Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazi haqida
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Axborot-resurs markazi O’zbekistonda yirik axborot maskanlaridan biri bo’lib, u universitetning eng katta o’quv va ilmiy yordamchi bo’linmalaridan hisoblanadi.
Axborot-resurs markazining faoliyati talabalar va professor-o’qituvchilar, tadqiqotchi hamda xodimlarning bilimga bo’lgan ehtyojlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Shuningdek, iqtisodiyot fani rivoji, shu sohada ilmiy-tadqiqotlarni samarali olib borilishiga ko’maklashmoqda. Mazkur ishlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida universitet rahbariyati tomonidan doimiy ravishda zaruriy adabiyotlar bilan kutubxona zahirasi to’ldirilmoqda. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining axborot-resurs markazining tashkil topishi universitetning tashkil etilishi bilan bevosita bog’liq.
1931 yil O’rta Osiyo moliya-iqtisod instituti (keyinchalik Toshkent moliya-iqtisod instituti) tashkil etildi. 1963 yili Toshkent xalq xo’jaligi instituti maqomi berildi. 1991 yilda institutning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakul’teti negizida yangidan Toshkent Moliya instituti tashkil etilib, TXXIga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti maqomi berildi. Tashkil etilgan yili kutubxona fondida atigi 38 ming kitob bor edi. 1960 yilda 360 ming, 2005 yilga borib 460 ming turli adabiyotlarga ega edi, hozirgi paytda 800 mingga yaqin adabiyotlar mavjud.
Hozirgi kunda markaz fondini nafaqat an’anaviy kitoblar, vaqtli matbuot nashrlari bilan balki yangi elektron axborot manbalari, audio va video ma’ruzalar bilan to’ldirish vazifasi ham bajarilib kelindi. Chet ellardan keltirilgan adabiyotlar soni 12 mingga yaqin nusxani tashkil etadi. Xalqaro kitob almashuvi borasida ham juda ko’p kitoblar, gazeta-jurnallar, oynoma va solnomalar olingan. Axborot–resurs markazida APMAT elektron dasturiy baza shakllantirilgan bo’lib, 2000 dan ortiq turli nomdagi darslik va o’quv qo’llanmalarni elektron katalogi va elektron shakli APMAT elektron bazasiga kiritildi.
Hozirgi kunda Axborot-resurs markazida quyidagi bo’limlar faoliyat yuritmoqda:
 Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo’limi;
 Axborot-kutubxona resurslarini butlash, katologlashtirish va tizimlashtirish bo’limi;
 Xorijiy adabiyotlar va erkin foydalanish bo’limi;
 Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko’rsatish bo’limi;
 Elektron-axborot resurslari bo’limi.

Share: