Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor

  Prorektor   Xolmo‘minov Shayzoq Rahmatovich
  Qabul vaqti:   Seshanba 1400 – 1600, Payshanba 1400 – 1600, Shanba 1400 – 1600
  Telefon:   (0 371) 232-60-03
   Fax:   (0 371) 232-60-04​
  E-mail:   promiib@tdiu.uz
  Veb-sayt:   www.tdiu.uz

Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektorning lavozim vazifalari:

Moliya-iqtisod, xo‘jalik, qurilish-ta’mirlash va xavfsizlik (qo‘riqlash) ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
moliya-iqtisodiyot, buxgalteriya, marketing, xo‘jalik, transport, qurilish-ta’mirlash, talabalar turar joylari, mehnat muhofazasi, sport-sog‘lomlashtirish, dam olish, xavfsizlik (qo‘riqlash) bo‘limlari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish hamda umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini belgilangan tartibda nazorat qilish;
davlat byudjeti, talabalarni o‘qitish uchun kontrakt to‘lovlari, rivojlanish jamg‘armalari va maxsus hisoblar mablag‘larining daromad va xarajatlari smetalarini ishlab chiqish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Moliya vazirligi va tegishli tashkilotlarga taqdim etish va belgilangan muddatlarda sifatli ijrosini ta’minlash;
universitetning shtatlar jadvali va professor-o‘qituvchilarning formulyarini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish hamda ularning sifatli ijrosini ta’minlash;
professor-o‘qituvchi va xodimlarning oylik asosiy va qo‘shimcha (ustama) ish haqlari va talabalar stipendiyalarining to‘g‘ri belgilanishi va ularni o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
kam ta’minlangan talabalar, professor-o‘qituvchi va xizmatchi xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish;
o‘quv va o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy tadqiqot ishlarni belgilangan tartib va muddatlarda sifatli moliyalashtirishni amalga oshirish;
IV guruh xarajatlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar, tasdiqlangan xarajatlar smetalari va ajratilgan limitlar asosida to‘lanishini tashkil etish hamda barcha moddiy resurslardan foydalanishda tejamkorlikka erishish;
o‘qitish uchun kontrakt to‘lovlari belgilangan muddatlarda to‘lanishini tashkil etish;
byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning oqilona sarflanishiga erishish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yillik rejani tuzish va uni sifatli ijrosini ta’minlash;
ta’lim xizmati ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha yillik rejani ishlab chiqish va uning sifatli bajarilishini ta’minlash;
o‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va labaratoriyalarni zamonaviy kompyuter-axborot texnologiyalar va o‘quv-texnika vositalari bilan sifatli ta’minlash;
o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va xo‘jalik faoliyatlarini samarali rivojlantirish uchun zarur moddiy-texnika bazasini yaratish, tegishli sifatli tovarlar, asbob-uskunalar, vosita va jihozlar bilan sifatli ta’minlash;
o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy va madaniy-ma’rifiy adabiyotlar, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini sifatli nashr etish jarayonini tashkil etish;
talabalar turar joylari va maxsus yotoqxonalarda belgilangan me’yorlarda sharoitlarning yaratilishini ta’minlash;
sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish va muhandislik-komunikatsiya ob’ektlarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash;
kapital va joriy ta’mirlash hamda kapital qurilish ishlarini belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish va ularning sifatli bajarilishini nazorat qilish;
o‘quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshootlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
xorijiy va mahalliy investitsiyalarni samarali jalb etishni tashkil etish;
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni sifatli amalga oshirilishini ta’minlash;
iqtisodiy, ekologik, xo‘jalik, yong‘in va boshqa turlardagi xavfsizliklarni ta’minlash.
Share: