

Tuzilgan shartnoma summasi (mln. so‘m)

1.
“IBRATLIOQIL” mas’uliyati cheklangan jamiyat Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Kimyogar ko‘chasi, 1-uy Mirzakamalov N. 5,0

2.
“33-SONLIQURILISH BOSHQARMASI” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Navnihol ko‘chasi, 7-uy Rizaev A. 5,0

3.
“LOTOSGOLD” O‘zbekiston-Rossiya-Xitoy qo‘shma korxonasi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Iskandar qo‘rg‘oni, Ipakchi ko‘chasi, 34-uy Yuldashev Yo. 5,0

4.
“BEEFCOLDNET “D”” mas’uliyati cheklangan jamiyat Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani, Quyluq massiv-5, 8-uy Atabaev R. 5,0

5.
“Alkostar” mas’uliyati cheklangan jamiyat Toshkent shahar, Oltin tepa ko‘chasi, 242-uy Berdiev O‘. 5,0

6.
“Boburbekqurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyat Toshkent shahar, Mirobod tumani, Yangi zamon ko‘chasi, 84-uy Boykulov N. 5,0

Jami shartnoma summasi
30,0

Jami imzolangan shartnomalar summasi 30 mln. so‘mni tashkil etdi.

 

Hozirgi kunda “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi qoshida “Kelajak iqtisodchisi” deb nomlangan to‘garak, dotsent R. Hakimov rahbarligida boshqarilib kelinmoqda. Ushbu to‘garakda bugungi kunda 28 ta talaba va magistrlar o‘z bilim va mahoratlarini oshirib kelmoqdalar. Ilmiy to‘garakka mas’ullar sifatida dotsent T. Jo‘raev, assistent G. Madraximova va M. Olimovlar ish olib borishmoqda. Kafedrada ilmiy to‘garagining ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:
“FM-3. Bozor raqobati sharoitida real sektor tarmoqlari hamda korxonalar rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusiga asoslanadi. Ilmiy to‘garakda ma’ruzalar muhokamasi har oyning oxirgi payshanba kuni soat 14.00 dan 15.20 gacha bo‘lib o‘tadi.

To‘garakning ilmiy-amaliy ahamiyatiga keladigan bo‘lsak, bugungi kunda tahsil olib ketgan talabalar mamalakat iqtisodiyotining turli sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqdalar va ularning ish jarayoniga be’vosita bog‘liq bo‘lgan jihatlari bilan ham to‘garak ish faoliyati davomida talabalar tanishtirib borilmoqda.

Hozirda “Kelajak iqtisodchisi” ilmiy tugaragining ishtirokchilari tashkil etilayotgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari hamda seminarlarda o‘z maqola va tezislari bilan muntazam ishtirok etib kelishmoqda.

Ulashish: