Xalqaro aloqalar bо‘yichа prorektor

    Prorektor   Hamidov Obidjon Hafizovich
  Qabul vaqti:   Seshanba 1400 – 1600, Payshanba 1400 – 1600, Shanba 1400 – 1600
  Telefon:   (0 371) 239-28-19
   Fax:   (0 371) 232-60-04​
  E-mail:   proxab@tdiu.uz
  Veb-sayt:   www.tdiu.uz

Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektorning lavozim vazifalari:

Barcha ixtisosliklar va yo’nalishlar bo’yicha universitetda barcha ta’lim shakllariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish bo’yicha ishlarni tashkil qiladi va nazorat qiladi, buning uchun: xorijiy fuqarolarni O’zbekiston Respublikasiga o’qishga yo’naltirish bilan shug’ullanadigan mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan uzoq muddatli shartnoma munosabatlari o’rnatishni ta’minlaydi.

Xorijiy fuqarolarni universitetga, jumladan, hukumatlararo bitimlar asosida qabul qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi rasmiy davlat organlari (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va b.) bilan aloqalarni qo’llab-quvvatlaydi.

Universitetda shartnoma asosida o’qish istagini bildirgan xorijiy fuqarolarning yakka tartibdagi murojaatlarini ko’rib chiqadi.

Faoliyati turli yo’nalishdagi va malakali xorijiy mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash muammolarini hal qilish bilan bog’liq bo’lgan xalqaro tashkilotlar, milliy professional tashkilotlar bilan muloqot va aloqani ta’minlaydi.

Xorijiy fuqarolarni universitetga o’qishga qabul qilish bilan bog’liq masalalar bo’yicha axborot-reklama va marketing ishlarini tashkil qiladi va ularga rahbarlikni amalga oshiradi.

Xorijiy tahsil oluvchilarni qabul qilishdan olinadigan daromad rejalari va   majburiyatlarning bajarilishi uchun javob beradi.

Share: