Makroiqtisodiyot kafedrasi

 Kafedra mudiri:   Asqarova Mavluda Turabovna   
 Qabul vaqti:   1400 – 1700
 Telefon:   (0 371) 239-28-48
 Email:   kafmakr@tdiu.uz
 Veb-sayt   www.tdiu.uz

 

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o‘qituvchilar

Kafedrada quyidagi taniqli iqtisodchi olimlar kafedra mudiri vazifasini bajarganlar:

1956-1970 y.y. – i.f.d., prof. D.D. Eplix;
1971-1972 y.y. – i.f.d., prof. I.I. Iskanderov;
1973-1986 y.y. – i.f.d., prof. M.Sh. Sharifxo‘jaev;
1986-2006 y.y. – i.f.d., prof. A.E. Ishmuxamedov;
2007-2010 y.y. – i.f.d., prof. B.B. Berkinov;
2011-2012 y.y. – i.f.d., prof. N.M.Maxmudov;
2012 yildan to hozirgi kunga qadar i.f.n., dots. Asqarova Mavluda Turabovna kafedrani boshqarib kelmoqda.

Kafedra haqida

Kafedra 1956-yilda “Xalq xo‘jaligini rejalashtirish” nomi bilan tashkil topgan va 1991-yilgacha kafedra shu bilan atalib kelingan. 1991-yil sentyabr oyidan 1993-yilgacha kafedra “Makroiqtisodiyot va ijtimoiy sohani tartibga solish va istiqbolni belgilash” nomi bilan atalgan. 2003-yil yanvar oyidan boshlab kafedra “Makroiqtisodiyot” nomi bilan atalib kelinmoqda.

Kafedra asosiy iqtisodiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar chop etishda muhim rol o‘ynaydi. “Makroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash”, “Institutsional iqtisodiyot”, “O‘zbekiston iqtisodiyoti”, “Mintaqaviy iqtisodiyot”, “Investitsiya loyihalari tahlili” kabi ko‘plab fanlar kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.

Hozirgi vaqtda, kafedrada 3 professor, 6 fan nomzodi, 4 katta o‘qituvchi va 4 assitent faoliyat yuritmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil qiladi.

 

Kafedrada to‘liq stavkada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar 

Foto F.I.Sh. Ilmiy darajasi va unvoni e-mail
1. Asqarova Mavluda Turabovna i.f.n., dots. mt_asqarova@mail.ru

 

2. Berkinov Bozorboy Berkinovich i.f.d., prof.  
3. Mahmudov Nosir Mahmudovich i.f.d., prof.  
4. Yakubov Iskandar Odilovich i.f.n., dots.  
5. Qosimov Maxamatjon Sulaymonovich i.f.n., dots.  
6. Islomov Anvar Ashirqulovich i.f.n., dots.  
7. Abduraximova Saida Ahmadjonovna i.f.n., dots.  
8. Sunnatov Muxtor Nematovich Katta o‘qituvchi  
9. Kim Yelena Rodionovna Katta o‘qituvchi  
10. Sadullaev Toir Xikmatilla o‘g‘li Katta o‘qituvchi  
11. Rustamov Narzullo Istamovich Katta o‘qituvchi  
12. Hakimov Hakimjon Abdullo o‘g‘li Assistent ha_hakimov@mail.ru
13. Yaxshimuratova Ayxanum Rustamovna Assistent  
14. Turabayeva Adiba Ikromovna Assistent  
15. Sheraliyev Javohirbek Jahongir o‘g‘li Assistent  
16.   Axmediyeva Aliya Taxtarovna i.f.n., dots.  

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat va magistratura kesimida)

Bakalavr

5230100 – Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)

5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Magistr

5A230103- Makroiqtisodiyot

 

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

“Makroiqtisodiyot” kafedrasining ilmiy salohiyati 58 foizni tashkil qiladi. Kafedrada 3 ta professor, 6 ta fan nomzodi, 4 ta katta o‘qituvchi va 4 ta assistent faoliyat yuritmoqda.

Kafedrada mustaqil ilmiy tadqiqodchilik asosida doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy hodimlar, ilmiy tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarning tadqiqot ishlari kafedra yig‘ilishida va TDIU kengashida muntazam ravishda muhokama qilib kelinmoqda, shu jumladan kafedra tayanch doktoranti Amirov Lochinbek Fayzullaevich 08.00.13- Menejment ixtisosligi bo‘yicha “Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanishni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muddatdan oldin himoya qildi.

Kafedramiz professor o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlar, yangiliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ilmiy ishlanmalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahar xokimiyati va boshqa vazirliklar va tashkilotlarga taqdim etilgan. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va iqtisodiy islohotlarni amaliyotga keng tadbiq etish maqsadida,  08.00.02- “Makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot mavzulari dolzarb muammo sifatida tadqiq qilinmoqda. Shu kabi dolzarb muammolar yechimi doktorlik, magistrlik dissertatsiyalari va BMIlarda o‘z aksini topmoqda.

Kafedra tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar:

PhD. Egamberdiyev Shuxrat Satimbayevich — “Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash uslubiyoti”

PhD. Rajapova Madina Faridunovna — “O‘zbekiston Respublikasining intellektual bozorini axborot-texnologiyalar asosida rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish”

PhD. Raxmonov Lochin To‘xtamishovich — “Hududlarni kompleks rivoj-lanishini ta’minlashda investitsiyaviy muhitni faollashtirish yo‘nalishlari”

PhD. Raximov Xasan Shukurjonovich — “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyo o‘sish sifatini yaxshilashda innovatsion faoliyatini kengaytirish muammolari ”

PhD. Xusanov Murodjon Sunnatullaevich — “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xizmatlar sohasining tutgan o‘rnini tadqiq qilish”

PhD. Obidov Sarvarbek Muzaffar o‘g‘li — “Макроэкономические аспекты совершенствования экспортного потенциала Республики Узбекистан

PhD. Xolbekova Feruzaxon Rasulovna — “Mintaqalararo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tabaqalanish darajasini kamaytirish yo‘nalishlari”

PhD. MT Azizov Komil  Shuxratovich — “O‘zbekistonda xususiy mulkchilik va mulkdorlar sinfni shakllanishi va rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish”

PhD. MT Hakimov Hakimjon Abdullo o‘g‘li — “O‘zbekistonda fiskal va monetar siyosatni muvofiqlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish”

PhD. MT Bozorboev  Xusan Turabekovich — “Sog‘liqni saqlash tizimida davlat-xususiy sherikligi asosida iqtisodiy o‘sish mexanizmlarini takomillashtirish”

PhD. MT Sunnatov Muxtor Ne’matovich — “O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk bozorini tartibga solishning institutsional mexanizmini rivojlantirish”

PhD. MT Alimova Guzal  Alisherovna — “Формирование рекреационно-туристических зон в региональном развитии Узбекистана (на примере Ташкентской области)”

PhD.  MT Husanova Gulchexra Sayfullaevna — “Namangan viloyatini kompleks rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari”

PhD. MT Shatoxina Svetlana Yurevna — “Совершенствование методов принятия управленческих решений для обеспечения устойчивого развития территорий”

PhD. MT Mahmudov Mirabbos Fazliddinovich – “Hududlar sanoatini rivojlantirishda ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari (Qashqadaryo viloyati misolida)”

PhD. MT Abdulxakimov Zuhrali Tursunalievich — “Mintaqada rekreatsiya resurslaridan samarali foydalanish (Namangan viloyati misolida)”

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

“Makroiqtisodiyot” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahar xokimiyati,  boshqa vazirlik va tashkilotlar bilan innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

 

Xalqaro aloqalar

Hozirda “Makroiqtisodiyot” kafedrasi Gretsiyaning “Aristotel universiteti” bilan ilmiy hamkorlik olib bormoqda.

 

Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan xo‘jalik shartnomalari

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 2017 yilda 10 million so‘mlik xo‘jalik shartnomalari va 8 million so‘mlik pullik ta’lim xizmatlari amalga oshirildi.

 

Iqtidorli talabalar bilan amalga oshirilgan ishlar

Kafedra iqtidorli talabalar ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida “Yosh iqtisodchi” va “Yosh olimlar” to‘garaklari tashkil etilgan va unga dots. M.T. Asqarova va dots. S.A. Abduraximovalar rahbarlik qilmoqda.

Kafedraning ilmiy to‘garagiga 60 nafar talabalar a’zo bo‘lib, ular bilan muntazam ravishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2017 yilda Respublika Fan olimpiadasida ishtirok etgan ilmiy to‘garak a’zolari Egamov Xurshidjon Shukurjon o‘g‘li “O‘zbekiston iqtisodiyoti” fanidan – 2-o‘rinni (O‘zMU, 2017 yil 15-16 may), Xusainov Xumoyun Abdutolib o‘g‘li “Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot” fanidan – 2-o‘rinni (TMI, 2017 yil 15-16 may) egalladilar.

 

 

Ulashish: