Xalqaro turizm fakulteti

“Xalqaro turizm” fakulteti to‘g‘risida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining mustaqilligini mustahkamlash va kuchli iqtisodiyot asoslarini yaratish turli sohalarda iqtisodiyotni modernizatsiyalashni taqozo etadi. Davlat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biri tovar va xizmatlarni izchillik bilan jahon bozorlariga kirib borishida sayyohlik xizmatlaridan unumli foydalanishdan iboratdir. Bu jarayonni amalga oshirishda turizm sohasida kadrlar tayyorlash muhim omil hisoblanadi. Shu maqsadda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Xalqaro turizm” fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 30 iyunda «O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida»gi PF-2332-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 2 iyulda «O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 324-sonli Qarori asosida tashkil etilgan. Shuningdek, qarorni bajarish, yurtimizda turizm bo‘yicha zamon talablari darajasidagi mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan maxsus ta’lim muassasalarini yaratish hamda shu asosda mamlakatimizda turizmning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish darkor.

Xalqaro turizm fakultetining aksariyat professor-o‘qituvchilari turizm va servis sohalari bo‘yicha Polsha, Germaniya, Finlandiya, Avstriya, Turkiya, Misr, Yaponiya, Xitoy va boshqa bir qator xorijiy davlatlarda malaka oshirib kelishmoqda.

Fakultet rahbariyati

F.I.Sh. Foto surati Qabul vaqti Elektron manzili Telefon raqami

Axmedov Ikrom Akromovich

Dushanba – shanba

soat 1400-1700

dekxt@tdiu.uz (0371) 239-28-59
Umarov Ilhomjon Yuldashevich Dushanba -shanba

soat 1400-1700

umarov_iyu@rambler.ru +99897-580-03-30
Rahmatullayev Botirjon Abdulhamidovich Dushanba -shanba

soat 1400-1700

rba1181@mail.ru +99894-609-16-33
Tillyaxodjayev Azizxon Aloxonovich Dushanba -shanba

soat 1400-1700

azizbarca@mail.ru +99898-115-03-84
Mardonov Aziz Yusupovich Dushanba -shanba

soat 1400-1700

Gegel.1987@mail.ru

+99890-982-22-99

 

Xalqaro turizm fakulteti tarkibidagi kafedralar:

Turizm va servis kafedrasi

Marketing kafedrasi

Infratuzilmani rivojlantirish va logistika kafedrasi

O‘zbekiston tarixi kafedrasi

O‘zbekistonda demokartik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Jismoniy madaniyat kafedrasi

 

Xalqaro turizm fakulteti doirasida tayyorlanadigan ta’lim yo‘nalishlari

Bugungi kunda Xalqaro turizm fakultetida 8 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat va 3 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda:

Bakalavriat:

5230400- Marketing (logistika)

5230400- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230400- Marketing (tashqi iqtisodiy faoliyat)

5230400- Marketing (tovarlar va xizmatlar)

561000 – Xizmatlar sohasi (turizm servisi)

561000- Xizmatlar sohasi (kichik biznes va tadbirkorlik)

561000- Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil qilish va boshqarish)

5610200 – Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

Magistratura:

5A-230401- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5A-230403- Logistika

5A-610301- Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)

 

Fakultet talabalari kontingent:

2017/2018 o‘quv yili bo‘yicha jami fakultetda – 781 nafar talaba ta’lim olmoqda, shundan:

1 kursda – 207 nafar;

2 kursda – 185 nafar;

3 kursda – 164 nafar;

4 kursda – 225 nafar.

Ulashish: