Korporativ boshqaruv fakulteti

Fakultet haqida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1990-yil 28-apreldagi 270-sonli buyrug‘i bilan Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti tashkil topgan. 2011-yil 3-oktabrdan Investitsion faoliyat va 2013-yil 2-yanvardan universitetning 1-sonli buyrug‘iga asosan fakultet nomi Bank ishi fakulteti deb nomlangan. Rektorning 2016-yil 11-iyuldagi 195-sonli buyrug‘iga asosan fakultet nomi Korporativ boshqaruv fakulteti deb nomlandi.

Talabalarga tahsil berish uchun fakultetda universitetning 120dan ortiq professor-o‘qituvchilari xizmat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda fakultet tasarrufida 5 ta, ya’ni Bank ishi, Tashqi iqtisodiy faoliyat, Korporativ boshqaruv, Ingliz tili va Jahon tillari kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu kafedra professor-o‘qituvchilari Rossiya, AQSH, Malayziya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va shu kabi boshqa davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘z malakalarini oshirib kelgan.

 

Fakultet rahbariyati

    Fakultet dekani: Tashxodjayev  Muxtorxon Maxsudovich
  Qabul vaqti: 1400 – 1700
  Telefon: (0 371) 239-28-14
  E-mail: dekbi@tdiu.uz
    O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini: Yo‘ldoshev Jahongir To‘raboyevich
  Qabul vaqti: 1400 – 1700
  Telefon: (0 371) 239-01-0​7
  E-mail: yjahon@mail.ru
  Ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini: Ismailov Dilshod Anvarjonovich
  Qabul vaqti: 1400 – 1700
  Telefon: (0 371) 239-01-0​7
  E-mail: dilshod550@mail.ru
  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini: Abdusalomov Olim Eshmirzayevich
  Qabul vaqti: 1400 – 1700
  Telefon: (0 371) 239-01-0​7
  E-mail: dekbi@tdiu.uz

 

Fakultet tarkibidagi kafedralar:

Bank ishi

Menejment

Korporativ boshqaruv

Jahon iqtisodiyoti

Jahon tillari

Ingliz tili

 

Ta’lim yo‘nalishlari:

5230700 – Bank ishi

5230200 – Menejment

5231900 – Korporativ boshqaruv

5231100 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

 

FAKULTET TARIXI

Respublikamiz milliy iqtisodiyotining rivojlanishida moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko`rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Aynan shu jihatdan ham mamlakatimizning moliya-bank tizimi jarayonida faoliyat yurituvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 1990 yil 28 apreldagi 270-sonli buyrug`i bilan “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti tashkil topgan. 2011-yil 3-oktyabrdan “Investitsion faoliyat” va 2013-yil 2-yanvardan universitetning 1-sonli buyrug`iga asosan fakultet nomi “Bank ishi” fakulteti deb nomlanadi. 2016 yili fakultetning yangi “Korporativ boshqaruv” nomi bilan ish boshlab kelmoqda. Hozirgi kunda fakultet 1273 ta talabani tashkil etadi.

 

KAFEDRA TARKIBI

Talabalarga tahsil berish uchun fakultetda universitetning 120 dan ortiq professor-o`qituvchilari xizmat ko`rsatmoqda. Bugungi kunda fakultet tasarrufida 6 ta, ya`ni:

  1. “Bank ishi”;
  2. “Jahon iqtisodiyoti” ;
  3. “Korporativ boshqaruv”;
  4. “Menejment”;
  5. “Jahon tillari”;
  6. “Ingliz tili”

Kafedralari faoliyat ko`rsatmoqda. Ushbu kafedra professor – o`qituvchilari Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Fransiya, Belgiya, Finlandiya, Polsha, Chexiya Respublikasi, Litva, Italiya, Slovak Respublikasi, Bolgariya, Indoneziya, Malayziya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreya va shu kabi boshqa davlatlarning nufuzli oliy o`quv yurtlarida o`z malakalarini oshirib kelgan.

 

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR

Fakultetda o`quv-uslubiy ishlar universitet, kafedralar va o`qituvchilarining shaxsiy o`quv rejalariga muvofiq olib boriladi. Barcha o`quv-uslubiy ishlar o`quv jarayonini normal va sifatli ta`minlash, mashg`ulotlarni barcha tur va shakllarining ilmiy-nazariy va uslubiy darajasini oshirishga qaratilmoda. Kafedralarda o`quv-uslubiy qo`llanmalar, darslik va boshqa uslubiy qo`llanmalar tayyorlashga ham katta e`tibor berilmoqda. Tayyorlanayotgan darslik, o`quv qo`llanmala, ma`ruza matnlarida O`zbekiston Respublikasining mustaqilligiga, milliy mafkurasiga va iqtisodiyotni barqarorlashtirish va modernizatsiyalashga doir siyosiy hamda g`oyaviy jihatlar o`z ifodasini topgan. Yangi tayyorlangan o`quv qo`llanmalar, darslik va dasturlarda Milliy dastur va “Kadrlar tayyorlash to`g`risida”gi qonun talablari, mustaqil O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy hayotiga oid bo`lgan muammolar, ularning  echimlari kabi masalalarga keng e`tibor berilgan hamda hisobot ma`lumotlari tahlil qilingan.

Yangi o`quv rejasi talabalarning ko`proq individual va mustaqil ishlarga soatlar ajratishni taqazo qilishi tufayli kafedra jamoasi amaliy mustaqil ishlarni to`g`ri tashkil qilish maqsadida bu ishlarni rejalarini tuzish bilan birga ularni amalga oshirish uchun uslubiy qo`llanmalar tayyorlanmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardan mashg`ulotlar ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilmoqda. Mashg`ulotlarda keys texnologiyasidan keng foydalanish yo`lga qo`yilgan.

Fakultetda ta`limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasiga alohida e`tibor qaratilmoda. Fakultet ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bitiruv malakaviy ishlarining 45 foizdan ortig`i amaliyot korxonlari buyurtmalari asosida bajarilib, ularda    berilgan taklif va tavsiyalar dalolatnomalar asosida amaliyotga tadbiq etish uchun qabul ilingan.

Talabalar malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti asosan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Tashqi itisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi, O`zbekiston Respublikasi iqtisodoyot vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Milliy bank hamda ko`plab tijorat banklari va bir qator qo`shma korxonalarda o`tkazib kelinadi.

 

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar

Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, talaba yoshlarni davr talabi ruhida tarbiyalash, milliy istiqlol g`oyasini ular ongiga singdirib borish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Fakultetda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni amalga oshirish va bu borada turli-xil tadbirlarni o`tkazish fakultetda muhim masalalardan biri hisoblanadi.

 

FAKULTETDA MA`NAVIY-MA`RIFIY VA AXLOQIY TARBIYA ISHLARI QUYIDAGI USTUVOR YO`NALISHLARDA AMALGA OSHIRILISHI KO`ZDA TUTILGAN:

  • Ma`naviy va g`oyaviy barkamol, ijtimoiy faol mutaxassislarni tayyorlash, ularda milliy g`urur, vatanparvarlik va milliy manfaatlar uchun kurash ruhiyatini shakllantirish va ravnaq toptirish;
  • Xalqaro terorizm, diniy va siyosiy ekstremizm, giyoxvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
  • Jamiyatdagi salbiy illatlar, ya`ni adolatsizlikka, ko`zbo`qyamachilikka, poraxo`qrlikka, tanish – bilishchilikka, mahalliychilikka va boshqa shu kabi salbiy oqibatlarga qarshi kurash;
  • Talaba yoshlar manfaatini himoya qilish, o`qish, ilm bilan shug`ullanish, sog`lom yashash uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • Milliy va diniy qadriyatlarni hurmat qilish va e`zozlash, uzoq o`tmishdan davom etib kelayotgan “Ustoz-shogird” milliy an`analarini ta`lim tizimida keng joriy etish va rivojlantirish;
  • Ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, kasbga bo`lgan hurmat va ijtimoiy ma`sullik hissini fakultet professor-o`qituvchilari va talaba yoshlari orasida keng tarib etish va rivojlantirish;
  • Talabalar ijtimoiy-siyosiy va xuquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanidiy va tahliliy fikrlashni kuchaytirish.

 

ILMIY TADQIQOT ISHLAR

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim tizimini va Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida fakultetda ilmiy  tadqiqot faoliyati samarali tarzda olib borilmoqda.

Fakultet kafedralari professor – o`qituvchilari ilmiy saloxiyatini oshirishga doimiy etibor qaratilgan bo`lib. Hozirda, fakultet tarkibidagida kafedralarda 11 ta katta ilmiy hodim – izlanuvchilar va 20 dan ortiq mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari doirasida ilmiy ish olib bormoqda. 2015-2016 yilda 10 ortiq fakultet tarkibidagi kafedra o`qituvchilari va tadqiqotchilari doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishni rejalashtirilgan.

Shuningdek, fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash va ularni izlanishlari hamda bilimlarini oshirish maqsadida fakultet qoshida “Marketolog”, “Yosh boshqaruvchi”, “Investor”, “Iqtidorli talabalar kengashi”, “Yosh bankirlar”, xorijiy tillarni o`rganuvchi turli xil to`garaklar tashkil etilgan. Buning samarasi natijasida ko`plab talabalar respublika va universitet miqyosidagi turli ko`rik-tanlovlarda ishtirok etib, munosib taqdirlanib kelishmoqda.

 

INNOVATSION ISHLAR

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-son “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga asosan fakultetda innovatsion ishlar keng ko`lamda amalga oshirmoqda. Fakultet tarkibidagi kafedra professor-o`qituvchilari ko`plab innovatsion loyihalar va tanlovlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.

 

FAKULTETDA OLIB BORILAYOTGAN INNOVATSION ISHLAR:

  • Darslarni vaziyatli masala va topshiriqlar bilan boyitish;
  • Dars mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalar, interaktiv, tanqidiy fikrlash usullaridan keng foydalanish;
  • Ma`ruza matnlarini avvaldan tarqatib, talabalarni mashg`ulotga tayyorlanib kelishiga erishish va ularning mavzuni o`zlashtirish darajasini tahlil qilib borish;
  • Dars mashg`ulotlarini munozara ko`rinishida o`tkazish;
  • Pedagogik texnologiyalar;
  • Keys texnologiyalar;
  • Elektron va virtual kutubxonadan foydalanish;
  • Elektron pochtadan foydalanish;
  • Videoma`ruzalar yaratish va videokonferentsiyalar o`qtkazish;
  • Global internet tizimidan foydalanish.

 

AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI BILAN HAMKORLIK

Fakultet tasarrufidagi barcha kafedralar mos va turdosh ta`lim yo`nalishlari bo`yicha Toshkent shahri va viloyatidagi kasb-hunar kollejlari bilan shartnomalar asosida hamkorlik aloqalarini o`rnatgan bo`lib, o`quv yili davomida tasdiqlangan reja bo`yicha faoliyat olib bormoqdalar.

Jumladan, fakultet kafedralarining professor-o`qituvchilari tomonidan kasb-hunar kollejlari talabalari uchun darslik, o`quv qo`llanma va o`quv uslubiy majmualar yaratilmoqda. Ular tomonidan kasb-hunar kollejlari o`qituvchilariga mashg`ulotlarni ilg`or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib borish bo`yicha seminar-treninglar muntazam ravishda o`tkazilmoqda. Fakultet kafedralarining kasb-hunar kollejlarida filiallari tashkil etilgan.

Kollej va akademik litsey o`quvchilarining kelgusidagi qiziqishlarini inobatga olib, fakultet professor-o`qituvchilari tomonidan dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy ma`ruzalar tashkil qilish yo`lga qo`yilmoqda.

 

XALQARO ALOQALAR

Fakultet dunyoning rivojlangan xorijiy mamlakatlari oliy ta`lim tizimini ijobiy tajribasini o`z faoliyatiga tatbiq etish maqsadida Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Fransiya, Belgiya, Finlandiya, Polsha, Chexiya Respublikasi, Litva, Italiya, Slovak Respublikasi, Bolgariya, Indoneziya, Malayziya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreya va boshqa xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy ta`lim muassasalari bilan xalqaro aloqalar hamda hamkorlikni yo`lga qo`ygan.

 

FAKULTЕTNING XALQARO ALOQALARI:

  • Lomonosov nomidagi MDU (Moskva);
  • Mеnеjmеnt Univеrsitеti (Singapur);
  • Davlat Xalqaro Munosabatlar Instituti (Moskva);
  • RF xuzuridagi Moliya Univеrsitеti;
  • Iqtisod Univеrsitеti (Kiеv);
  • Kеymyung Univеrsitеti (Korеya);
  • Nottingеm Trеnt Univеrsitеti;
  • Tuluza Univеrsitеti (Frantsiya);
  • Triеr Univеrsitеti (Gеrmaniya);
  • Tеxnologiyalar Univеrsitеti (Singapur);
  • Agrar universiteti “Sindzyan” (Xitoy Respublikasi);
  • Universitet of Wyoming (AQSH)
  • Le Havre Univеrsitеti (Frantsiya)
  • Buyuk Britaniya Universiteti (BAT)
  • Yapon tashkiloti (JICA)
  • Agrar universiteti “Hindjan” (Xitoy Respublikasi)

 

Ulashish: